1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
Orqa miya
Orqa miya (metencephalon) ikki qismdan: ventral joylashgan ko'prik va dorsal joylashgan miyachadan iborat. Orqa miyaning qoldiq bo'shlig'i, uzunchoq miya bilan birgalikda IV qorinchani hosil qiladi.Afferent o‘tkazuv yo'llari Orqa va bosh miyaning markazga intiluvchi - afferent o'tkazuv yo'llari ekstratseptiv, propriotseptiv va intratseptiv tizim tolalariga bo'linadi. Ekstratseptiv markazga intiluvchi yo'llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil bo'ladigan nerv impulslari o'tadi. Bu yo'llaiga harorat, og'riq, tanaga bo'ladigan bosim, hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o'tkazuv yo'llar kiradi. Propriotseptiv markazga intiluvchi yo'llar mushaklar, paylar, bo'g'im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa miyadan bosh miyaga o'tkazib beradi. Sezuvchi uzun proyeksion o'tkazuv yo'llari ekstratseptorlar, propriotseptorlar va interatseptorlardan kelayotgan impulslami orqa miyadan bosh miya po'stlog'ining sezuv, harakat markaziga va miyachaga o'tkazib beradi. Ular uch neyrondan iborat bo'lib, birinchi neyroni bosh va orqa miyadan tashqarida, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan sohta uni polyar hujayralar tashkil qiladi. 1. Orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi chuqur (propriotseptiv) sezgini o'tkazuvchi yo'l — tractus spinocorticalis (114-rasm) Bu yo'l mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardan ta’sirotni qabul qiluvchi propriotseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining markaz orqa pushtasida tugaydi. U uch neyrondan iborat. Bu yo'lning birinchi neyroni hujayralari orqa miya tugunining sohta uni polyar hujayralaridan iborat. Periferik nerv tizimi Periferik nerv tizimi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, bosh va miya nervlarining sezuvchi tugunlari va ulaming shoxlari kiradi. Uning asosini bosh va orqa miyada hamda nerv tugunlarida joylashgan nerv hujayralarining o'simtalari hosil qiladi. Ular impulslami periferiyadan markazga (sezuvchi), markazdan tana mushaklariga (harakatlantiruvchi), markazdan ichki a’zolarga, qon tomirlar va bezlarga olib boruvchi (vegetativ) tolalardan iborat. Nervlar bosh va orqa miya, shuningdek nerv tugunlarida joylashgan nerv hujayralarining o'simtalaridan iborat. Ular tashqi tomondan tarkibida kollogen va elastik tolalari bo'lgan yumshoq biriktiruvchi to'qimali parda - epinevriy bilan o'ralgan. Unda qon, limfa tomirlar, ulami innervatsiya qiluvchi nervlar va yog' hujayralari joylashgan. Epinevriy ostida yupqa parda-perinevriy bilan o'ralgan nerv dastalari joylashadi. Nerv dastalari o'z navbatida yupqa biriktiruvchi to'qimali parda - endonevriy bilan o'ralgan nerv hujayralarining o'simtalari yig'indisidan iborat. Periferik nerv tuzilishida ikki xil variant tafovut qilinadi: l.Kam dastali nerv ingichka bo'lib, kam sonli yirik dastalardan tuzilgan, dastalarda tolalar zich joylashgan bo'ladi. 2.Ko'p dastali nerv yo'g'on, uni hosil qiluvchi dastalar kichik, nerv tolalari bo'sh joylashgan. Nervlardagi nerv tolalarining miqdori nervning qalinligi va innervatsiya sohasiga bog'liq Masalan, yelkaning o‘rta qismida tirsak nervi 13.000-18.000 toladan, oraliq nerv 19.000-32.000, mushak-teri nervi 3.000-12.000 tolalardan iborat bo‘ladi. Nervlar harakatlantiruvchi, sezuvchi va aralash bo'ladi. Harakatlantiruvchi nervlar (nervus motorius) orqa miyaning oldingi shoxi va bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi o'zaklarida joylashgan harakatlantiruvchi hujayra o'simtalaridan iborat. Sezuvchi nervlar (nervus sensorius) bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari va orqa miya tugunida joylashgan hujayra o'simtalaridan tashkil topgan. Odam organizmidagi ko'pchilik nervlar aralash bo'ladi, ular sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Vegetativ nervlar va tolalar orqa miyaning yon shoxlari va bosh miya vegetativ o'zaklarida joylashgan hujayra o'simtalaridan iborat. Orqa miya nervlari Orqa miya nervlari (nn. spibales) ofqa.miyadan chiquvchi ikki ildizdan hosil bo'lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo'lib, metamer joylashgan. Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo'lib, 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dumnervlariga bo'linadi. Orqa miya nervlari aralash tolalardan iborat ba'Hb, tarkibida. Sezuvchi т afferent va harakatlantiruvchi - efferent tolalari bo'ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) (radix posterior) orqa miya tugunida joylashgan soxta uni polyar hujayralaming markaziy o'simtalaridan iborat. Oldingi ildizi (harakatlantiruvchi) (radix anterior) orqa miyahing oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. Oldingi va orqa ildizlar o'zaro qo'shilib, orqa miya nervi poyasini (truncus nervi spinalis) hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan chiqqanidan so'ng to'rtta: oldingi shox (r.anterior), orqa shox (r. posterior), orqa miya pardasiga boruvchi shox (r. memngeos) ga bo'linadi. Qo'shuvchi shox (r. communicans) VIII bo'yin, barcha ko'krak va yuqorigi ikkita bel segmentlari sohasidan chiqadi. Ular simpatik tugunlarga boruvchi preganglionar tolalami hosil qiladi. Orqa miya nervlarining oldingi va orqa shoxlari I bo'yin nervining orqa shoxidan tashqari aralash tolalardan iborat. Ular skelet mushaklarini va terini innervatsiya qiladi. Meningial shox umurtqa kanaliga qaytib kirib, orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.- . Orqa miya'nervlarining orqa shoxlari Orqa miya nervlarining orqa shoxlari .{rr.posterior) metamer joylashib, umurtqalaming ko'ndalang o'simtalari orasidan o'tib orqa tomonga yo'naladi. Ular (I bo'yin, IV va V dumg'aza va dum nervlaridan tashqari medial (r. medialis) va lateral (r. lateralis) shoxlariga bo'linadi. I bo'yin nervining orqa shoxi ensa osti nervi (n. suboccipitalis) nomi bilan ensa suyagi va atlantni o'rtasidan chiqib m. rectus capitis major et minor, m. semispinalis capitis, id; obliqui capitis superior et inferior lami innervatsiya qiladi.
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling