1. Oliy nufuzga ega bo’lish


Olingan natijalarning talqini


Download 42.62 Kb.
bet4/15
Sana25.01.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1120120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi (I.G.Senin)

Olingan natijalarning talqini
I. Maqsadli qadriyatlar bo’yicha
Oliy nufuzga ega bo’lish. Ushbu ko’rsatgichdan
yuqori ballga ega bo’lgan kishi hurmat— e’tibor qozonishga,
boshqalarda o’ziga nisbatan yaxshi tasavvur paydo qilish ilinjida bo’ladilar. Ayniqsa, o’zi hurmat qilgan va eng ko’p ahamiyat
bergan shaxslar oldida "uyalib qolmaslik" uchun o’z hatti-
harakatlarida, qarashlarida ziyraklik, ehtiyotkorlik, yuqori
toifadagi kishilarga bog’liqlik kabi alomatlarni namoyon
qiladi. Ko’pincha, bu yo’nalish bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan
sinaluvchilar boshqalarning ular haqidagi shaxsiy fikrlarini
bilishga juda qiziqadilar. Chunki bunday kishilar o’z hatti-
harakatlarining jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanishidan manfaatdor bo’ladilar.
Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Bu ko’rsatgich bo’yicha yuqori ball egalari asosan moddiy ahvollarini mumkin qadar ko’tarishga intilgan kishilar. Bunday kishilar ko’pincha, moddiy farovonlikni hayotning asosiy mazmuni deb biladilar. To’kin- sochin hayot ko’p hollarda bu toifadagi odamlarda o’zlariga yuqori baho berish, boshqa (ayniqsa, kamtarin hayot kechiradigan) kishilarni nazar — pisand qilmaslik kabi salbiy xislatlarni rivojlantiradi.
Ijodkorlik. Bu ko’rsatgich bo’yicha yuqori ballga ega bo’lgan shaxslar o’z ijodiy imkoniyatlarni yuzaga chiqarishning barcha sohalarida har xil o’zgarishlar, yangiliklar kiritishga intiladilar.
Faol ijtimoiy munosabatlar. Bu qadriyat yo’nalishi bo’yicha yuqori ko’rsatkich kishiniig boshqalar bilan o’zaro iliq munosabatlarni o’rnatishga doir intilishlarini aks ettiradi. Odatda bunday kishilar insonlararo munosabatlarning barcha ko’rinishlarini qadrlaydilar, ko’pincha, boshqalar bilan hamkorlik kilish imkoniyatini hayotda eng qimmatli narsa deb biladilar.
O’z ustida ishlash. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar o’z xarakterlarining xususiyatlari, qobiliyatlari va boshqa shaxsiy fazilatlari xaqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishga qiziqadilar. Bunday kishilar odatda o’zlarini har tomonlama rivojlantirishga, barcha fazilatlarini kamol toptirishga intilib, inson cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligiga ishonadilar va ularni to’liq ruyobga chiqarishga erishishni hayotning mazmuni deb biladilar.

Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling