1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар

madaniyati fanda O’rta Osiyoda to’rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan. 

Ushbu  makonlarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalari  shuni  ko’rsatadiki,  neolit  davriga  kelib, 

mezolitning so’nggi bosqichlarida kashf etilgan tosh boltalar ancha keng tarqaladi. Parrakchalar, nayza va 

kamon o’qlarining uchlari, pichoqlar, teshgichlar, parmalar, qirg’ichlar, yorma toshlar, o’roq va boshqa 

qurollar  takomillashadi.  Eng  qadimgi  davrning  dastlabki  davrida  qo’lga  kiritilgan  barcha  yutuqlar  bu 

davrga kelib yakunlanadi. Neolit davri odamlari o’zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvchanlik qobiliyati, 

ibtidoiy bilimlarini safarbar qilib, xo’jalikning ilg’or, unumdor shaklini - dehqonchilik va chorvachilikni 

kashf etdilar. Geografik muhit va shart-sharoitning turli tumanligi bu davr qabilalarida mehnat qurollari, 

uy-ro’zg’or  buyumlari,  turar-joylar  va  xo’jaliklarning  turlicha  bo’lishiga  olib  keldi.  Xususan,  O’rta 

Osiyoning janubidagi neolit davri-qabilalari xo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik 

shakllarini rivojlantirgan bo’lsa, shimoldagi qabilalar esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vaqt 

rivojlanishdan orqada qolgan. 

Neolit  davrida  qadimgi  ajdodlarimiz  loydan  idishlar  yasab  ularni  olovda  pishirish  yo’li  bilan 

kulolchilikka asos soldilar. SHuningdek, ip yigirish asosida to’qimachilikni kashf etdilar. Odamlar yog’och 

va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o’zlashtirdilar. Xullas, neolit davri yutuqlarga 

boy bo’lib, o’zidan ilgarigi davrlarga nisbatan yuksak rivojlanish davri bo’ldi. 



Eneolit(mis-tosh) davri tosh va bronza davri o’rtasidagi davr bo’lib, bu davr qurollari sof misdan 

yasalganligi ma’lum. O’rat Osiyoda eneolit (mis-tosh) davri nisbiy tarzda mil.avv. IV ming yillikning oxiri 

-  III  ming  yillikning  boshlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu  davrning  eng  asosiy  xususiyatlari  quyidagilarda 

namoyon bo’lgan: 




1. Yerni haydab dehqonchilik qilish ancha rivojlangan edi. 

2. Mis qurollar paydo bo’ldi. 

3. Katta-katta jamoalarning paxsa xom g’ishtdan tiklangan katta-katta uylar paydo bo’ldi. 

4. Kulolchilikda xumdonlardan foydalana boshlandi. 

5. Rangdor sopol idishlar paydo bo’ldi va hakozo. 

Bu davrga oid O’rta Osiyodagi muhim yodgorliklar quyidagilar: Janubiy Turkmanistondagi Anov va 

Nomozgohtepa makoni va boshqalar. 


Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling