Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Kishining biror bir moddiy rag’batlantirish evaziga ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar moddiy manfaatdorlik, foyda olish mumkin bo’lgan ijtimoiy faoliyat — tashkilotchilik, rahbarlik bilan shug’ullanishga intiladilar.
Ijodkorlik. Kishining o’z ijtimoiy faoliyat sohasini yoki tarzini o’zgartirib, yangilab turishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar odatda, ijtimoiy – siyosiy hayotda sodir bo’layotgan qanday o’zgarishlarga hozir javoblik bilan yondoshadilar. Ijtimoiy faoliyatda eskicha uslublardan vos kechishga, yangi —yangi yo’nalishlarni o’ylab topishga moyil bo’ladilar.
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishinipg muloqotga yo’nalganligini faol ijtimoiy hayot orq;ali namoyon qilishga intilishida o’z aksini topadi, bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar muayyan ijtimoiy guruh vakillari bilan yaqin munosabatlar o’rnatishga, hamkorlik qilishga, targ’ibot ishlariga yordam beradigan ijtimoiy mavqeiga ega bo’lishga intiladilar.
O’z ustida ishlash. Kishining ijtimoiy hayot sohasidagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar ijtimoiy hayot sohasidagi qobiliyatlari (muloqotchanlik, tashkilotchilik va h.) Hamda ularni rivojlantirish yo’llari to’g’risida ko’proq malumot olishga qiziqishlari bilan ajralib turadilar.
Yutuqlarga yo’nalganlik. Kishining ijtimoiy – siyosiy hayotda aniq, natijalarga, yutuqlarga erishishga intilishida o’z aksini topadi, lekin bu yo’nalish ko’pincha o’ziga yuqori baho berish, o’z taqdrini oshirish kabi istaklar bilan yo’g’rilgan bo’ladi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar odatda, o’z ijtimoiy faoliyatlarini aniq rejalashtiradilar, har bir bosqichda alohida – alohida maqsadlar qo’yadilar va ularga qanday bo’lmasin erishishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |