1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Amir Tеmurning tarix sahnasiga chiqishi va u tomonidan markazlashgan davlatga asos solishi


Download 0.72 Mb.
bet34/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

31. Amir Tеmurning tarix sahnasiga chiqishi va u tomonidan markazlashgan davlatga asos solishi. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketgan. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo'g'uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mana shunday o'zaro ichki urushlar qizigan, mo'g'ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xojailg'or qishlog'i (Yakkabog' tumanida 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li bekalaridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o'z mulklariga ega bo'lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Shayx Sham­siddin Kulol Temurbekning piri bo'lgan. U yoshlik chog'laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q uzish, ot choptirib turli mashq va har­biy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirar va shuning uchun harbiy guruhga birlashib kuchuni oshirardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayluddinhek va boshqalar bo'lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo'shinida lashkarboshilik darajasigacha ko'tarilganlar. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong'i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temur Movarounnahrda siyosiy vaziyat keskinlashgan, uning mustaqilligini ta'minlash zaruriyati ko'ndalang bo'lib turgan tarixiy sharoitda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi. Tug'luq Temur o'g'li Ilyosxo'jani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo'g'ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxo'ja bilan Amir Temurning murosasi to'g'ri kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahr­ning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Husayn bilan ittifoq tuzib, mo'g'ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g'alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo'ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar. Biroq Movarounnahrni qo'ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo'ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo'shin tortadi. Ikki o'rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o'rtasidagi Chirchiq daryosi bo'yida sodir bo'ladi. Tarixda u «Loy jangi» nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o'sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur chekinishga majbur bo'ladi. Bu g'alabadan so'ng Ilyosxo'ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo'jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo'shin bo'lmasada, xalq shahar mudofaasini o'z qo'liga oladi. Uzoq davom etgan mo'g'ullar hukmronligiga qarshi ko'tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi. XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og'ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro'yobga chiqarish ishini avvalo ichki g'animlariga qarshi kurashdan boshlaydi 1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo'shinlari bilan kuchli raqib-Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo'lga chiqadi. Qo'shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog'iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo'llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko'pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo'shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so'ng, 1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga ta’slim bo'ladi. Amir Husayn qatl etiladi. 1370-yilning 11-aprelida Chig'atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug'alari, Amir Temurning quroldosh do'stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o'tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman ta’n olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi. U 1370-yil, iyul oyida Samarqandda qurultoy o’tkaziladi unda barcha turk-mo'g'ul qabila boshliqlari, amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e'lon qilindi. Samar­qandda mustahkam devorlar, qal'alar hamda saroylar barpo etiladi. Amir Temur sharqiy hududlarni mo'g'ullar ta'siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, Mo'g'uliston xonlariga zarba berib, Farg'ona vodiysi hududlarini, O'tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o'z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimi­yatini ta’n olib, unga bo'ysundilar. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Shundan so'ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo'ysundi va uning tasarrufiga o'tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi. Amir Temur butun Xorazmni Chig'atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o'z davlatiga qo'shib olish siyosatini tutdi. Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo'ysundirildi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling