1. O'zbekiston Respublikasiniing asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili
Ozbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari tahlili
Download 90.72 Kb.
|
statistika referat3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2010- 2020 yillarda Ozbekiston milliy valyutasi somning AQSh dolariga nisbatan almashuv kursi dinamikasi
- O’zbekiston Respublikasida 2010 -2020-yillarda yalpi ichki mahsulot ( YaIM ) va deflyator dinamikasi
- 3- jadval 3
- O’zbekistonning 2010-2021-yillardagi eksport-import operatsiyalari dinamikasi
1.Ozbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari tahlili.
1-jadval Ozbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda joylashgan bolib, uning hududi 448,978 km2 ni tashkil qiladi. Ozbekiston hududining kattaligi jihatdan dunyoda 56-orinda turadi. Bugungi kunda mamlakat aholisi 35,8 mln kishini tashkil qiladi. Aholining zichligi 78,6 kishi/km2 . Ozbekiston yer resurslarining asosiy tarkibi haydaladigan yerlar, yaylovlar va ormonlardan iborat. Ozbekistonning milliy valyutasi som bolib, davlat tili ozbek tili. Aholining 74,3%i ozbek tilida, 14,2%i rus tilida, 4,4%i tojik tilida va 7,1%i boshqa tillarda gapiradi. Jadval malumotlaridan korishimiz mumkinki, mamlakatimiz asosiy chegarasi Qozogiston Respublikasiga togri keladi. Mamlakat iqlimi keskin kontinental (tez isib, tez sovuchan). Umumiy chegarasi 7 089 km ni tashkil qiladi. 2010- 2020 yillarda Ozbekiston milliy valyutasi somning AQSh dolariga nisbatan almashuv kursi dinamikasi
Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bank ma’lumotlari asosida tuzilgan 2 - jadvalda mamlakatimiz milliy valyutasi so’mning AQSh dollariga nisbati keltirilgan bo’lib, unga ko’ra milliy valyuta 2010-2020-yillar oralig`ida devalivatsiya 6,3 barobarni tashkil qildi. 2020 yilning birinchi yarmida pandemiya ta’sirida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining keskin devalvatsiyasi natijasida devalvatsion kutilmalarning o‘sishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kabi omillar ta’sirida milliy valyuta 7,2 foizga qadrsizlangan. Yilning ikkinchi yarmida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror dinamika kuzatilib, 2,7 foizga qadrsizlangan. O’zbekiston Respublikasida 2010-2020-yillarda yalpi ichki mahsulot (YaIM) va deflyator dinamikasi
3- jadvlda O’zbekistonning yalpi ichki mahsulot (YaIM) va YaIM deflyatori dinamikasi keltirilgan bo’lib, 2010–2017 yillar oralig’ida o’zidan avvalgi yilga nisbatan YaIM ning kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Ammo 2018-yildan boshlab esa YaIM ning o’sa boshlaganini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab qilib yurtimizda yangi strategiyalarni yo’lga qo’yilishi va tadbirkorlikka e’tibor kuchayganligini keltirishimiz mumkin. 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan. Unga ko‘ra, mahsulotlarning qiymati 341,5 trln so‘m, xizmatlar esa 194,4 trln so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trln so‘mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIMning hajmi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019 yilgiga qaraganda 0,3 foizga balandroq. O’zbekistonning 2010-2021-yillardagi eksport-import operatsiyalari dinamikasi
Manba: knoema.com 4-jadvalda mamlakatimizning 2010-2021-yillardagi eksport-import operatsiyalari dinamikasi keltirilgan bo’lib, unga ushbu davrda tashqi iqtisodiy savdo balansi (eksport – import) ijobiy sal/doga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, eksport – importning YaIM dagi ulushlari 2012-yildan boshlab pasayib so’ng 2017-yildan boshlab ko’tarilih tendensiyasiga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimizda inflatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qo’llanilganidek, iste’mol narxlari indeksi (INI) ni hisoblashda iste’mol savatchasiga kiritilgan 305 ta Tovar va xizmatlar narxlarining o’zgarishi asos qilib olinmoqda. Shuningdek, INI va shu kabi ko’rsatkichlarni hisoblashda va prognoz qilishda qisa va uzoq muddatli indekslardan foydalaniladi. Indekslarning o’rtacha oylik darajasini hisoblash hodisaning umumiy o’zgarishini baholash uchun yetarli bo’lmaydi, buning uchun albatta o’rtacha oylik indekslardan kelib chiqib oldingi yil dekabriga , oldingi yil mos davriga , oldingi chorakka , o’tgan yilning mos choragiga nisbatan narxlar indeksini hisoblash zarurati yuzaga keladi. Qisqa muddatli ya’ni oldingi oyga nisbatan o’zgarishini STR ko’rsatkichi ifodalasa, uzoqroq muddatlarda narxlarning o’zgarishi LTR ko’rsatkichining turli shakllarni hisoblash orqali aniqlanadi.Quyidagi 6-jadvalda 2010-2020-yillar mobaynida mamlakatimizda kuzatilgan qisqa muddatli (STR) Iste’mol narxlari indeksi ko’rsatkichlari keltirilgan. Download 90.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling