1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi


Download 1.58 Mb.
bet7/41
Sana30.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1810848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
2 5321546225856551652

Bosh mushaklari va fassiyalari Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo'linadi. Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o'zining kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi. Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmaydi, suyaklardan boshlanib, teriga birikadi. Shuning uchun ulaming qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifodalaydi. Mimika mushaklari ko'proq tabiiy teshiklar atrofida joylashgan bo'lib, tolalari aylanma yoki radial yo'nalishga ega. Joylashgan joyiga qarab mimika mushaklari kalla qopqog'i mushaklari; ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar; burun teshigini o'ragan mushaklar; og'iz yorig'ini o'ragan mushaklar va quloq suprasini o'ragan mushaklarga bo'linadi. Kalla qopqog'i ust tomondan kalla usti mushagi (m. epicranius) bilan qoplangan. U peshona qorinchasi (venter frontalis), ensa qorinchasi (venter occipitalis) va ulami o'zaro qo'shib turgan keng serbar paydan (galea aponeurotica) iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi yuqori ensa chizig'ining lateral 2/3 qismidan boshlanib, galea aponeurotica ga o'tib ketadi. Uning peshona qorinchasi galea aponeurotica dan boshlanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Keng serbar pay yassi fibroz qatlamdan iborat bo'lib, kalla qopqog'ining katta qismini qoplaydi. U bilan kalla qopqog'ini qoplagan suyak parda o'rtasida yumshoq biriktiruvchi to'qima qatlami joylashgan. Shuning uchun ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi galea aponeurotica bilan biiga kalla qopqog'i ustida erkin harakat qiladi. Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, peshona qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko'tarib, peshonada ko'ndalang burmalar hosil qilib qoshni yuqoriga ko'taradi. Innervatsiyasi: n. facialis. Takabburlik mushagi (m. procerus) burun suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, yuqoriga yo'naladi va peshona terisiga birikadi. Faoliyati: ikki qosh o'rtasida ko'ndalang egat va burmalar hosil qiladi. Innervatsiyasi: n. facialis. Ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar 1. Ko'z tirqishi atrofidagi aylana mushak (m. orbicularis oculi) yassi mushak bo'lib, qovoqlaming tashqi yuzasini va ko'z kosasining chekkasini egallaydi. Bu mushak uch: qovoq, ko'z kosasi va ko'z yoshi qismlaridan iborat. Qovoq qismi (pars palpebralis) yupqa mushak qavatidan iborat bo'lib, qovoqlaming medial boylami va ko'z kosasining medial devoridanboshlanadi. Ko‘z kosasi qismi (pars orbitalis) qalin va keng bo‘lib peshona suyagining burun qismi va yuqori jag' suyagining peshona o'simtasidan va qovoqlaming medial boylamidan boshlanadi. Ko'z yoshi qismi (pars lacrimalis) ko'z yoshi suyagi qirrasidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushakning uchala qismi ko'z yorig'ining lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlaming birlashgan yeriga birikadi. Faoliyati: ko'z tirqishini yopadi. Ko'z yoshi xaltachasini kengaytiradi. Innervatsiyasi: n. facialis. 2. Qoshlarni yaqinlashtiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh usti ravog'ining medial chetidan boshlanib yuqori va lateral tomonga yo'naladi va o'z tomonidagi qosh terisiga birikadi. Faoliyati: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o'rtasida vertikal burmalar hosil qiladi. Innervatsiyasi: n. facialis. Burun teshigini o‘ragan mushaklar 1. Burun atrofidagi mushak (m. nasalis) yuqori jag' suyagining qoziq va lateral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanib yuqoriga ko'tariladi va ikki qismga bo'linadi. Ko'ndalang qismi (pars transversus) burun qanotini aylanib o'tib, qarama-qarshi tomondagi mushak payiga birikadi. Qanot qismi (parsalaris) burun qanoti terisiga birikadi. Faoliyati: burun teshigini toraytiradi. Innervatsiyasi: n. facialis. 2. Burun to'sig'ini tushiruvchi mushak (m. deperssor septi nasi) yuqori jag' suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to'sig'i tog'ayiga birikadi. Faoliyati: burun to'sig'ini pastga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis. O g‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar 1. Og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushak (m. orbicularis oris) ustki va pastki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo'nalishi turlicha bo'lgan ikki qismdan iborat. Lab qismi (pars labialis) ustki va pastki lablar ichida joylashib, tolalari og'iz burchaklari sohasida o'zaro birikadi. Chekka qismi (parsmarginalis) ustki va pastki lablarga keluvchi og'iz tirqishi yaqinida joylashgan mimika mushaklari tolalaridan iborat. Faoliyati: og'iz tirqishini yumadi, so'rish va chaynash jarayonlarida ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n.facialis. 2. Og'iz burchagini tushiruvchi mushak (m. depressor anguli oris) pastki jag' suyagining oldingi yuzasidan engak teshigining ostidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini pastga va tashqariga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.3. Pastki labni tushiruvchi mushak (m. depressor labii inferioris) pastki jag'ning oldingi yuzasidan engak teshigi oldidan boshlanadi. Tolalari yuqoriga va medial tomonga yo'nalib pastki lab terisi va shilliq pardasiga birikadi. Faoliyati: pastki labni pastga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.4. Engak sohasidagi mushak (m. mentalis) pastki jag‘ kurak tishlari alveolasi bo'rtmasidan boshlanib, engak terisiga birikadi. Faoliyati: engak terisini yuqoriga va tashqariga ko'taradi. Innervatsiyasi: n.facialis.5. Lunj mushagi (m. buccinator) yupqa to'rtburchak shakldagi mushak, pastki jag‘ shoxidagi qiyshiq chiziqdan, yuqori jag‘ alveolar ravog'ining katta oziq tishlari sohasidan, qanotsimon o'simta ilmog'i va pastki jag' o'rtasidagi fibroz pardadan boshlanib og'iz burchagi shilliq pardasi va terisiga, ustki va pastki labga, og'iz tirqishi atrofidagi aylanma mushakka birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va milkka tegizadi. Innervatsiyasi: n.facialis.6. Yuqori labni ko'taruvchi mushak (m. levator labii superioris) yuqori jag' suyagining ko'z kosasi osti qirrasidan boshlanib, yuqori lab terisiga birikadi. Faoliyati: yuqori labni ko'taradi, burun-lab egatini hosil qilib,
burun qanotini tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.7. Yonoq sohasidagi kichik mushak (m. zygomaticus minor) yonoq suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, pastga va medial tomonga yo'nalib lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini ko'taradi. Innervatsiyasi: n.facialis.8. Yonoq sohasidagi katta mushak (m. zygomaticus major) yonoq suyagining yon yuzasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini yuqoriga va tashqariga tortib, asosiy kulgu mushagi hisoblanadi. Innervatsiyasi: n.facialis.9. Og'iz burchagini ko'taruvchi mushak (m. levator anguli oris) yuqori jag' suyagining oldingi yuzasidagi kuldirgich chuqurchasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini yuqoriga va lateral tomonga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.10. Kulgich mushak (m. risorius) chaynov fassiyasidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini lateral tomonga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.Quloq suprasi mushaklari Quloq suprasi mushaklari odamda kam rivojlangan. Bu sohada oldingi, yuqori va orqa quloq mushaklari tafovut qilinadi. 1. Oldingi quloq mushagi (m. auricularis anterior) chakka fassiyasi va galea aponeurotica dan boshlanadi. U pastga va orqa tomonga yo'nalib, quloq suprasi terisiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini oldinga tortadi. 2. Yuqorigi quloq mushagi (m. auricularis superior) galea aponeuroticadan boshlanib, quloq suprasi tog'ayining yuqori qismiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini yuqoriga tortadi. 3. Orqa quloq mushagi (m. auricularis posterior) boshqalardan ko'proq rivojlangan bo'lib, so'rg'ichsimon o'simtadan boshlanib, oldinga yo'naladi va quloq suprasini orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini orqaga tortadi. Quloq suprasi mushaklarini n. facialis innervatsiya qiladi.Bu guruh mushaklar (61-rasm) kalla suyaklaridan boshlanib pastki jag‘ suyagiga birikadi. Ular kallaning biigina haiakatchan birlashmasi bo‘lgan chakka-pastki jag’ bo‘g‘imi harakatini ta’minlaydi. 1. Chaynov mushagi (m. masseter) to'rtburchak shaklda bo'lib, yuza, oraliq va chuqur qismlardan iborat. Yuza qismi (pars superfisialis) yonoq ravog'ining pastki qirrasidan va ichki yuzasidan oraliq qismi (pars intennidia) yonoq ravogining ichki 61_rasm. ch ay n o v m u sh ak lari. yuzasidan hamda chakka suyagi bo'g'im i-m.temporalis; 2-m.pterygoideus latdo'mbog'idan boshlanadi. Chuqur qismi eralis; 3-m .pterygoideus medialis; (pars profunda) yonoq ravogining ichki 4-discus articularis. yuzasidan, hamda yonoq suyagidan boshlanadi. Yuza qismi pastga va orqaga yo'nalsa, chuqur qismi pastga va oldinga yo'nalib, pastki jag'ning tashqi yuza bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: yuza tutamlari pastki jag'ni oldinga suradi, oraliq va chuqur tutamlari pastki jag'ni ko'taragi. Innervatsiyasi: n.trigeminus.2. Chakka mushagi (m. temporalis) yelpig'uch shaklidagi mushak bo'lib, o'z nomidagi chuqurcha va kalla suyagining lateral yuzasida joylashgan. Chakka chuqurchasidan boshlanib, qalin pay bilan pastki jag' suyagining toj o'simtasiga birikadi. Faoliyati: pastki jag'ni ko'taradi va orqaga tortadi. Innervatsiyasi: n.trigeminus.3. Medial qanotsimon mushak (m. pterygoideus medialis) to'rtburchak shakldagi qalin mushak bo'lib, ponasimon suyakning qanotsimon o'simtasi chuqurchasidan boshlanadi. Mushak tolalari pastga lateral va orqaga yo'nalib, pastki jag' burchagining ichki yuzasida joylashgan qanotsimon bo'rtiqqa birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqaisa pastki jag'ni yuqoriga tortadi. Bir tomonlama
qisqarsa, pastki jag' qarama-qarshi tomonga yo'naladi. Innervatsiyasi: n.trigeminus. 4. Lateral qanotsimon mushak (m. pterygoideus lateralis) qalin qisqa mushak ikki: yuqorigi va pastki boshchadan iborat. Yuqorigi boshchasi (caput superior) ponasimon suyak katta qanotining yuqori jag' yuzasi va chakka osti qirrasidan, pastki boshchasi (caput inferior) esa qanotsimon o'simtaning lateral plastinkasining tashqi yuzasidan boshlanadi. Mushak tolalari orqaga lateral tomonga yo'nalib, pastki jag' suyagining qanotsimon chuqurchasiga, chakka-pastki jag' bo'g'imi xaltasi va bo'g'im diskiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, pastki jag'ni oldinga, bir tomonlama qisqarsa, qaramaqaishi tomonga harakatlantiradi. Innervatsiyasi: n.trigeminus. Yangi tug'ilgan chaqaloqda mimika mushaklari og'iz tirqishi atrofidagi aylanma va lunj mushaklaridan tashqari hammasi yupqa va kuchsiz. Kalla usti mushagining keng serbar payi kam taraqqiy etgan.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling