Ma’naviy qoniqish. Kishining ma’lum bir bilim sohasini chuqurroq o’rganishga, ayniqsa, uning mazmuniga qiziqishida ifodalanadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar bilim olishga kuchli ehtiyoj sezadilar, o’z ma’lumot saviyalarini oshirishga, tegishli bilim sohasini chuqurroq egallashga intiladilar va shundan qoniqish oladilar.
O’zlikni saqlash. Kishining ta’lim olishda o’ziga xos, o’z shaxsiy xislatlariga mos tamoyillarga rioya qilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar ta’lim olishda o’z yo’nalishlariga ega bo’lib, boshqalardan nima bilandir farq qilish, o’z hayotiy printsiplariga shaksiz amal qilish istagi bilan ajralib turadilar.
Oilaviy hayot
Oliy nufuzga ega bo’lish. Kishilar nazariga tushadigan oilaviy hayot kechirishga intilish. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar ko’pincha, o’z oilaviy hayot tarzlari xaqida boshqa kishilarning qanday fikrda ekanligini bilishga qiziquvchan bo’ladilar.
Yuqori moddiy ta’minlanganlik. O’z oilasiniig moddiy ta’minotini mumkin qadar oshirishga intilish xislati. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar odatda oilaning baxti, mustahkamligi, birinchi galda uning moddiy ta’minotiga bog’liq deb hisoblaydilar.
Ijodkorlik. Kishining o’z oilaviy hayotiga qandaydir o’zgarishlar, yangiliklar kiritishga doir intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishi doimiy ravishda o’z oilasidagi hayotni rang – barang qilishga intilishi bilan ajralib turadi (masalan, uy jihozlarining o’rinlarini yangilab turish, oilaviy dam olishning yangicha, noan’anaviy usullarini o’ylab topish va h.k.)
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining oila a’zolari bilan o’zaro munosabatlariga ahamiyat berishda o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar o’z oila a’zolarining muayyan ijtimoiy vazifani bajarishlariga ahamiyat berishlari bilan ajralib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |