1. O'qituvchilarning eng yaxshi tajribalarini


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana25.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1066071
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
pedagogika mustaqil ish

O’z - o’zini baholash. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida qanday 
qiyinchiliklarga duch keladi? Ulardan biri, masalan, mehnatga va uzluksiz ta’limga 
tayyorgarlikni shaklalntirish va o’qituvchilarning rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilish kabi 
umumiy tarbiyaviy vazifalarni qo’yishni bilmaslik bilan bog’liqdir.
O’z shaxsiy faoliyatini tahlil qilish va baholash o’qituvchilar uchun eng katta 
qiyinchilik tug’diradi. Ba’zan, hatto o’z ishini umumiy nazariy asoslarini bilgan holda 
o’qituvchi vaziyatning ichki psixologik ma’nosini va shuning uchun uni amaliy jihatdan 
boshqara olmaydi. YOki o’qituvchi o’zining pedagogik ta’siri natijasini oldindan ko’ra 
bilmaydi, oldindan taxmin qila olmaydi va shuning uchun ham noto’g’ri pedagogik 
xulosalarga keladi. Boshqa hollarda u sodir bo’gan vaziyatga o’zini moslaydi va uni 
o’zgartirmaydi. Eng katta qiyinchiliklardan biri shundan iboratki, o’qituvchi o’zining 
pedagogik faoliyatini bir butunlikda ko’ra olmaydi, o’z faoliyatining vazifalarini, vositalari 
va natijalari orasidagi aloqalarni e’tibordan chetda qoldiradi. Har bir o’qituvchi o’zi uchun 
qanday qiyinchiliklar xarakterli ekanligining bilishi va ana shu nuqtai nazardan o’z 
mehnatiga baho berishi muximdir.
O’z pedagogik faoliyatini o’zi shakllantirib borishning umumiy yo’li – uning har 
qaysi tarkibiy qismi va ular orasidagi aloqalar ustida ongli ravishda ishlashdan iborat. 
Avvallari qo’lga kiritilgani pedagogik malakalarga aylanadi. O’qituvchida o’z ustida 


ishlash ichki dasturining mavjudligi mazkur sohaga mos mashq qilishni kuchaytiradi. Biz 
qo’yidagi mashq turlarini tavsiya etamiz:
1. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish, uning faol ishtirokchilarini va imkoniyati boricha 
hulq motivini aniqlash, ana shu vaziyatdagi har bir ishtirokchining hatti - harakatiga uning 
hulqi bilan bir butunlikda qarash;
2. YUzaga chiqqan pedagogik muammoning (sirtdan) ichki psixologik – pedagogik 
ma’nosini tushunish;
3. Vaziyat mohiyatini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda o’zining bir yoki bir nechta 
pedagogik vazifalarini ifodalash;
4. Hatto biror tahlika yuz berishi mumkin bo’lgan noaniq sharoitlardan ham oldindan 
pedagogik qaror qabul qilish;
5. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning sinovini amalga oshirish. To’la - to’kis qaror qabul 
qilish, oldindan vaziyatni fikran oxirigacha o’ylash, ushbu ta’sirning (yaqin va uzoq) 
o’quvchilar hatti - harakatida qanday iz qoldirishini ko’ra bilishga intilish. Vaziyatni tahlil 
etish nihoyasiga yetganidan keyin va uning natijalarini e’tiborga olgan holda yana bir marta 
unga qaytish va xudi shu vaziyatni hal qilish imkoniyatining boshqa yo’llarini o’ylab 
ko’rish («variativ pedagogika»), shuningdek, shunga o’xshash vaziyatlarda keyingi safar 
qanday yo’l tutish ma’qul ekanligini aniqlash;
6. Xudi shu vaziyatni yana bir marta, lekin, agar uning ishtirokchilari o’zlarini 
boshqacha tutsalar, qanday vaziyat yuz berishi mumkinliginidan kelib chiqib, o’zgacha 
ko’rinishlarda o’ylab ko’rish;
7. Muhokama qilinayotgan pedagogik vaziyatda o’zini uning boshqa ishtirokchilari 
qatoriga qo’yish va
shu holatda o’zining hatti - harakatiga baho berish
va tuzatish kiritish. 
O’zini avval uchramagan har xil pedagogik vaziyatlarda sinab ko’rish, o’zining hatti - 
harakatini boshqa shunga yaqin o’qituvchilar hatti - harakati bilan taqqoslash va boshqalar.
Bunday mashqlarning umumiy mohiyati pedagogik vaziyatni tez va to’g’ri tahlil 
qilishga va o’zgartirishga o’rganishdan, yuz beradigan vaziyatlarni intuntiv tarzda emas, 
balki bilimlarga asoslangan holda yondashishni bilishdan iborat. Oldindan to’liq aytish 
mumkin bo’lmagan, qiyin vaziyatlarni tahlil qilishga doir mashqlar eng katta samara 
beradi, masalan o’quvchilar darsda doimo o’quv ishidan chaqmaydilar. Lekin, shuni 
ta’kidlash kerakki, pedagogik mahorat uchun faqatgina shakllangan pedagogik 
faoliyatgina yetarli emas, bunda o’qituvchining faolligi ham zarur.
O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. 
O’z - o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. SHu bois 
o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahlil va tarbiya olish uchun sabablar 
bo’lishiga intilishi lozim. O’quvchilar o’z - o’zini tarbiyalash bilan birga o’z ustida ishlab 
boradi. O’z ustida ishlash asosan o’spirinlikdan boshlanadi. Bunda ularning nazariy 
tafakkurini shakllantirish to’garak va fakultativ mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
SHu bilan birga o’quvchining badiiy asarlarni qo’yishi va tushunishi orqali mustaqil 
fikrlashga, mulohaza yuritishga va munozaraga o’rganib boradi, Unda asta - sekin tabiat 
va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Bu esa unda 


mustaqil o’ylashi, to’g’ri yo’l va xulosa chiqarishi, qatiy qaror qila olish fazilatlarini 
o’stiradi. O’quvchilar o’z ustilarida ishlash jarayonida ularning qobiliyati, iste’dodi 
rivojlanadi. Ularda o’tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar, referat, 
konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari o’zlari o’zlashtirishi zarur materiallarni 
mustaqil holda tushunishga olib keladi. Bu esa o’z ustida ishlashning muhim omili 
sanaladi.
YUqorida keltirgan fikrlarimizning barchasi o’quvchi faoliyati bo’yicha yozilgan. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o’z o’zini tarbiyalash, o’z ustida ishlash faqatgina 
o’quvchi faoliyatida emas, balki butun bir shaxs faoliyatida namoyon 6o’lishi kerak. SHaxs 
o’z - o’zini tarbiya etmasa, o’z ustida ishlamasa, u bir joyda qotib turgan toshga o’xshab 
qoladi. Toshni esa kimdir vaqti kelib, yo tepib, yo uloqtirib tashlaydi. Agar shaxs izlansa, 
o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, 
mavqei ham shu darajada yuksaladi, doimo el nazarida bo’ladi. Uni hech kim uloqtirib yo 
chetga chiqarib qo’ya olmaydi.
Har bir o’qituvchi doimiy ravishda o’z - o’zini tarbiyalashi, o’z ustida ishlashi kerak. 
U «men allaqachon tarbiyalanganman, menda hamma ahloqiy sifatlar tarkib topgan» deb, 
yoki «men o’z fanimda hamma yutuqlarga erishganman, o’z fanimni chuqur bilaman» deb 
bir xilda, bir joyda qotib qolmasligi, doimo intilishda, izlanishda bo’lishi kerak.
Hozirgi paytda maktablarda dars berayotgan o’qituvchilarni kuzatib, ikki xil xulosaga 
kelish mumkin. Birlari juda faol, intiluvchan, ijodkor o’qituvchilar bo’lsa, ayrimlari esa 
hech bir intilishi yo’q, doimo bir xilda dars beruvchi o’qituvchilardir. Bularni ko’rib bir 
quvonsang, bir qo’l siltaging keldshshi. Axir yosh avlodni ta’lim - tarbiyasi o’qituvchilarga 
ishonib topshiriladi - ku! Nahotki, ayrim ertangi kun bilan ishi yo’q o’qituvchilar bu 
mas’uliyatni his etmasalar. O’quvchilarning o’z ustlarida ishlashlarida ham o’qituvchi 
yo’llanmasi, ko’rsatmasi, topshiriqlari muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun o’qituvchi 
doimo izlanishda bo’lishi, fanga qandaydir bir yangiliklar olib kirishga intilishi, o’zining 
odobi, kasbiy sifatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi darkor. O’z ustida ishlaydigan 
ijodkor o’qituvchilarning obro’ - e’tibori, martabasi ulug’ bo’ladi. Ular doimo el nazarida, 
hurmatida bo’ladi. Xalq hurmatida, e’tiborida bo’lishining o’zi eng katta baxtdir.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning maqsadi yurtimizda 
yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib borishdan 
iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni 
tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ruyobga 
chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri 
bo’lib qoladi. (Karimov I.A. 1995 yil fevral Oliy majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruza).
Respublikamiz hukumati xalq ta’lim sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni 
bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi kunda ta’lim tarbiyadan ko’zda 
tutilayotgan maqsadlarga erishish o’qituvchilarning xilma - xil faoliyatini uyushtirish, 
ularni bilimli, odobli va e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi 
zimmasiga yuklatilgan.
Islohotlar davrida o’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va 
tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo’shayotgan ijodkor o’qituvchilar soni ortib 
bormoqda. 


Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi
shuningdek maxsus bilimlar va malakalar, bolalarni kuzatish, ularning o’sishidagi muhim 
narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni 
rivojlantirish yo’llari va usullarini aniqlash, turli vositalar tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish 
usullarining o’zaro bir - biriga o’tishini tahlil qilish pedagogik izlanishlar va yutuqlarini 
ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
O’qituvchi talabchan bo’lishi yaxshi va mehribon bo’lishi, sabrli, bosiq bo’lishi va 
o’z kasbiga nisbatan e’tiqodli bo’lishi lozim. Bolani butun qalbi bilan sevadigan 
o’qituvchi ko’proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, shu tariqa professional pedagog 
bolalarni bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o’z xarakterini bera oladi. Ularga 
odmiylik namunasi bo’lib ko’rinadi.
O’qituvchining kasbga oid mahoratlarini shakllantirishda pedagogik - psixologik 
nazariyalarning ahamiyati kattadir. CHunki ma’naviyatimiz shakllanishida o’z - o’ziga ega 
bo’lgan ulug’ insonlar ya’ni o’qituvchilar faoliyati to’g’risida ularga qo’yilayotgan talablar 
ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar to’g’risidagi nazariyalar sharoitida asosiy 
mahorat manbai bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik ilmiy izlanishni 
ahamiyati kattadir. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini aniqlash o’qituvchi shaxsiga xos 
sifat, zero haqiqiy peagog to’la ma’nodagi jamoatchi bo’lib, bolalarga hayotda ijtimoiy 
faol holatda turmushining amaliy namunasini ko’rsatadi. O’qituvchi ishidagi 
muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan 
aloqaga kirisha olish qobiliyati ta’minlaydi.
Aloqalarda faoliyatda duch kelinadigan turli xil voqealarga pedagogik qoidalar 
nuqtai nazaridan emas, balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab etiladi.
Keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni 
his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish o’qituvchiga xos xususiyatlardan 
biridir.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari to’g’risida fikr yuritilganda, 
avvalo, tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi undan ko’zlangan maqsad hamda natijalar 
nazarda tutiladi.
O’qituvchi shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari quyidagilardan iboratdir, ya’ni 
bolalarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevishi, ruhiy pedagogik 
ziyokorlik va kuzatuvchanlik: dilkashlik, talabchanlik, qat’iylik va maqsadga intilish, 
vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layokatlilik va boshqalar. Samarali pedagogik o’zaro 
ta’sir ko’rsatishni to’g’ri tashkil etish o’qituvchiga bolalar bilan muomala qilishda 
tarbiyalanuvchilarning aql idrokigagina emas, balki ularning his tuyg’ulariga ham ta’sir 
ko’rsatish, samimiy munosabatda bo’lishga yordam beradi.
O’qituvchining 
ijodkorligi o’quvchining ijodkorligini uyg’otadi. Darhaqiqat 
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: Farzandlarimizni vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalayotgan, ularning qalbida oliyjanob fazilatlarni qaror toptirayotgan insonlar 
hamisha e’zozga loyiqdir.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling