1. Oliy nufuzga ega bo’lish
Natijalarni qayta ishlash
Download 42.62 Kb.
|
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi (I.G.Senin)
Natijalarni qayta ishlash
Javob varaqalarini qayta ishlashda tadqiqotchi quyidagi tartibga amal qiladi. Dastlab, birinchi «pastga engashgan» satrdagi (ya’ni 1, 3, 6, 10, 15, 21, 28, 36, 44, 52 kataklardagi) raqamlarni jamg’arib, jadvalning o’ng tomonidagi, ya’ni oxiridagi 1 — nomerli katakchaga yozib qo’yadi. Xuddi shu amal ikkinchi satr uchun xam bajariladi, ya’ni satr yig’indisi o’ng tomondagi 2 — nomerli katakchaga yozib qo’yiladi va xokazo. 8 ta «pastga engashgan» satrdagi ko’rsatkichlar yuqorida bayon qilinganidek mos ravishda 8 yo’nalishdagi maqsadli qadriyatlarning saviyasini aks ettiradi. Maqsadli qadriyatlar bo’yicha olingan natijalarning miqdoriy ko’rsatgichlari nazariy jihatdan olinganda 10 dan 50 gacha oraliqda o’zgarib turishi mumkin. Biroq bir sinaluvchining maqsadli qadriyatlar bo’yicha ko’rsatgichlarining eng kichigi 15 va yuqorisi 32 ga teng bo’lsa, boshqa bir sinaluvchining bu ko’rsatgichlari 29— 45 oralig’ida bo’lishi mumkin, ya’ni olingan yig’indilarning baland — pastligi faqat shu sinaluvchining sub’ektiv o’zini – o’zi baholashiga bog’liq bo’lib, ularni boshqa sinaluvchilarning maqsadli qadriyatlari bilan qiyoslab bo’lmaydi. Sinaluvchi qaysi qadriyat bo’yicha eng yuqori ball to’plagan bo’lsa, mazkur qadriyat yo’nalishi sinaluvchi shaxsida ustunlik qilishidan dalolat beradi va aksincha. Besh turdagi hayotiy sohalarning shaxsdagi o’rnini aniqlash uchun dastlab har bir ustundagi ma’lumotlar alohida—alohida jamg’ariladi. So’ngra javob varaqasida ko’rsatilgan tartibda 1— va 6—, 2— va 7 —, 3— va 8—, 4 —va 9 — hamda 5— va 10 — ustun ma’lumotlarining yig’indi qiymatlari olinib, tegishli katakchalarga yozib chiqiladi. Mazkur 5 ko’rsatkich mos ravishda shaxsning besh hayotiy sohada tutgan o’rnini ifoda etadi. Hayotiy sohalar bo’yicha olingan ko’rsatkichlar 16 dan 80 gacha oraliqda bo’lishi mumkin. Amalda esa yuqoridagi maqsadli qadriyatlarga xos bo’lgan barcha qonuniyatlar hayotiy sohalar ko’rsatgichlariga ham tegishlidir. Demak, sinaluvchining qaysi hayotiy sohasiga yaqinligini uning hayotiy sohalar bo’yicha to’plagan ballarining baland — pastligiga qarab aniqlash mumkin. Ko’rinib turibdiki, bu metodikada ham javob varaqasining tuzilishi, metodika beradigan mazmunga bevosita aloqador. Ya’ni javob varaqasining tuzilishi, javob berish tartibi uni qayta ishlab mazmunli ko’rsatkichlar olishga to’liq bo’ysundirilgan. Shu sababli, ushbu javob varaqasining shakli o’ziga xos ko’rinishga ega. Shuning uchun ham metodikadan foydalanib, muhim va asosli ma’lumotlar olish istagida bo’lgan tadqiqotchi — psixologlar, albatta, birinchi navbatda, javob varaqasini bosmaxona sharoitida ayni o’zidek qilib ko’p nusxada chop ettirishlari yoki kseroks uskunasida metodik qo’llanmaga ilova qilingan nusxalaridan ko’chirma olishlari kerak bo’ladi. Download 42.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling