1. Oqsil va nuklein kislotalar haqida umumiy tushuncha. Nuklein kislotalar boyicha masala va mashqlar yechishda qoyiladigan talablar


Download 1.65 Mb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1412703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ochiq dars ishlanma


Mavzu: Oqsil va nuklein kislotalarga oid masala va mashqlar yechish


Reja:
1.Oqsil va nuklein kislotalar haqida umumiy tushuncha.
2.Nuklein kislotalar boyicha masala va mashqlar yechishda qoyiladigan talablar.
3.Nuklein kislotalar mavzusi yuzasidan masala va mashqlar yechish metodikasi


Tayanch so’z va iboralar: Oqsil, Nuklein kislota, DNK, RNK, transkripsiya, translatsiya, kodon, anticodon, terminator,
Oqsillarning tuzilishi.
Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikadi Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb ham yuritiladi. Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng deb olish mumkin.


Aminokislotalarning o‘zaro birikishi.



Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shunchalik katta bo‘ladi.


Nuklein kislotalar (DNK va RNK)
Har qanday hujayra bo‘linish, nasl qoldirish, ko‘payish xususiyatiga ega. Yangi hosil bo‘lgan qiz hujayra o‘z belgi xossalari bilan ona hujayraga o‘xshash bo‘ladi. Bu belgilar irsiy belgilar deyiladi va hujayra yadrosidagi nuklein kislotalar tomonidan saqlanadi va keyingi naslga beriladi.
Biror-bir belgi oqsillar ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan teridagi melanin – bu oqsil, insulin gormoni bu ham oqsildir. Bitta hujayrada minglab oqsillar sintezi bexato amalga oshadi. Bu nasliy belgilar nuklein kislotaning strukturasida kimyoviy tilda yozilgan ko‘rsatma, qolip-matritsa tarzida bo‘ladi va shunga qarab oqsil tarkibidagi aminokislotalar joylashadi.
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati katta. Ular hujayra oqsillarini sintezlanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir hujayra ona hujayraning bo‘linishi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga ona hujayraning xossalari va belgilari qiz hujayraga meros bo‘lib o‘tadi. Hujayraning xossa va belgilari uning oqsillari tarkibiga bog‘liq. Ona hujayrada oqsillar strukturasi va tarkibi qanday bo‘lsa, qiz hujayralarda ham xuddi shunday strukturalar va tarkibli oqsillar sintezlanishini nuklein kislotalar ta’minlaydi.
Nuklein kislotalarni 1869-yilda oq qon tanachalari (yiring hujayralari) ning yadrosidan shveytsariyalik olim Fridrix Misher tomonidan ajratib olingan. Yadrodan ajratib olinganligi va tarkibida fosfat kislota bo‘lganligidan, kislotalilik xususiyatga ega bo‘lganligidan nuklein kislotalar deb nomlandi.
Nuklein kislotalarning hujayrada uchrash joyi, bajaradigan vazifasi va tuzilishiga qarab asosan 2 turi farqlanadi:
1. Dezoksiribonuklein kislota (DNK)
2. Ribonuklein kislota (RNK)

DNK




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling