1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq kamari suyaklari
3.Yelka kamari suyaklari1 2-rasm. O‘mrov soyagi. l-extremitas acromialis; 2-extremitas stemalis; 3-tuberculum conoideum; 4-linea trapezoidea; 5-facies articularis acromial .Yelka kamari sohasida 2 ta: o'm rov va kurak suyagi bo'lib, ulardan o'm rov suyagi qo'lni tana bilan bog'lab turadigan yagona suyak.O'mrov (clavicula ) S shaklida bukilganuzun naysim on suyak (12-rasm ) bo'lib, to's h suyagining o'mrov o'ymasi bilan kurak suyagining akromion o'simtasi o'rtasida joylashadi. Uning tanasi(corpus claviculae) to'sh uchi (extremitas sternalis) va akromion uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi; to‘sh uchi oldinga turtib chiqqan va yo‘g‘onlashgan bo‘lib, to ‘sh suyagi bilan birikadigan egarsimon bo'g'im yuzasi (facies articularis sternalis) bor. Uning akromion uchi to ‘sh uchiga nisbatan keng va yupqa. U orqaga qaragan, kurak suyagining akromion o'simtasi bilan birlashadigan yassi bo‘g‘im yuzasi (facies articularis acromialis) bor.O'mrov suyagining yuqori yuzasi silliq, pastki yuzasida boylamlar birikadigan konussimon bo'rtiq (tuberculum conoideum) va trapetsiyasimon chiziq (linea trapezoidea) mavjud. O 'm rov—endesmal yo‘l bilan suyaklanadigan yagona naysimon suyak. Uning birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 6—7 haftasida biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan o'mrov tanasida paydo bo'ladi va keyinchalik undan akromion uchi va tanasi suyaklanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda uning tanasi suyaklanib bo'lgan, to'sh uchi tog'aydan iborat bo'ladi. Akromion uchi ingichka tog'ay hoshiya bilan qoplangan, u bola 7 yoshga kiiguncha bo'yiga va eniga o'sadi. Bolalikning ikkinchi davrida uning uchlarida g'adir-budirliklar kuzatiladi. Akromion uchidagi tog'ay hoshiya yo'qolib o'mida bo'g'im yuzasi vujudga keladi. Balog'at davrida uning to'sh uchida qo'shimcha suyak nuqtasi paydo bo'lib, u tanasi bilan 20-25 yoshda qo'shiladi. Rentgenoanatomiyasi. To'g'ri proyeksiyadagi rentgenogrammada o'mrov III—IV qovurg'alar sohasida gorizontal joylashgan quyuq soya beradi; yuqori chekkasi tekis, pastki chekkasida uning ikkala uchi yaqinida g'adir-budirliklar ko'rinadi. Kurak suyagi Kurak (scapula) suyagi yassi uchburchak shaklida (13-rasm), u ko'krak qafasining orqa lateral tomonida, II—VII qovuig'a sohasida joylashgan. Uning 3 ta: yuqori burchak (angulus superior), tashqi burchak (angulus lateralis) va ostki burchagi (angulus inferior) ham da shunga mos ravishda 3 ta qirrasi: ichki qirra (margo medialis), tashqi qirra (margo lateralis) va yuqori qirrasi (margo superior) tafovut qilinadi. Kurakning orqa yuzasi (facies dorsalis) qavariq bo'lib, uni orqaga qarab chiqqan kurak qirrasi (spina scapulae) 2 ga: qirra usti chuqurchiasi (fossa supraspinata) va qirra osti chuqurchasiga (fossa infraspinata) ajratadi. Ularda shu nomdagi mushaklar yotadi. Kurak qirrasi tashqi burchak tom onga ko'tarilib borib kengayadi va akromionni (acromion) hosil qiladi. U ning uchida o'm rov suyagi bilan birikadigan bo'g'im yuzasi (facies articularis acromialis) bor. Kurakning oldingi qovurg'a yuzasi (facies costalis) biroz bukilgan kurak osti chuqurchasini (fossa subscapularis) hosil qiladi. U nda shu nomdagi mushak yotadi. Kurakning tashqi burchagi yo'g'onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo'g'im chuqurchasini (cavitas glenoidalis) hosil qiladi. Oyoq kamari suyaklari Chanoq suyagi (os coxae, 22-rasm) 2 ta yassi chanoq suyakdan iborat bo'lib, odamning yurishida gavda og'irligini oyoqqa o'tkazadi va chanoq bo'shlig'idagi a ’zolami tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Chanoq suyagida3 ta alohida: yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklari farq qilinadi. Bu suyaklar 16 yoshgacha alohida bo‘lib, o'zaro tog'ay vositasida birikkan bo'lsa, keyinchalik suyaklanib — bir butun chanoq suyagini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning o 'z aro birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan sirka kosachasi (acetabulum) bo'lib, u aylanasi qirra bilan o'ralgan chuqur, ichki tomonida o'ymasi (incisura acetabuli) bor. Chekka qismini son suyagi boshchasi bilan bo'g'im hosil qiluvchi yarimoysimon yuza (facies lunata) egallagan, tubi esa g'adirbudir. Yonbosh suyagi (os ilium) ikkq ism . pastK l q a iin ia s n g a n , SlTKa sj) J_ala ossis 2. crjsta Шаса; 3-linea glutea kosachasmi yuqon qismini hosil anterior; 4 -spina Шаса anterior superior; 5-spiqilishda qatnashadigan tanasi па Шаса anterior inferior; 6-linea glutea infe- (corpus ossis ilii) va yuqorigi rior; 7-acetabulum; 8-os pubis; 9-for. obturakengaygan qanotidan (ala ossis 10-os ischn, 1 l-m csura ischiadicami-•i" \ -u nor; 12-spma lschiadica; 13-mcisura lscmadica UUj lDorat. major; 14-spina iliaca posterior inferior; Yonbosh suyagining qanoti S 15-spina Шаса posterior superior; 16-linea glushaklida, o'rtasi yupqalashgan, tea posterior; 17-incisuraaletabuli. uning chekkasi qalinlashib, yonbosh qirrasini (crista iliaca) hosil qiladi. Yonbosh qirrasida qorin mushaklari birikadigan uchta g'adir-budir chiziqlar: tashqi lab (labium externum), ichki lab (labium internum) va oraliq chiziq (linia intermedia) bor. Bu qirra oldingi va orqa tom onlarda o'sim talar hosil qilib tugaydi. Oldinda o'zaro o'ym a bilan ajragan oldingi yuqorigi (spina iliaca anterior superior) va ostki yonbosh o'sim tasi (spina iliaca anterior inferior), orqada esa orqa yuqori (spina iliaca posterior superior) va pastki yonbosh o'simtasi (spina iliaca posterior inferior) hosil bo'ladi. Qanotning tashqi yuzasida dumba mushaklari boshlanadigan uchta chiziq, ayniqsa, eng uzun oldingi dumba chizig'i (linea glutea anterior) yaxshi bilinadi. U oldingi yuqorigi yonbosh o'simtasidan boshlanib, katta o'tiig'ch o'ymasiga tomon ravoq shaklida yo'naladi. Nisbatan qisqa orqa dumba chizig'i (linea glutea posterior) oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan. Boshqalardan qisqa pastki dumba chizig'i (linea glutea inferior) yuqorigi va ostki oldingi yonbosh o'simtalarining o'rtasidan boshlanib, ravoq shaklida sirka kosachasi ustidan o'tib katta o'tirg'ich o'ymasigacha boradi. Qanotning ichki botiq yuzasida yonbosh chuqurchasi (fossa iliaca) bor. U ni pastki tom ondan ravoqsimon chiziq (linea arcuata) chegaralab turadi. Bu chiziqquloqsimon yuzaning (facies auncularis) oldingi chekkasidan boshlanib, yonbosh-qov tepaligiga o‘tib ketadi. Bu yuza dumg'aza suyagining shu nomli yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Quloqsimon yuzaning ustida bo‘g‘imlararo boylamlar birikadigan yonbosh bo‘rtig‘i (tuberositas iliaca) joylashgan. Qov suyagi (os pubis) sirka kosachasining oldingi qismini hosil qiluvchi kengaygan tanasi (corpus ossis pubis) va ikki: qov suyagining yuqorigi shoxi (ramus superior ossis pubis) hamda pastki shoxidan (ramus inferior ossis pubis) iborat. Yuqorigi shox suyak tanasidan oldinga qarab yo'nalgan, unda yonbosh va qov suyaklarining birikkan chiziqda joylashgan yonboshqov tepaligi (eminentia iliopubica) bor. Yuqori shoxning medial uchiga yaqin joyda qov bo‘rtig‘i (tuberculum pubicum) bor. Yuqori shoxning orqa chekkasi bo'ylab qov qirrasi (crista pubica) joylashgan. Uning oldingi qismi bukilib pastki shoxga o'tadi. Bu sohada qarama-qarshi suyak bilan birikadigan oval shakldagi simflz yuzasi (facies symphysialis) bor.
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling