1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
-Bilet Qo`l va oyoq skeleti. Suyaklarning birikishi.Bo`g’imlarlarning turlari
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Suyaklar birikishining xillari. Sindesmoz, sinxondroz va sinostoz birikish
- Oyoq skeleti chanoq kamari suyaklari
3-Bilet
Qo`l va oyoq skeleti. Suyaklarning birikishi.Bo`g’imlarlarning turlari 1.Qo’l va yelka kamari skeleti. 2.Oyoq va oyoq kamari skeleti, 3.Kamar skeleti suyaklarining tuzilishi 4.Bo’g’imlar va ularning turlari. Bir o’qli, ikki o’qli, ko’p o’qli, yassi, hamkor bo’g’imlar haqida tushuncha. 5.Suyaklar birikishining xillari. Sindesmoz, sinxondroz va sinostoz birikish O'mrov suyagi С shaklida bo'lib, bo'g'im lar yordam ida yumaloq uchi bilan to'sh suyagi dastasiga, yassi uchi bilan kurak suyagining acromial o'sig'iga birikadi. Ko’krak suyagi (scapula) uchburchaksim on yassi suyak bo'lib, uning ustki, ichki va tashqi tomonlari, va pastki burchaklari bor. Kurak suyagining tashqi kengaygan burchagida akrom ial va tum shuqsim on o'siqlar ham da yelka suyagi bilan birikishda ishtirok etadigan bo'g'im chuqurchasi bo'ladi. K urakning orqa yuzasida yaxshi rivojlangan kurak qirrasi bor. Yelka kam ari suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikadi. O'mrov suyagi kurak suyagi bilan birikkan joyda akrom ial — o'm rov bo'g'imi, to'sh suyagi bilan birikkan joyda to'sh-o'mrov bo'g'im i shakllanadi. To'sh-o'mrov bo'g'imi ichida bo'g'im diski bor. Bo'g'imning oldi va orqasidan pishiq boylam lar o'tib, ular suyaklar birikishini m ustahkam laydi. Shu sababli to'sho'm rov bo'g'im i ju d a mustahkam bo'ladi.Qo'lning erkin suyaklari yelka, bilak va panjaga bo'linadi. Yelka suyagi (humerus) uzun naysimon suyak bo'lib, yuqorigi uchida kurak suyagi bilan birlashadigan yo'g'on va sharsimon boshchasi, anatomik va xirurgik bo'yni, katta va kichik do'mbog'i bor. Pastki uchida g'altaksimon va sharsimon bo'g'im yuzasi bo'ladi. G'altaksimon yuza yelka suyagining tirsak suyagi bilan, sharsimon yuza esa bilak suyagi bilan birikishida ishtirok etadi. Tirsak va bilak suyaklari uzun naysimon suyaklar bo'lib, qo'l skeletining bilak qismini tashkil qiladi. Tirsak suyagi(ulna)ning yuqori uchida toj va tirsak o'siqlari bo'lib, ular orasida yelka suyagi bilan birikish uchun oysimon o'siq bor. Suyakning pastki uchi boshcha bilan tugaydi, boshcha orqasida bigizsimon o'siq bor. Bilak suyagi (radius)ning pastki uchi yo'g'on bo'lib, kaft usti suyaklari va tirsak suyagi bilan birlashadigan bo'g'im yuzalari hamda bigizsimon o'siqlari bor. Bilak suyagining yuqori uchida boshchasi, undan pastroqda bo'yni joylashadi. Bilak suyagining boshchasida yelka suyagining sharsimon bo'g'im yuzasi bilan birikish uchun maxsus chuqurcha bo'ladi. Qo'L panjasi suyaklari (ossa manus) kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topadi. Kaft usti suyaklari ikki qator joylashadi. Har qaysi qatorda 4 tadan mayda suyak bo'ladi. Yuqori qatorda (bilak suyagi tomonidan hisoblaganda) qayiqsimon, uch qirrali va no'xatsimonli suyaklar, pastki qatorda esa ko'p burchakli katta suyak, ko'p burchakli kichik suyak, boshchali va ilgakli suyaklar bor. Yuqori qatordagi suyaklaming uchtasi bilak suyagi bilan tutashadi. Kaft ustining ikkinchi qator suyaklari kaft suyaklari bilan birikadi. Kaft suyaklari besh dona kalta naysimon suyak bo'lib, bir uchi bilan kaft usti suyaklariga, ikkinchi uchi bilan barmoqlaming asosiy falangasiga birikadi. Har qaysi barmoqda (bosh barmoqdan tashqari)bir-biri bilan tarmoqsimon bo'g'im lar yordam ida birikkan uchtadan falanga bo'ladi. Bularga asosiy falanga, o'rta falanga va tim oq falangasi kiradi.Qo'l skeletidagi suyaklar bir-biri bilan yelka bo'g'imi, tirsak bo'g'imi, bilak-kaft usti bo'g'imi, kaft usti-kaft bo'g'im lari hosil qilib birikadi. Yelka suyagi bilan kurak suyagining birikish joyida sharsimon bo'g'im-yelka bo'g'im i hosil bo’ladi. Bu bo'g'im ko'p o'qli bo'lganligidan qo'lni har xil harakatlanishiga (bukish, yozish, tanadan uzoqlashtirish, tanaga yaqinlashtirish va boshqalarga) imkon beradi. Tirsak bo'g'imi uchta suyakning birikishidan hosil bo'lganligi bois murakkab bo'g'im hisoblanadi. Tirsak bo'g'im i yelka-tirsak va bilak-tirsak suyaklari o'rtasidagi proksimal bo'g'im dan shakllanadi. Bu bo'g'imlaming bitta umumiy kapsulasi va yagona bo'g'im bo'shlig'i bor. Tirsak bo'g'imida faqat bukish va yozish harakatlari bajariladi. Bu bo'g'im ham pishiq boylam lar bilan mustahkamlangan. Bilak-kaft usti bo'g'imi ellipssimon bo'lib, qo'l panjasini bukish va yozish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish funksiyasini bajaradi Oyoq skeleti chanoq kamari suyaklari va oyoqning erkin suyaklariga bo'linadi. Chanoq kamari ikkita nomsiz suyak, dumg'aza va dum suyaklarining birikishidan hosil bo'ladi. Har qaysi nomsiz suyak bir-biriga birlashib ketgan (16 yoshga kirganda) yonbosh, qov va quymich suyaklaridan iborat. Bu suyaklar birikkan joyda son suyagining boshi kirib turadigan chuqurcha — quymich kosasi bor. Quymich suyagi bilan qov suyagi o'rtasida teshik bo'lib, u berkituvchi teshik deb ataladi, Chanoq (pelvis) bo'shlig'i katta va kichik bo'shliqqa bo'linadi. Kichik bo'shliqda qovuq, to'g'ri ichak va jinsiy organlar joylashadi. Xotin-qizlar chanog'i keng va chanoq bo'shlig'i silindr shaklida, erkaklar chanog'i esa konus shaklida bo'ladi. Chanoq suyaklari qov birikmasi va boylamlar yordamida o’zaro birikadi. Bu suyaklar dumg'aza suyagiga dumg’aza-yonbosh bo’g'imini paydo qilib tutashadi. Bo'g'im ustida pishiq boylamlar mavjud. Yonbosh - bel, dum g'aza - do'mboq va dumg'aza — o'siq boylamlari chanoq boylamlariga misol bo'ladi.Berkituvchi teshik biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan berkituvchi membrana bilan qoplangan. Teshikning faqat yuqori tomoni ochiq qoladi, shu yerdan qon tomirlari va nervlar o'tadi.Oyoqning erkin suyaklari. Son suyagi, boldir va oyoq panjasi suyaklari oyoq skeletining erkin suyaklarini tashkil etadi.Son suyagi (femur) odam skeletidagi naysimon suyaklarning eng kattasi. Uning yuqori uchida yaxshi rivojlangan boshchasi, bo'yni va mushaklar kelib birikadigan do'mboqlari bor. Bu do'mboqlar katta va kichikko'stlami hosil qiladi. Son suyagining boshchasi nom siz suyakdagi quymich kosasiga kirib turadi. Suyakning pastki uchi kengaygan bo'lib, ichki va tashqi do'mboqlardan iborat. Bu do'm boqlar orasida chuqurcha bor. Do'm boqlarda katta boldir suyagi bilan birikish uchun bo'g'im yuzlari bo'ladi. Tizza qopqog'i yoki tizza usti suyagi (patella) uchburchak shaklda bo'lib, to'rt boshli son mushagi payi orasida yotadi va tizza bo'g'imi hosil qilishda ishtirok etadi. Boldir suyaklari katta va kichik bo'ladi. Katta boldir suyagi (tibia) kichik boldir suyagiga nisbatan yaxshi rivojlangan bo'lib, yuqori uchi bilan son suyagiga, pastki uchi bilan oshiq yoki tovon usti suyagiga birikadi. Katta boldir suyagi uch qirrali. Oldingi qirrasi anchagina bo'rtib chiqqan va suyakning yuqori tomonida g'adir-budurlikka aylanadi. Katta boldir suyagining pastki uchida o'siq (ichki to'piq) bor. Kichik boldir suyagi (fibula) uzun va ingichka bo'lib, katta boldir suyagining tashqi tomonida joylashadi. Suyakning yuqori va pastki uchi yo'g'onlashgan. Yuqori uchi boshcha, pastki uchi esa tashqi to'piq deb ataladi. Kichik boldir suyagi ham katta boldir suyagiga o'xshab uch qirrali. Kichik boldir suyagining yuqori va pastki uchlari katta boldir suyagiga tashqi tom ondan birikadi. Oyoq panjasi suyaklari kaft oldi, kaft suyaklari va barmoqlar falangalariga bo'linadi. Kaft oldi qism ida 7 ta suyak bo'lib, ular 3 qator joylashadi. Kaft usti suyaklariga tovon usti, tovon, kubsimon, qayiqsimon va uchta ponasimon suyak kiradi. Oyoq kafti suyaklari 5 ta bo'lib, har qaysisining tanasi va boshchasi bor. O yoq barm oqlari ham qo'l barmoqlari kabi uchta falangadan iborat. Bosh barm oqda ikkita falanga bo'ladi. Oyoqlarning erkin suyaklari bir-biri bilan bo'g'imlar yordamida birikadi. Son suyagining boshi quym ich kosasiga kirib turgan joyda chanoqson bo'g'imi hosil bo'ladi. U serharakat. Son suyagi bilan katta boldir suyagiva tizza qopqog’i birlashgan joy tizza bo’g'imi deb ataladi. Bu bo'g'im bukiladi va yoziladi. Boldiming ikkala suyagi oyoq panjasi bilan birikadigan joyda boldir-panja bo'g'imi joylashgan. Oyoq panjasidagi suyaklar bir-biriga mustahkam boylamlar yordamida bo'g'im hosil qilib birikadi. Oyoq panjasi tayanch vazifasini bajaradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling