1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
media
Matbuot erkinligi -
soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbu-otning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligiga demokratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi. "Erkinlik" soʻzining tub maʼnosi har qanday toʻsiq, monelik va shahri k.dan xoli boʻlish, mustaqillik, ozodlik degan maʼnoni beradi. Ammo aslida erkinlik — anglangan 107 zaruriyatdir: inson oʻz oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin boʻladi, erkin fikrlay oladi. Matbuot erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega, yaʼni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga javob beruvchi matbu-otgina erkin matbuotdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh masalalarini chukur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir. Matbuot erkinligining 3 asosi mavjud: ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy. Matbuot erkinligining ijtimoiysiyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlikda, qanday tuzumda faoliyat koʻrsatishi, qaysi ijtimoiy ongning koʻrinishi ekanligi, qaysi mafkura va gʻoyalarga xizmat qilishidan kelib chiqadi. Matbuot erkinligining mazkur bosh asosi uning huquqiy imkoniyatlari bilan ifodalanadi: har bir jamiyat, har bir tuzum Matbuot erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini maʼlum qonunlar, koʻrsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qoʻyadi. Matbuot erkinligining iqtisodiy asosi esa matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi mablagʻlar evaziga chikarilishi bilan bogʻliq, yaʼni matbuot kimning mablagʻi evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, oʻsha uchun erkin boʻladi. Matbuot erkinligi ning maʼnaviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyoqarashi, eʼtiqodi bilan bogʻliq. Yuksak maʼnaviyatli, chukur eʼtiqodli, insoniyat, jamiyat oldidagi oʻz masʼuliyatini chuqur anglab olgan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi jurnalist doimo erkin boʻladi. Aksincha, qoloq, qotib qolgan tushunchalar, aqidalar asosida va boshqa maqsadlar yoʻlida xizmat qiluvchi jurnalist hech qachon ruhan erkin boʻla olmaydi. 94. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati.Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling