eshittirish olib borayotgan mamlakatlarda ichki tartibsizliklarni keltirib
chiqarish uchun tashkil qilingan” degan edi.Radiostansiya dastlabki yillarda
Markaziy razvedka boshqarmasi, 1972 yildan esa AQSh Kongressi tomonidan
moliyalashtiriladi.1953 yilda radio o`zbek tilida, 1960 yildan qoraqalpoq
tilida ham eshittirish berib kelmoqda. Yuqoridagilar radioning axborot urushi
olib borish bo`yicha uzoq yillik tajribaga ega ekanligini ko`rsatadi.Ma`lumotlarga
ko`ra, AQShning Smit-Mund qonuniga muvofiq “Ozodlik” radiosiga amerika
fuqarolari uchun eshittirishlar olib borish taqiqlangan. Mutaxassislar buni
AQSh hukumatining mamlakat fuqarolarini o`zining tashviqotlaridan asrash uchun
qilingan, deb baholashadi.Faoliyatining salbiy jihatlarini hisobga olib bir qator
davlatlarda, jumladan Belorussiya, Eron, Tojikiston, Turkmaniston davlatlarida bu
radiostansiyaning eshittirishlari taqiqlangan. Bunga qaramasdan radio o`z
dasturlari, eshittirishilarini turli yo`llar, xususan internet orqali bu mintqalarga
etkazishga harakat qilmoqda.
82. Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media zamondagi o‘rni
Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy
tarmoqlarga uyali telefon
orqali suratlar yuboradi
, turli yangiliklarga munosabat
bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish
vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn
tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global
tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar
bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ
madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan
voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa
davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta
Do'stlaringiz bilan baham: |