1. Oliy nufuzga ega bo’lish


Download 42.62 Kb.
bet12/15
Sana25.01.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1120120
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi (I.G.Senin)

Ma’naviy qoniqish. Kishining jamiyat hayotini chin ko’ngildan baxtiyor va go’zal qilish isgagida ijtimoiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar odamlar bilan bog’liq faoliyatlari natijalaridan emas, balki ko’proq bu faoliyat jarayonidan zavq olishlari bilan ajralib turadilar.
O’zlikni saqlash. Kishining har xil ijtimoiy – siyosiy qarashlar ta’siriga berilmaslikka intilishida ifodalanadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar juda kam uchraydigan ijtimoiy – siyosiy g’oyalarni qadrlaydilar, ko’pincha esa bunday sinaluvchilar o’z ijtimoiy - siyosiy qarashlariga ega bo’ladilar.


Qiziqishlar olami
Oliy nufuzga ega bo’lish. Kishining bo’sh vaqtlarda o’zi sevgan mashg’ulotlari bilan band bo’lishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishi bo’sh vaqtini o’zi qadrlagan, unga namuna bo’ladigan shaxslarning fikr va g’oyalariga mos mashg’ulotlar ustida o’tkazadi yoki ular mashg’ul bo’lgan ishlarga taqlid qilib o’tkazadi yoki ular mashg’ul bo’lgan ishlarga taqlid qilib, o’zini rivojdantiradi, malakasini oshiradi.
Yuqori moddiy taminlanganlik. Kishining bo’sh vaqtlarda moddiy foyda keltiradigan hamda shaxs uchun qiziq mashg’ulotlar bilan band bo’lishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar bo’sh vaqtda sof amaliy ahamiyatga ega bo’lgan (masalan, parrandachilik, kaptarbozlik kabi qiziqish mahsulotlarini sotish, ayirboshlash mumkin bo’lgan) ishlar bilan band bo’ladilar.
Ijodkorlik. Kishining o’z qiziqish sohasiga ijodiylik namunalari, yangiliklar kiritishga keng imkoniyatlar ochadigan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar doimo o’zlari qiziqqan sohaga ijodiy yondoshib, biron – bir o’zgarish, yangilik kiritishga harakat qiladilar.

Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling