1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
- Bilet. Odam skeleti va suyaklarining tuzilishi. Tana skeleti
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana skeleti
- Kokrak um urtqalarining
2- Bilet. Odam skeleti va suyaklarining tuzilishi. Tana skeleti
1.Odam skeleti va suyaklarining tuzilishi. 2.Suyak shakllari. 3.Tana skeleti: umurtqa pog’anasi va ko’krak qafasi skeleti tuzilishi. Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak vao'm rov suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan iborat Suyaldar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi. Naysimon suyaklar: uzun suyaklar — yelka, bilak, son va boldir suyaklari qo‘l va oyoq skeletini tashkil qilib, tayanch vazifasini bajaradi.kalta suyaklar — qo‘l-oyoq kafti va barmoq falangalari. Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va muvazifasini bajaradi Naysimon suyaklaming o'rta qismi tanasi— diafizi (diaphysis) silindr yoki uchburchak shaklda.Naysimon suyaklaming tanasida suyak iligi kanali bor. U larn in g kengaygan uchi — epifiz (epiphysis)deb ataladi. Unda qo'shni suyak bilan birlashuvchi bo'g'im yuzasi (faciesarticularis) bo'lib, u bo'g'im tog'ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g'ovak moddadan tuzilgan, ustidan yupqa zich modda qoplab turadi. Suyakni g'ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to'sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan. Diafizni epifizga o'tish joyi metafiz (metaphisis)deyiladi.Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib boradi; metafiz g'ovak tuzilishga ega. G 'ovak suyaklar: a) uzun g'ovak suyaklar — to'sh suyagi va qovurg'alar; b)kalta g'ovak suyaklaiga—umurtqalar, qo’l-oyoq , kaft usti va kaft oldi suyaklari kiradi, ular k o 'p qirrali shaklga ega. U lar asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo'lib, yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo'shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog'i, chanoq va kurak suyaklari). Bu suyaklar tashqi zich qavat (lamina externa) va ichki zich qavat (lamina interna) o‘rtasida joylashgan mayda katakchali g'ovak moddadan (diploe) tashkil topgan. Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqaning tanasi tuzilishi jihatidan g'ovak suyaklarga, ravog'i va o'sim talari yassi suyaklarga kiradi. Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan havo bilan to'la bo'shliq bo'ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon, yuqori jag‘ va g'alviisimon suyaklari kiradi.Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ulaming paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo'ladi. Ulami apofizlar (apophysis) deb ataladi. Bulaiga bo'rtiq (tuber), do'mboqcha (tuberculum), qirra (crista) va o'simta (processus) kiradi. Suyakning yuzalari o'zaro chekkalar (margo) bilan chega-ralanadi. Ba’zi bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar (sulcus) yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bo'ladi. Suyaklaming tuzilishida suyak to'qimasi muhim ahamiyatga ega. U metalldek qattiqlikka ega bo'lib, molekular massasi 1,93 (suvdan 2 barobar ko'p). Tirik suyak to'qim ada yoki yangi ajratilgan suyakda 50% suv, 28,15% oiganik moddalar, jumladan, 15,75% yog' va 21,85% noorganik moddalar bor. Yog'sizlantirib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein,xitin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa ohak orta fosfati—51,04%, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi. Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligim ta’minlaydi. Agar suyak kuchli kislotaga solinsa, mineral tuzlar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini yo'qotib elastik bo'lib qoladi. Agar suyakni temir o'qqa o'm atib yoqsak, organik moddalar yonib ketadi va suyakning elastikligi yo'qoladi, bunday suyak tezda kulga aylanadi. Bulardan tashqari, suyaklar tarkibida vitaminlar (A, D, C) ham bo'ladi. Agar D vitamini yetishmasa, suyakning mineral tarkibi buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. A vitamini yetishmasa, suyaklar yo'g'onlashib, suyak bo'shliqlari va kanalchalarikattalashib ketadi. Suyakning taikibiy birligi osteonni (2-rasm) osteon plastinkalari (qatlamlari) va kanalchalari hosil qiladi. Osteon kanalchalaridan qon tomir va nerv tolalari o'tadi. Uning atrofmi zich suyak qatlami (kompakt) modda o'ragan. Osteon qatlamlari orasini oraliq moddalar to'latib turadi, ular qattiq, ichida kollagen tolalari bor oqsil moddalardan iborat. Suyakning tashqi kompakt qavati naysimon suyaklaming diafizlarida qalin, epifizlari yassi va g'ovak suyaklarda yupqa bo'ladi. Uning ostida esa suyakning g'ovak moddasi joylashadi Tana skeleti Tana skeleti umurtqa pog'onasi (coliunna vertebralis) va ko'krak qafasi (compages thoracis) dan iborat. Umurtqa pog'onasi 33— 34 ta (7 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 3-5 ta dum) umurtqalaidan hosil bo'lgan. Umurtqa pog’onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73—75 sm, ayollarda esa 69—71 sm cha bo'ladi. Odamning umurtqa pog'onasi tana uchun tayanch bo'libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qilib turadi va tana hamda kallaning harakatida faol qatnashadi. Ko'krak qafasi 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovutg'a va to'sh suyagidan iborat. Umurtqalar Umurtqalar umurtqa pog'onasining qaysi qismida joylashganidan qat’iy nazar umumiy tuzilishga ega. Umurtqa (vertebra) (grekcha—spondylos) tana (corpus vertebrae) va yoy qismidan (arcus vertebrae) iborat. Umurtqa tanasi oldinga qaragan bo'lib, tayanch vazifasini bajaradi, u pastga tomon gavdaning og'irligiga qarab kattalashib boradi. Umurtqa yoyi tananing orqasida joylashib, tana bilan ikkita umurtqa oyoqchalari (pedunculi arcus vertebrae) vositasida birikib, umurtqa teshigini (foramen vertebrae) hosil qiladi. U m urtqa teshiklari o'zaro qo'shilishidan umurtqa kanali (canalis vertebralis) hosil bo'ladi. Tananing yoyga qaragan yuzasi bukilgan bo'lib, unda qon tom irlar o'tadigan oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bor. Umurtqa yoyida mushaklar birikadigan o'simtalar bor. Oiqada o'rta chiziqdan toq qirrali o'simta (processus spinosus) chiqadi. Frontal sathda yon tomonga yo'nalgan juft ko'ndalang o'simta (processus transversus) joylashgan. Umurtqa yoyining tanaga yaqin qismida yuqoriga yo'nalgan yuqorigi bo'g'im o'simtasi (processus articularis superior) va pastga yo'nalgan pastki bo'g'im o'simtasi (processus articularis inferior) joylashadi. Ulaming har birida yuqorigi va pastki bo'g'im yuzalari (facies articularis superior et inferior) bo'lib, qo'shni umurtqalar bilan bo'g'im hosil qiladi. Yuqorigi va pastki bo'g'im o'simtalarining asosibilan umurtqa tanasi o‘rtasida yuqorigi va pastki umurtqa o ‘ymalari (incisura vertebrates superiores et inferiores) bor. Pastki umurtqa o‘ymasi nisbatan chuqurroq. Umurtqalar o‘zaro birlashganida yuqorigi va pastki o'ymalar o‘ng va chap tomonda umurtqalararo teshikni (foramen Intervertebrale) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlar o‘tadi. Ko'krak um urtqalarining (vertebrae thoracicae) tanasi (tepadan pastga tom on) hajm jihatdan kattalashib boradi (6- rasm). Um urtqa teshigi bo'yin umurtqalariga nisbatan kichik va yumaloq shaklda. Ko'krak umrtq alarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularda qovurg'alar boshi bilan birikadigan qovurg'a chuqurchalari borligidir. II-EX ko'krak umurtqalari tanasining orqa yon tomonida o‘ng va chap, yuqorigi va ostki qovurg'a chuqurchalari (fovea costalessuperior et inferior) bo‘ladi. Bundan I um urtqa mustasno bo'lib, tanasining yuqori qirrasida 1-qovurg'a uchun bitta butun qovurg'a chuqurchasi (fovea costales superior), tanasining pastida 2-qovurg'a chuqurchasi (fovea costales inferior) bo'ladi. X— umurtqaning ikki ustki chekkasida (X qovurg'a uchun) bittadan yarim chuqurcha bor. XI—XII umurtqalarning yon tomonlarida esa bittadan to'liq chuqurchalar bor. 1-Xumurtqalarining ko'ndalang o'simtalarining oldingi yuzasida ko'ndalang o'simtaning qovurg'a chuqurchasi (fovea costalis processus transversus) bor. U qovurg'a do'm bog'i bilan birlashadi. XI va XII ko'krakumurtqalarining ko'ndalang o'simtalari qisqa bo'lib, bo'g'im chuqurchasi yo‘q. Ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtasi nisbatan uzun bo'lib, uchi pastga qaragan. Bo'g'im o'simtalari frontal sathda joylashgan, yuqorigi bo'g'im yuzalari orqaga, pastki bo'g'im yuzalari oldinga qaragan bo'ladi. Umurtqa pog'onasi (Colum na vertebralis) odam skeletining asosi bo'lib, uning o'rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda esa 69-71 sm. Umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum qismlarga bo'linadi. Umurtqa pog'onasi 33-34 ta umurtqadan tuzilgan. Har qaysi qismdagi um urtqalar bir-biridan bir oz farq qiladi. Har qaysi um urtqada tana, teshik, ravoq va uch xil o'siq bo'ladi. Umurtqa ravog'idan bitta orqa yoki o'tkir o'siq, ikkita yuqori va ikkita pastki bo'g'im o'siqlari chiqadi. U m urtqalar teshigi umurtqa pog'onasi kanalini hosil qiladi. Bu kanalda orqa m iya joylashadi.Bo'yin qism ida 7 ta umurtqa bor. Ulam ing tanasi yaxshi rivojlanmagan, o'tkir o'siqlam ing uchi ayri hosil qiladi. Ko'ndalang to'siqlarda teshiklar bo'ladi. Birinchi bo'yin umurtqasi Atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi esa epistrofey deb ataladi. Bular boshqa bo'yin umurtqalaridan ajralib turadi. A tlantda tana va o'tkir o'siq yo'q. U faqat ikkita ravoqning birikishidan hosil bo'ladi. Epistrofey tanasining yuqori qism idan tishsimon o'siq bor. Atlant kalla suyagi bilan birga shu o'siq atrofida aylanadi. Ko'krak qism ida 12 ta umurtqa, 12 juft qovurg'a va to'sh suyagi joylashadi. Ko'krak um urtqalari bo'yin umurtqalariga nisbatan yirikroq, tanasi balandroq va enliroq, umurtqa teshigi yumaloq bo’ladi. Ko'ndalang o'siqlari anchagina uzun, yo'g'on va orqaga qarab egilgan. o'tkir o'siqlar esa pastga qaragan. Ko'krak umurtqalarining tanasi va ko'ndalang o'sig'i uchida qovurg'alar boshi kelib birikadigan yuza bor.Umurtqa pog'onasining bel qismida ancha yaxshi rivojlangan, tanasi yo'g'on, o'siqlari qalin va juda mustahkam 5 ta bel umurtqasi joylashgan. Dumg'aza umurtqalari 5 ta bo'lib, 17-25 yoshlarda o'zaro qo'shilib bitta butun dumg'aza suyagi (os sacrum)ni hosil qiladi. Bu suyakning kengayib ketgan yuqori tomoni dumg'azaning asosi, pastki tor tomoni uchi deyiladi. KO'KRAK QAFASI Dumg'azaning yon yuzlarida, asosi yaqinida quloqsim on bo’g'im bor. Dumg'aza suyagi chanoq suyaklari bilan shu yuzalar yordamida birikadi. Dumg'azaning orqa (dorsal) yuzasida keng g'adir-budur joy, o'rta qirra va ikki juft yon qirra bo'ladi. Bu qirralar umurtqalarning o'tkir o'siqlari, bo'g'im va yon o'siqlarining birikishidan vujudga keladi. Dumg'azani yonbosh suyagi biriktiruvchi boylam keng g'adir-budurlikka yopishadi. Dumg'azaning asosidan uchigacha boradigan dumg'aza yo'li bor. Bu yo'l umurtqa yo'lining davom i bo'lib, pastda dumg'aza teshigi bilan tugaydi. Dumg'azaning chanoq bo'shlig'iga qaragan va orqa (dorsal) yuzlarida to'rt juftdan teshik bor. Bu teshiklardan tomirlar va nervlar o'tadi. A yollarining dumg'aza suyagi erkaklam ing dumg'aza suyagiga nisbatan keng va kaltaroq, oldinga kam roq egilgan bo'ladi. Dum qism i rivojlanm agan 4-5 ta umurtqadan iborat. V oyaga yetgan odamda dum um urtqalari qo'shilib ketib, bitta dum suyagi (os coccigis)ni hosil qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling