1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
V egetativ nerv tizim i
Vegetativ nerv tizimi organizmning o'sishda ishtirok etadigan a’zolar faoliyatini boshqaradi. U a’zolar faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, natijada a’zolaming tonusi o'zgaradi. Vegetativ nerv tizimi ikki: markaziy va periferik qismlarga bo'linadi. Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohalarida joylashgan to'rt qismdan iborat: 1. Mezensefal qism - o'rta miyada, ko'zni harakatlantiruvchi nervning qo'shimcha (Yakubovich) o'zagi. 2. Bulbar qism - uzunchoq miyada va ко'prikda joylashgan VII, IX, X juft bosh miya nervlarining vegetativ o'zaklari. 3. Torokolyumbal qism - orqa miyani Смп -Th, -L U1 segmentlarining oraliq lateral ustunlaridagi vegetativ o'zaklar. 4. Sakral qism - orqa miyaning SII IV segmentlari sohasida joylashgan oraliq medial o'zaklar. Bu markazlardan mezensefal, bulbar va sakral qismlari parasimpatik nerv tizimiga taalluqli. Bu vegetativ markazlar, o'z navbatida, oliy vegetativ markazlar ta’siri ostida bo'ladi. Bu markazlar bosh miyaning quyidagi qismlarida joylashgan. 1. Orqa miyada - IV qorinchaning tubida qon tomirlar harakati markazi. 2. Miyachada - qon tomirlar harakati refleksi, teri trofikasi, yaralami bitish tezligi markazlari. 3.0‘rta miyaning kulrang moddasida, silviy suv yo‘li atrofida. 4. Oraliq miyada-gipotalamusda.Gipotalamus bosh miyaning qadimiy qismlaridan bo'lib, vegetativ faoliyatlami boshqarishda katta ahamiyatga ega. Bu soha barcha o'simlik hayoti a’zolarining faoliyatini boshqaradi va ulami bir-biri bilan bog'lab turadi. 5. Oxirgi miya - targ'il tanada issiqlik va uglevod almashinuvini boshqaruvchi markazlar joylashgan. Vegetativ nerv tizimining periferik qismi tarkibiga: 1. Vegetativ nervlar, ulaming shoxlari va tolalari. Vegetativ tolalar tugun oldi (pregaglionar) va tugun orqa (postganglionar) tolalarga bo'linadi. Tugun oldi tolalar markazdan to vegetativ tugungacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan to a’zolargacha boradi. 2. Vegetativ nerv tugunlari joylashishiga qarab: a). Paravertebral tuguniar - umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashadi.b). Prevertebral tuguniar - umurtqa pog'onasining old tomonida joylashadi. Bu ikki guruh tuguniar simpatik nerv tizimiga taalluqli. d). Intramural tuguniar - ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular mushak pardada (harakatlantiruvchi, Auibax), shilliq osti (sezuvchi, Meysner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugunlariga bo'linadi. e). Oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo'nalishida) joylashgan tuguniar. Bu ikki guruh tuguniar parasimpatik nerv tizimiga taalluqli. 3. Vegetativ nerv chigallari bo'shliqlarda qon tomirlar va a’zolar atrofida joylashadi. Vegetativ va somatik nerv tizimining o'zaro farqi 1. Somatik yoki animal nervlar miya so'g'oni va orqa miyaning boshidan oxirigacha har bir segmentdan chiqadi va segmentar tarqaladi. Vegetativ nervlar markaziy nerv tizimining to'rt qismidan chiqadi. 2. Reflektor yoyda vegetativ nerv tizimining oraliq neyroni hujayralari yrcja miyaning yon shoxlarida joylashib, ulaming aksonlari tugun oldi tolalarini hosil qiladi. Ular mielin parda bilan qoplangan. Vegetativ nerv tizimining effektor neyroni tugunlardan boshlanib, tugun orqa tolalarini hosil qiladi. Somatik nerv tizimining effektor neyroni markazdan to a’zogacha hech qayenJa uzilmaydi. 3. Somatik nerv tolalari ustidan mielin parda bilan qoplangan bo'lsa, vegetativ nerv tolalarida mielin parda juda yupqa yoki umuman bo'lmaydi.
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling