1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
media
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bu (radio) psixologik urush xizmati. Bizning tashkilot biz
Zo‘ravonlik va media.Mediakontent yuzaga keltiradigan hissiyotlar o‘z tabiatiga
ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ammo bu ma’noda ta’siri darajasi borasida individuallashgan zo‘ravonlik mavzusi alohida o‘rin tutadi. Masalan, militsiya haqidagi seriallar,kriminal lavhalar, qonli sahna va detektivlarning muttasil namoyish etilishitajovuzkorlikni yuzaga keltirishi, eng yomoni, auditoriyada zo‘ravonlikkamoyillik hissini shakllantirishi mumkin. SHuning uchun ham yosh jurnalistlardan shaxsiy mediakontentni yaratish jarayonida uning auditoriyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini oldindan ko‘ra bilishi talab etiladi. Medialar o‘z-o‘zidan tajovuzkor xatti-harakatni shakllantirmaydi. Muammo voqelikni bir yoqlama talqin etilishida hamda yoshlarning bunga parallel ravishda virtual urush o‘yinlari, qirg‘inbarotga asoslangan ko‘ngilxushliklar, blokbasterlar, reklamalar va h.k.larga berilib ketishida namoyon bo‘ladi. Sanab o‘tganlarimiz yoshlarda zo‘ravonlik va tajovuzkor xatti-harakatlarning yuzaga kelishini kuchaytiradi. Sababi ular bu kabi mediamatnlar ta’siri ostida mojaroli vaziyatlarga echim topishning yagona to‘g‘ri yo‘li va vositasi zo‘ravonlik degan xulosaga keladi.SHu bois, masalan, fojeali voqea yoki davlatlar o‘rtasidagi nizolarga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlayotgan jurnalistlar o‘rta yo‘lni tanlab, ushbu voqealardan jabr ko‘rganlarning holatini ham, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga urinayotganlarning intilishini ham ko‘rsatib berishi lozim bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni 65 qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar , aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas. Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish , eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir. N. Komilov ta’kidlaganidek: «Odam qanchalik nodon bo‘lsa, u xurofotga, so‘zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo‘ladi, rasm-rusumga, aqidalarga shuncha beriluvchan bo‘ladi. Va, aksincha, odamning ma’rifati, bilimi oshgan sari, u ...mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori ko‘tarilaveradi...». Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada amalga oshiriladi. Farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan , farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Internet-bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Internet-bizlar uchun juda ham еngilliklar va qulayliklarga egadir. Uzog‘imizni bizga yaqin qiladi va 66 o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni internet orqali izlab topmoqdamiz. Internetdan qanday foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning o‘ziga yarasha foydasi bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor. Hozirda internetdan hammaham yaxshi maqsadda foydalanmayapti. Internetdagi vertual video o‘yinlar yoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyati. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga futur еtkazyapti. Bu vertual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar bor. Bunga misol qilib Koreyada va Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib o‘tishlikni joiz,-deb topdik. Janubiy Koreyada harbiy-strategii o‘yinlar kuliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uch kecha-kunduz davomida o‘yinxonadan chiqmagan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobis hamkasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani otsibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin bandasi”ni juda oson topishdi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli darhol uyga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu bos’hichini oxiriga еtkazib ko‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Birok, bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan vafot etadi. Tashxisga ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi bois yuzaga kelgan. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa pul ayamay sarflanadi. Masalan, “Rgojest Yentropia ” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSh dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda , kompyuter ekranidagina, xolos. Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqat- sizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “STA”, “Snayper” va “Qotil” kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalikhaqiqiy qotilga aylanishgani fikrimiz dalilidir. —2002 yili amerikalik Shon Villi ismli 21 yoshli yigit o‘zini o‘zi peshonasidan 67 80. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar Axborotning shaxs va jamiyatga yo‘naltirilganligi. Etnik, milliy, va mintaqaviy muammolarga yo‘naltirilgan psixologik, diniy va madaniy taxdidlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar. Axborot tizimida “falsifikatsiya m еtodi” (fеyk)dan foydalanish. Axborot manbalaridan foydalanishda shaxs madaniyatini takomili. Ko‘pmillatli jamiyatda tol еrantlik, bag‘rikеnglik g‘oyalariga tajovuz va taxdidlar. Hozirgi dunyoda t еrrorizm, ekstrеmizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash. Axborot almashinuvining r еgulyativ funkцiyasi, xavf-xatar va tahdidlar. Axborot almashinuvida mikro , m еzo, makro darajalari. Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka taxdid soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot xurujlarini bartaraf etishning zamonaviy m еxanizm va tеxnologiyalari. Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning , ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Bu o‘rinda fanda bevosita xavfsizlik tushunchasiga yaqin ishlatiladigan bir qator tushunchalarga izoh berish joizdir. Ijtimoiy xavfsizlik – jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni ta’minlash organlari , davlat muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish bilan bog‘liq vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bunda ayrim-alohida tabaqa yoki aholi qatlamining manfaatlari , ya’ni, ularning yaxshi yashashlari, uzoq umr ko‘rishlari, bir xududdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishiga aloqador xavfsizlik nazarda tutilmaydi. Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi. Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda otib o‘ldirdi. Aniqlanishicha, u “EverQuest” nomli kompyuter o‘yiniga mukkasidan ketgan ekan. Uning o‘sha o‘yinda yutqazib, yig‘gan ballari va mukofotlaridan ajralganiga chidayolmay, o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. —2004 yili Buyuk Britaniyada 17 yoshli Uorren Leblan 14 yoshli Stefan Pakirning joniga qasd qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi “MapNipS kompyuter o‘yini ta’siriga tushib qolganini aytadi. Bu hikoyalarning barchasining tub zamirida bizlar uchun hikmat bordir. Bularning barchasidan ibratlanishimiz kerak. Internetdan ham yaxshi tomonlama foydalanishimiz kerak. Chunki, har birimiz Qiyomat kunida qilib o‘tgan yaxshi-yu yomon ishlarimizdan so‘ralurmiz. Yaxshilik ham yomonlik ham o‘zimizning qo‘limizda. 68 avvalo ekologik, harbiy, radiatsion , epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi. Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va kafolatlariga aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini olish va ularnii vaqtida bartaraf etish , kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni nazarda tutadi. Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy xududlar , barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o‘ziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo bo‘ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak.. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo‘layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski , har doim ham shunday bo‘lavermaydi va jamiyat o‘z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo‘ladi. ng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al- Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi. Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish , tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir 69 tomondan millatlararo nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga intilishmoqda. (Bu borada «Turkiston islom harakati», «Hizbut tahrir» singari diniy-ekstremistik partiyalar ig‘vogarlikni avj oldirishmokda). Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti- harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi. Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan. O’nlik sanoq sistemasini, algebra fanini arab olimlari yaratgan, deyilgan-u, ammo al-Xorazmiy va al-Farg‘oniy nomlari tilga olinmagan. Go`yoki Islom tarixida Markaziy Osiyoning hech qanday o’rni yo’qday. Vaholanki, islom dini va ta’limoti taraqqiyotini Markaziy Osiyoda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosisiz tasavvur etish mumkin emas (kalom ta’limotida - Imom al-Motrudiy, Abu Lays Samarqanday; tasavvuf ta’limotida - Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband; hadisshunoslikda - Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy; fiqh ilmida - Burhoniddin Marg‘inoniy, Hakim Termiziy va boshqalar alohida mavqega egadir). Bir qator tahdidlar xalqimizning diniy qadriyatlariga , muqaddas Islom dinining qadr- 70 qimmatini pasaytirishga yo’naltirilgandir. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo respublikalarida prozelitizm kasalligi, ya’ni mahalliy dindorlarning boshqa dinlarga o’tib ketish hodisasi paydo bo’ldi. Bu hodisaning ildizida bir tomondan aholining ayrim dindor qatlamlarida diniy e’tiqodning yuzakiligi, diniy bi- limlarning sayozligi va iqtisodiy etishmovchiliklar sababchi bo’lsa, ikkinchi muhim omil bo’lib Respublikamizda har xil dinlarga mansub missionerlarning ochiq va yashirin faoliyatlari sabab bo’lib keladi. Bunday tahdidlarga zarba berish uchun ilm-ma’rifatni yanada yuksaltirish, raqiblarning asossiz da’volarini puchga chiqaruvchi asarlar yozish, xalqning diniy va dunyoviy ma’lumotini takomillashtirish zarur bo’ladi. Prezidentimiz, «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» deganida aynan shu yo’lni nazarda tutgan. Xalqning ko’pchiligida diniy tasavvurlar sayozligidan foydalangan turli mafkuraviy markazlar Islom dinini bir yoqlama aqidalashtirishga yoki uni o’ta radikallashtirish maqsadida uni mutaassiblashtirib tasvirlovchi adabiyotlar tarqatishga zo’r berish-moqda. Bunday taxdidlardan himoyalanishda xalqning an’anaviy islomiy qadriyatlariga tayanib ish ko’rish maqsadga muvofikdir. Bunday qadriyatlar insoniy, ya’ni gumanistik mohiyatga ega bo’lib, xalq ongida asrlar davomida saqlanib kelmokda. Ular Islom dinini aqidalashish va radikallashishdan asraydi hamda insof va adolat, iymon va e’tiqod, nomus va oriyat, sharm va hayo, saxovat va muruvvat, sadoqat va diyonat, ilm va ma’rifat, soflik va to’g‘rilikmi qadrlash, halollikka intilish va haromdan jikanish kabi insoniy tuyg‘ulardan iborat bo’lib, bu tuyg‘ular inson kamolotida muhim o’rin egallab kelgan. Taxdidlarning yana bir- yo’nalishi xalqning tarixiy xotirasini buzishga qaratilgandir. Buning uchun ayrim mafkuraviy markazlar rus va o’zbek tillarida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini buzib ko’rsatuvchi kitob va darsliklar nashr etib, Respublikamizda arzon narxda yoki tekinga tarqatishga intilishadi. Mafkuraviy tahdidlarning bosh maqsadi mustaqil davlat fuqarolarini o’z qadriyatlaridan begonalashtirib, turli «yaltiroq» g‘ilofparga o’ralgan begona mafkuraviy ideallarni ularning qalbiga singdirishdan iboratdir. Bu hodisa axborot xavfsizligi bilan, axborot xurujlari bilan ham chambarchas bog‘langandir. Bu haqda mutuxassislar «axborot neokolonializmi» (D.Frolov), «informastion fashizm» (K. Byord), «axborot urushi» (G. Pochepstov) degan atamalarni ishlatishadi. Axborot xurujlari avj olayotgan globallashuv sharoitida o’zligimizni saqlab qolish, o’z qadriyatlarimizga sadoqatni tarbiyalash biroz mushkullashib boradi. Bu esa o’z navbatida bizning kddriyatlarimizdan begonalashuvimizga olib keladi. Bu ma’naviy taxdidning o’zidir. Bunday sharoitda sog‘lom ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Prezidentimiz I.Karimov shunday sharoitni nazarda tutib, «...odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora , goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimaqol»-deb yozadi. Ma’naviy tarbiyada unga qanday shaklda yondashishning ahamiyati juda katta. Masalan, 71 o’qituvchining o’z o’quvchilarini boshqa tillarni o’rganishga rag‘batlantirish maqsadida «Siz ingliz yoki rus tilini puxta egallab olmasangiz - mahallangizdan (yoki qishlog‘ingizdan) chetga chiqa olmaysiz!» - degan da’vati ham mafkuraviy immunitetni «sindirishi (buzishi)» mumkin. Bunday gap, ya’ni uni eshitgan o’quvchida, «demak, mening ona tilim hech narsaga arzimas ekanda»,- degan nigilistik kayfiyatni uyg‘otadi. Ikkinchidan, tilga bunday munosabat, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini erga urish shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’qituvchining yuqoridagi sovuq gapi o’rniga «Sen ona tiling bilan bir qatorda rus, ingliz tillarini ham chuqur egallab olsang, yurtingning qadriyatlarini butun dunyoga yoyishing mumkin!» - degan da’vati esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirgan bo’lar edi. Milliy qadriyatlarni targ‘ib etishni «millatchilik» deb baholovchilar hozirgi paytda ham topiladi. Chunki, sobiq Ittifok, davrida milliy qadriyatlar haqidagi har qanday gap «millatchilik» deb qoralanar edi. Afsuski, bunday baholash me’zoni ayrim kishilar ongida hamon saqlanib qolmokda. Bu holat ko’pincha milliy ma’naviyat taraqqiyotiga g‘ov bo’lmoqda. Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir. Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir. 81. Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar 72 Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, internet orqali tarkatiladigan kompyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maksad hisoblanadi. Turli jangovar, mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ba’zan qahramonlik vahshiylikka o‘tib ketadigan bu kabi o‘yinlar farzandlarimiz axloqiy-estetik tarbiyasiga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata oladi, deya olmaymiz. Bir qarashda ular oddiy o‘yindek ko‘ringani bilan zo‘ravonlik g‘oyalari, yovuzlik kayfiyatini uyg‘otishi juda ko‘p salbiy okibatlarga olib kelgani xususida hayotiy misollar ko‘p. 73 Yoshlar ongiga kuchli ta’sir etuvchi axborotlar, yot g‘oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g‘oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni, g‘arb hayot tarziga xos, o‘zbek mentalitetiga zid odatlar va ko‘nikmalarni targ‘ib etadigan, g‘arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ‘ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.Albatta, mamlakatimizda bu kabi salbiy omillarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada kuchli mexanizmga ega qonunchilik bazasi mavjud. Prezidentimizning 2021 yil 26 martda qabul qilgan «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan jamiyatda sog‘lom dunyoqarash, oila, ta’lim tashkilotlari, mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, internetdan foydalanish madaniyatini oshirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.Milliy manfaatlarimizga rahna solishga, ma’naviyatimizga tajovuz qilishga, tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g‘arazli kuchlarga qarshi doim ogoh turishimiz kerak. Shundagina bizni hech kim, hech narsa tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi. Axborot xurujiga berilgan turlicha ta`riflar mavjud.Rossiyalik ayrim mutaxassislarning fikricha axborot xurujibu - raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operasiyalar majmuasidir [1] .Mamalakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o`rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.Shuni ta`kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta`sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma`lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir.XXI asrda axborot urushinig o`ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko`paygani, takomillashganida ko`rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta`sir etsa axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta`sir qilishini ta`kidlashadi.Axborot urushiga yaqqol misol sifatida “Sovuq urush” davrida ikkita blok o`rtasida kechgan kurashni keltirish mumkin. O`sha davrda faol axborot va psixologik urush olib borish uchun bir qator OAVlar (“Ozodlik”, “Amerika ovozi”, “Nemis to`lqini”, BBC radiostansiyalari va h.k.) tashkil etiladi yoki bu jarayonga jalb etiladi. 74 Misol uchun “Ozodlik” radiosi haqida internetda vikipediyada keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra radio dastlab “Ozod Evropa/”Ozodlik” radiosi nomi bilan sosialistik davlatlarga qarshi kurash uchun AQSh Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko`p sonli tuzilmalardan biri bo`lgan. 1951 yilda tashkilot siyosiy maslahatchisi O. Djekson radiostansiya xodimlariga qarata “Bu (radio) psixologik urush xizmati. Bizning tashkilot biz Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling