Yutuqlarga yo’nalganlik. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan kishilar o’zlarining turli hayotiy davrlarida aniq va sezilarli natijalarga, muayyan yutuqlarga erishishdan manfaatdor bo’ladilar. Bunday kishilar odatda o’z hayot yo’nalishlarini obdon rejalashtirib, uning har bir bosqichida o’z oldilariga muayyan maqsadlarni qo’yadilar va bu maqsadlarga erishish yo’lida qat’iy harakat qiladilar. Bundan tashqari, bunday kishilar ko’plab hayotiy yutuqlari tufayli, ko’pincha, mag’pyp bo’lib, o’zlariga keragidan yuqori baho berishga moyil bo’ladilar.
Ma’naviy qoniqish. Bunday kishilar, odatda, o’zlarini ruhiy ma’naviy jihatdan qoniqtiradigan hayotiy sohalarni tanlashga intiladilar. Ular ko’pincha, o’zlariga qiziq bo’lgan, ma’naviy ozuqa, ichki qoniqish baxsh etadigan faoliyat bilan mashg’ul bo’lishni juda zarur deb biladilar.
O’zlikni saqlash. Bu ko’rsatkich bo’yicha yuqori ball odamning boshqalardan mustaqil bo’lishga doir intilishlarini ifoda etadi. Bunday kishilar odatda hayotda eng muhim narsa deb, o’z shaxsining betakrorligi va o’ziga xosligini, o’ziga xos hayot tarziga, dunyoqarashga ega bo’lishni tushunadilar. Atrofdagilarning tasiriga kamroq berilib, mustaqil fikrlariga binoan ish yuritishga moyil bo’ladilar, o’ziga xos hayot tarziga ega bo’ladilar.
II. Hayotiy sohalar bo‘yicha
Kasbiy faoliyat. Bu ko’rsatgichdan yuqori ballga ega bo’lgan kishi o’z kasbiy faoliyat sohasiga katta ahamiyat beradi. Bunday kishilar ko’p vaqtini o’z ishlariga sarflaydilar, ishlab chiqarishdagi barcha muammolarni hal etishga tezda kirishib ketadilar. Ular kasbiy faoliyatni hayotning asosiy mazmuni deb biladilar.
O’quv -ta’lim sohasi. Bu ko’rsatgichdan yuqori ballga ega bo’lgan kishi o’qimishli bo’lishga, o’z dunyoqarashini kengaytirishga intiluvchan bo’ladi. Bunday kishilar o’qishni, yangi-yangi bilimlarni egallashni, hayotdan orqada qolmaslikni eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
Oilaviy hayot. Bu ko’rsatgichdan yuqori ballga ega bo’lgan kishi o’z oilasi bilan bog’liq bo’lgan barcha voqeliklarga katta ahamiyat berishi bilan ajralib turadi. Bunday kishilar oilaviy muammolarni hal etish yo’lida ko’p kuch va vaqt capflashga moyil bo’ladilar, baxtli oila qurishni eng muhim narsa deb biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |