1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
media

Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari 
oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan
odamlar
oʻrtasida 
muloqot qilish
, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, 
shuningdek,
koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn
platforma.
95.Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’sir muammolari. 
Unda innovatsion rivojlanish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirliklari, UNISEF, INXA universiteti, Yoshlar muammolarini 


108 
oʻrganish 
va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, 
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, 
Axborot 
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari ishtirok etdi. 
Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari 
qoʻmitasi 
raisining 
oʻrinbosari D.Toshmuhamedova olib bordi. U oʻz chiqishida ijtimoiy 
tarmoqlar 
insonlar hayotiga chuqur kirib borib, yoshlarning 
maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga 
ham 
ijobiy, ham salbiy 
taʼsir koʻrsatayotganini qayd etdi. 
Xususan, 
koʻpchilik yoshlar vakillari uchun real hayotdan koʻra Internetda 
muloqot 
qilish qulayroq. Bu shaxsning jamiyatdagi 
oʻz oʻrnini topishida salbiy iz qoldiradi, 
uni 
yanada cheklaydi. 
Xususan, 
koʻpchilik yoshlar vakillari uchun real hayotdan koʻra Internetda 
muloqot 
qilish qulayroq. Bu shaxsning jamiyatdagi 
oʻz oʻrnini topishida salbiy iz qoldiradi, 
uni 
yanada cheklaydi. Vorkshop ishida INXA universitetining (Janubiy Koreya) 
xorijlik 
professor-
oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti 
aʼzolari 
onlayn ishtirok etdi. 
Ijtimoiy tarmoqlarning hamma uchun qulayligi, tezda axborot almashish 
mumkinligi, 
ijtimoiy tarmoqlar orqali 
oʻz dunyoqarashini namoyon qilishning eng qulay usuli 
sifatida 
foydalanuvchi yoshlar orasida uning juda mashhurligi tufayli hozirgi kunda 
ijtimoiy 
tarmoqlarning 
taʼsiri juda yuqori ekani taʼkidlandi. 
Vorkshop ishtirokchilari hozirgi zamon yoshlarining ijtimoiy tarmoqlardan 
samarali 
foydalanishi, kibersotsiallashuv tahdidi, Internetning 
taʼsiri va boshqa masalalarni 
muhokama qildi. 
Koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi, deb xabar beradi 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati. 
96.Axbarot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. 
O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy 
institutga
aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan 
bamisoli


109 
bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev
2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni 
munosabati
bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, 
odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi 
chinakam
muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z 
oldimizga
qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz”
1
.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati 
va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida (1-ilova)
Axborot
xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi 
davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-qarorida (2-ilova) davlat va 
xo‘jalik
boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul 
qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi 
hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot 
vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot 
xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi
qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi. 
Demak, yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari axborot xizmatlarining huquqiy asosi 
hisoblanadi.
Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va 
ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari 
universiteti
Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika 
bo‘limida “Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta’lim 
muassasalariga
2019-2020 o‘quv yilidan e’tiboran Axborot xizmatlari yo‘nalishida ham 
abituriyentlar
qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan


110 
fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.
Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va 
amaliyotini,
Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda respublika 
yetakchi
tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa idoralarning Axborot 
xizmatlarida
mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. Respublikamizdagi qator tashkilotlarning 
Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur o‘quv dargohidan yetishib chiqqan 
kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
97.Virtual olam va manipulatsiya.Kompyuter òyinlarining ruhiy va 
jismoniy xatarlari. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling