1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
media

Televideniye (
grekcha

τήλε — uzoq va 
lotincha
: video — 
koʻraman) — 
harakatlanayotgan 
tasvir 
va 
tovushni 
masofadan uzatish tizimi. Televideniyening 
ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga 
boʻlib uzatishga asoslangan. Kadrlar 
almashinishi 
chastotasi 
tasvir 
oʻzgarishi tezligiga qarab tanlanadi.


112 
Televideniye, fan, 
texnika 
va madaniyatning 
koʻrinadigan axborotlar 
(harakatlanuvchi
tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan 
bogʻliq sohasi; 
axborotlarni 
tarqatish vositalaridan biri. 
Insoniyat 
oʻzi yashab 
turgan
joydan uzokdagi narsalar va voqealarni 
koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib 
kelgan. Bu istak 
koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan.
Masalan, 
Alisher Navoiy 
"Farhod va Shirin" 
dostonida 
bu istakni badiiy shaklda 
aks
ettirgan (
xitoylik 
Farhod arman qizi Shirinning jamolini 
koʻzguda koʻrib oshiq 
boʻlib
qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli 
koʻzgu" ("oynai jahon")
ga
aylangan 
XX asrda 
roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket 
uzatish (
XIX asr 
oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus 
olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. XX asrning 
30-
yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan 
foydalanilgan (ularni ishlab chiqishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 
1884- 
yildan 
boshlab bergan). 30-yillar 
oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron 
televideniye
tizimi 
paydo 
boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi
oxirgi
boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini
hisobga
olib qurilgan, 
yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda
kolbachalar
va tayoqchalar 
oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obyektiv orqali biror 
obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning 
alohida elementlaridan kelayotgan 
yorugʻlik intensivligiga monand 
elektr 
signallari 
olinadi.
99.Yangi Òzbekistonda fuqarolarning faollashuvida media va 
axbarotni ahamiyati. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish 
boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi 
Farmonida nazarda tutilgan mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, 
jahon media makonini respublikamiz haqidagi xolis 
maʼlumotlar bilan 
taʼminlashga
eʼtibor qaratilganligi soha ekspertlari, tegishli tashkilotlar, ommaviy axborot 
vositalari
oldiga muhim vazifalarni 
qoʻyadi. Bu borada yechimini kutayotgan masalalarni hal 
etishda xorijiy mamlakatlarning eng 
ilgʻor tajribalaridan foydalanish, mavjud ichki


113 
imkoniyatlarni birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakat imijini yuksaltirish zamonaviy PR (ing. public relations – jamoatchilik 
bilan
aloqalarning eng yangi va istiqbolli 
yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
U respublikaning siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yanada taraqqiy 
etishiga
bevosita 
taʼsir oʻtkazadi. Shu sababdan ham mazkur yoʻnalishda ilmiy izlanishlar
olib
borish, imijga tegishli instrumentlarni har tomonlama tahlilga tortish 
oʻziga xos
ahamiyatga egadir.
Soʻz yuritilayotgan masala koʻp tarmoqli boʻlib, u jumladan sotsiologiya, 
iqtisodiyot,
siyosatshunoslik, falsafa, tilshunoslik, xususan kognitiv tilshunoslik kabi fan 
sohalarining kesishmasida vujudga keladi va u turli aspektlarda 
oʻrganilishi 
mumkin.
Oʻz oʻrnida mamlakat imiji, obraz, hudud haqida kishilar ongida shakllanadigan 
tasavvur bilan 
bogʻliq boʻlganligi sababli tadqiqotimizda kognitivlikning oʻrniga 
alohida 
eʼtibor qaratilmoqda. Chunki bu hodisa ommaviy kommunikatsiya 
vositalarining asosiy quroli 
boʻlgan til imkoniyatlari va undan foydalanish orqali 
yaqqol namoyon 
boʻladi.
Olimlarning 
eʼtiroficha, kognitiv tilshunoslik bu jihatdan psixolingvistika, 
antropolingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika kabi turli kichik tarmoqlarga 
boʻlinadi.
Biz ushbu tadqiqot doirasida mamlakat imijini shakllantirish va rivojlantirishda 
jurnalistikaning 
oʻrni, OAV tilining omma (auditoriya) ongiga kognitiv jihatdan 
taʼsirini
oʻrganamiz.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling