Mujassamlashtiradi.
2-ilova
3-ilova
Yangi o`quv materialini slaydli taqdimoti.
1. “Shaxs va jamiyat” predmetining mazmuni,maqsadi va vazifasi
“Shaxs vajamiyat” fani ayni inson bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni, kishining olamni anglash,borliqni idrok etish orqali faol shaxsga aylanish jarayonlarini, uning ruhiy olami rivojlanishi bosqichlarini o`rganadi.
Inson va uning jamiyat o`rtasidagi munosabatlarini o`rganadi
Insonning ruhiy olami rivojlanishi bosqichlarini o`rganadi.
Borliqni idrok etish orqali faol shaxsga aylanish jarayonlarini o`rganadi.
2. Inson – murakkab mavjudot.
Inson fenomeni
Inson tashqi olamda zarra kabi bo`lsada, uning qalbi, tafakkuri va xayoloti benihoya keng. Bu cheksiz dunyoni o`ziga bemalol sig`diradi. Inson hech qachon bir-birining takrori ham, nusxasi ham emas.
Fenomen – yunonchadan olingan bo`lib, “namoyonlik” degan ma`noni anglatadi. Voqeilikni anglashning soda realizmidan narsalarning o`zidan ular mohiyatini anglashga o`tishini bildiradi.
Inson haqidagi bilimlarning ifodalanishi:
Birinchidan, inson tabiiy –biologiyaviy tadrijining cho`qqisida turganligi bilanhayvonlardan farqli; anatomic tuzilishiga ko`ra tik yurishga moslashgan, bosh suyagi qobig`ining, miya yarim sharlarining o`lchami,qo`llari va oyoqlarining o`ziga xos tuzilishi bilan farqlanadi.
Uchinchidan, inson o`zining ruhiy-ma`naviy mavjudot maqomiga binoan xotiraga, tengsiz hissiyotga, o`ylash, rad qilish, hisob-kitob qilish, rejalashtirish, xayol surish imkoniyatlari bilan mo`jizalidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy tabiatga ko`ra, mehnat qurollari yasaydi, olovdan foydalanadi; tilga egaligiga ko`ra, fikr-o`ylari va g`oyalarini moddiylashtira oladi.; o`ziga ma`lum bo`lgan va bo`lmagan narsalarni yarata oladi, ishlab chiqara oladi; unga hech narsa yot emas.
Inson ijtimoiy mavjudot sifatida
Individ - bioijtimoiy mavjudot sifatida alohida bir insonni ajratib ko`rsatadi, ya`ni uni odam turning alohida vakili sifatida aks ettiriladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |