1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Amir Tеmur vafotidan so’ng toju – taxt uchun kurashlar


Download 0.72 Mb.
bet36/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

33. Amir Tеmur vafotidan so’ng toju – taxt uchun kurashlar. Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O'tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o'n yillar davomidagi sa'y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho'zilgan bo'lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolifotchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o'tqizish tarafdorlari kuchli bo'lsada, biroq Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo o'zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi. Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a'yon va kiborlaridan ma'lum qismini o'z tarafiga og'dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo'lsada, ammo ko'p vaqt o'tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo'lib Turkiston hamda Farg'onaning hokimi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko'taradilar. Hatto Xalil Sultonning ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z hokimiyatini o'rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko'taradi. O'z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pir­muhammad Amudaryodan kechib o'tib, Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadiPirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo'lida halok bo'ladi. 1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo'yunli turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qo'lidan ketadi.1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan Shohrux endilikda butun e'tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amu­daryodan o'tib, Samarqand sari yurish qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o'zaro kurash va isyonlar xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo'lgan edi. Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko'pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo'yilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z hukmronligini o'rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatishga muvaffaq bo'ladi. Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo'li ostida saqlanib qolsada, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo'lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo'lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida Ulug'bek boshchiligidagi davlat bo'lib, Samarqand uning poytaxti edi. Vazirlarning barchasi har kuni devonxonada bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan. Ularga yuklatilgan vazifalar aniq belgilangan edi. Chunonchi, birinchisi mamlakat va raiyat (soliq) vaziri bo‘lib, bu mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, obodonlashtirish, mehnatkash omma farovonligi bilan shug‘ullanardi. Ikkinchisi sipoh vaziri bo‘lib, unga sipohlarning maoshlari, ularning tarqoq holga tushib qolmasliklari uchun doimo sipoh ahvolidan xabar olib turish vazifasi yuklatilgandi. Vazirlardan uchinchisi-egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlar mol-mulkidan olinayotgan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularga taalluqli bo‘lgan o‘tloq va yaylovlarni boshqarib, bularning hammasidan yig‘ilgan daromadlarni omonat saqlash majburiyatini bajarardi. Shuningdek, bu vazir bedarak yo‘qolganlar va o‘lganlarning mol-mulki bo‘lsa, ularni merosxo‘rlariga topshirgan. Nihoyat to‘rtinchisi, saltanat ishlarini yuritish, u hamma saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinadigan xarajatlar ustidan ogoh bo‘lgan. Sohibqiron fath etilgan mamlakatlarga oid masalalar, moliyaviy ishlar bo‘yicha davlat hay’atini tuzdi. Amir Temur o‘zining davlat apparatida arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi sipoh, raiyat va arz-dod qilib sohibqiron huzuriga keluvchilarning ahvoli, mamlakatning obod-xarobligi, muhim ishlardan qaysi biri bitmaganligi xususida axborot berib turgan. Shuningdek, mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, oqsoqol lavozimlari ham o‘sha davrda joriy qilingan. Bularning bir-biri bilan bog‘liqligi, bir-biriga bo‘ysunishi, ularga yuklatilgan vazifalar bajarilishining shartligi, ularga to‘lanadigan maosh, bu lavozimlarga rahbarlar tayinlash borasida “Temur tuzuklari”da maroqli, hozirgi davr uchun ham ibratli fikrlar yozib qoldirilgan.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling