33
Chuchmomadoshlar oilasi —Ixioliriacea.
Bu oila vakillari serbarg. Gullari ko'p yillik piyozli o't o'simliklardan iborat.
Poyasi alsha rangli, voronkasimon. Shingilsimon to'pgul hosil qiladi. Gulqo'rg'on
bargchalari 6 ta, changchisi 6 ta.
Tugunchasi uch uyali, urug'kurtaklari ko'p. Bu
oila bir turkum — Ixiolirion va 4—5 turdan iborat. Ular Falastin va Eron-Turon
hududlarida tarqalgan. O'rta Osiyoda ham bir turkum (Ixiolirion) va 3 turi
uchraydi, O'zbekistonda esa shu turkumdan ikki turi o'sadi.
Tatar chuchmomasi — Ixiolirion tataricum. Ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi tuksiz,
silliq, bo'yi 15-80 sm.
Barglari ingichka, qalami, eni 2—10 mm. Gulqo'rg'oni
qo'ng'iroqsimon, shingilsimon to'pgulda o'rnashgan, binafsha rangli, gulqo'rg'oni 6
bargchali, changchisi 6 ta. Mevasi ko'sakcha. Aprel-may oylarida gullab, may-
iyunda urug' bcradi. Bog'larda,
dalalarda ekinlar orasida, adir va tog'ning pastki
qismlarida uchraydi.
2.2.7-rasm. Chuchmoma-Ixiolirion.