1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Chig’atoy ulusining tashkil topishi. Mo’g’ul bosqinidan so’ng O’rta Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat


Download 0.72 Mb.
bet32/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

29. Chig’atoy ulusining tashkil topishi. Mo’g’ul bosqinidan so’ng O’rta Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. Zabt etilgan o'lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik chog'idayoq o'g'illariga taqsimlab berdi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o'g'li Chig'atoy ega bo'ldi. XIII asrning 20-yillarida Chig'atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig'atoy ulusi tash­kil topdi. Chig'atoyxonning ulusni boshqaradigan o'rdasi Elsuvi (Hi) daryosi bo'yida edi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo'jand shahrini o'ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari dorug'achi va tavg'ach deb ataluvchi mo'g'ul amaldorlari qo'lida bo’lardi. Chig'atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo'ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchilardan olinadigan yer solig'i «kalon», chorvadorlarga esa «qopchur» solig'i, davlat xazi­nasi uchun «shulen» nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig'i, hunarmandlar va savdogarlardan «targ'u» solig'i undirilgan. Aholidan yig'ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi. Zo'rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi, xilma-xil majburiy to'lov va yig'imlarning haddan tashqari ko'pligi mo'g'ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko'tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vo-hasidagi Torob qishlog'ida ko'tarilgan xalq qo'zg'oloni bo'ldi. 1238-yilda Buxoroning Torob qishlog'ida bosqinchilar va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. XIII asr o'rtalarida Chig'atoy ulusining mo'g'ul amaldorlari doirasida o'troqlikka ko'chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o'troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo'g'ulistonning ulug' xoqoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to'g'risida maxsus farmon chiqaradi. Elchilarga, qo'llarida bevosita topshiriqlari bo'lmasa, sha­har yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o'zboshimchalik bilan yig'ib olinadigan hisobsiz to'lovlardan ozod bo'ladi. Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo'lsada, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida Mas'udbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo'ladi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida, jumladan, Samarqand, Buxoro, Taroz, O'tror, Xo'jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi. XIV-asrning
I-yarmida Chig'atoy ulusida mo'g'ullarning o'troqlikka o'tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Mo'g'ullar istilosi davrida xarob bo'lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqon­chilik asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunar­mandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo'lgan shaharlar Urganch, Samarqand va Buxoro qayta tiklanishiga sabab bo'ladi. Shahar bozorlari gavjumlashadi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'rta Osiyoda yerga bo'lgan egalikning mulki devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk deb ataluvchi to'rt xil shakli mavjud edi. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma'murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo'lib, ular suyurg'ol yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo'lgan yerdorlar — suyurg'ol egalari barcha soliq va to'lovlardan ozod etilardi. Asta-sekin Chig'atoy ulusining bir qator xonlari o'z urug'-qabilalari bilan Movarounnahrga ko'chib kelib, mahalliy aholi bilan qo'shilib, o'troqlashib bordilar. Ko'chib kelmay Yettisuvda yashayotgan mo'g'ullar Movarounnahrga ko'chib kelganlarni «qoraunas» (duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo'g'ullar esa ularni «jete» (qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu amalda bir-birini haqorat qilish edi. Ular o'rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib bordi. Oqibatda Chig'atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga bo'linib ketdi. Chig'atoy ulusining Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv qismi Mo'g'uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig'atoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temur Mo'g'uliston xoni etib ko'tarildi. Ulusning g'arbiy qismi- Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo'ldi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling