1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Ikkinchi  rejada  quyidagi  masalalar  yoritiladi


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар

Ikkinchi  rejada  quyidagi  masalalar  yoritiladi.  Ibtidoiy  jamiyat-ibtidoiy  odamlarning  paydo 

bo’lishidan  to  davlat  yuzaga  kelgunga  qadar  bo’lgan  davrdir.  Ibtidoiy  jamiyat  poleolit,  mezolit,  neolit, 

eneolit va bronza davrlariga bo’lib o’rganiladi. Mazkur davrlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular 

quyidagilardir: 



Poleolit  davri  –bu  davr  «Qadimgi  tosh  davri»  deb  ham  yuritiladi.  Poleolit  davri  uch  bosqichdan 

iborat: Ilk poleolit, o’rta poleolit va so’ngi poleolit. 

Avvalo shuni ta’kidlash o’rinliki, bu davrda ibtidoiy odamlar hali metall ishlatishni bilmaganlar, ular 

asosan oddiy toshlardan, yirik hayvonlarning suyaklaridan, shohlaridan va daraxtlarning qattiq shoxlaridan 

mehnat quroli yasaganlar va undan foydalanganlar. 

Ilk poleolitdavrining diqqatga sazovorligi shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat 

qurollari paydo bo’lgan. Bu davrning tosh qurollari arxeolog olimlar tomonidan yetarli darajada va yaxshi 

o’rganilgan. Insonga tegishli dastlabki mehnat quroli Frantsiya hududidagi Ashel degan joydan topilgan. 

Olimlarning ilmiy xulosalariga ko’ra Ashel davri bundan bir million yil burun boshlangan va miloddan 

avvalgi  200-100  minginchi  yillargacha  davom  etgan.  O’tgan  asrning  80-yillarida  arxeolog  O’.Islomov 

boshchiligidagi  tadqiqotchilar  Farg’ona  vodiysidagi  Selo’ngur  (So’x  tumanida)  g’oridan  qadimiy  odam 

manzilgohini  topdilar.  So’ngi  tadqiqotlar  natijasiga  ko’ra  Selo’ngur  ilk  poleolit  davriga  oid  bo’lib,  bu 

yerdan  olingan  topilmalarning  yoshi  bir  million  yildan  ziyodroq  ekan.  Ushbu  topilmalar  orasida  eng 

ahamiyatlisi  qadimgi  odamning  jag’  suyaklari  va  tishlari,  yelka  suyaklaridir.  Hozir  fanda  “Farg’ona 

                                                           

1

Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: 



O’zbekiston, 1997. – B. 140. 

2

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,  2008. – B. 4. 




odami”-“Fergantrop” deb nomlangan bu qazilma O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston insoniyat paydo bo’lib 

rivojlangan o’choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi. 

Ilk  poleolit  manzilgohlari  yanada  Shimoliy-sharqiy  O’zbekistonning,  Toshkent  viloyatining 

Qorabuloq  makonidan  ham  topilgan.  Shuningdek,  Ohangaron  yaqinidagi  Qizilolmasoy  va  Toshsoy 

manzilgohlaridan ham bu davrga oid manbalar topilgan. 

O’rta poleolit qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki 

yodgorliklar Teshiktosh (Surxondaryo) g’or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan. Surxon 

vohasidagi  (Boysuntog’)  Teshiktosh  g’or-makoni  topilmalari  nafaqat  O’zbekiston,  balki  butun  dunyo 

arxeologiya  fanida  mashhurdir.  O’rta  poleolit  davriga  mansub  bu  g’ordan  3000  ga  yaqin  tosh  qurollar 

topilgan.  Eng  muhimi  shundaki,  Teshiktosh  makonining  yuqori  qatlamlarida  9  yashar  bolaning  skelet 

suyaklari topilgan. Tadqiqotchilar fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. 

Bu  davrga  oid  arxeologik  materiallar  yana  Toshkent  viloyatidagi  Obirahmat  makonidan,  Samarqand 

viloyatining  Kattaqo’rg’on  hududidaga  Qo’tirbuloq  makonidan  ham  topilgan.  O’rta  poleolit  davrida 

odamlar hayotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu davrda odamlar O’rta Osiyoning keng hududlariga 

tarqala boshladilar. 

Sovuq iqlim tufayli o’rta poleolit odamlari olovni kashf etdilar va sun’iy olov chiqarish hamda uni 

saqlashni o’zlashtirganlar. 



So’nggi (yoki yuqori) poleolit bu davr uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi 

bo’lib, mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda bu davrga oid O’rta Osiyoda 30 dan 

ziyod  makonlar  ochilgan.  Masalan,  Samarqand  shahrining  o’zida,  Farg’onada  Xo’jag’or,  Pomir 

etaklaridagi SHug’nov, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq, Tojikistondagi Qorakamar yodgorliklari shular 

jumlasidandir. 

So’nggi  poleolit  davriga  kelib  odamlarning  hayoti  va  turmushida  turli  o’zgarishlar  bo’lib  o’tdi. 

Xususan, odamlar g’ordan chiqib yengil turar-joylar, chayla va yarim yerto’lalarda yashay boshladilar. Ular 

endi  faqat  tog’li  hududlarda  yashab  qolmay  vohalar  bo’ylab  tarqaldilar.  So’nggi  poleolit  davrining 

yutuqlaridan biri-nayzaning ixtiro qilinishi bo’ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi

Mezolit(o’rta tosh asri)- tosh asrining keyingi rivojlanish davri hisoblanadi. O’rta Osiyoda mezolit 

davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Mezolit - odamlarning yer yuzi bo’ylab 

keng  tarqalishi  bo’lib, ularga  oid  materiallar  ko’plab joylardan topilgan.  O’rta Osiyoning  mezolit  davri 

makonlari  Surxondaryoning  Machay,  Farg’onaning  Obishir,  Markaziy  Farg’onadan  Toshkentning 

Bo’zsuv, Qo’shilish, Tojikistonning Oshxona, Chilchorchashna kabi joylaridan topilgan. Mezolit davriga 

kelib yer yuzidagi ulkan muzliklarning yana shimolga tomon siljishi oqibatida iqlim barqarorlashib hozirgi 

davrdagiga ancha o’xshab qolgan edi. Buning natijasida O’rta Osiyo hayvonot olami va o’simlik dunyosida 

ancha  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  Bu  davrga  kelib  kishilar  nisbatan  nozikroq  qurollarni  tayyorlashni 

o’zlashtira  boshlaganlar.  Mazkur  davr  uchun  asosiy  ahamiyatli  narsa  o’q-yoyning  kashf  etilishidir.  Bu 

davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlarni, it, qo’y, echkilarni qo’lga o’rgatilishi bo’ldi. 

Jamiyat  taraqqiyotining  ma’lum  bir  rivojlanish  bosqichida  chorvachilik  dehqonchilikdan  ajralib 

chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Mezolit davrida (mil.avv 12-7 ming yilliklarda) insoniyat 

taraqqiyotida, uning xo’jalik faoliyatida muhim hodisa sodir bo’lgan. Bu davrda yovvoyi hayvonlardan it, 

qo’y, echki kabilar qo’lga o’rgatildi ya’ni xonakilashtirildi. SHuni aytish kerakki, bu davrda ovchilikdan 

chorvachilikka  o’tish  muhim  hodisa  bo’ldi.  Odamlar  turmush  tarzida  temirdan  foydalanilishi  xususan, 

mehnat  va  ov  qurollarini  temirdan  yasalishi  kishilik  taraqqiyotida  muhim  ahamiyat  kasb  qildi.  Mezolit 

davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay makonidir. 

O’rta Osiyo tarixida Neolit davrining(yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil. avv. VI - quyi chegarasi 

IV-III  ming  yilliklar  bilan  belgilanadi.  Neolit  davri  qabilalari  aksariyat  hollarda  daryo  sohillari  va 

tarmoqlari yoqasida, ko’l bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib baliqchilik va ovchilik 

yoki dehqonchilik, chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. 

Neolit (yangi tosh) davrida mehnat qurollari ancha takomillashdi. Odamlar o’troq hayot kechirishga 

o’ta  boshladi.  Bu  davrga  kelib  odamlar  doimiy  yerto’lalar,  kulbalar  qurish, loydan,  guvalalardan  oddiy 

uylar solish ko’chaydi. Qishloqlar paydo bo’la boshladi. Endi doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ldi bu 

hol dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli hududlarda, azm daryo va ko’l bo’ylarida esa o’troq ovchilik 

xo’jaligini qaror topishiga sabab bo’ldi. 

O’rta Osiyo hududidan bu davrga oid ko’plab makonlar topilgan. Fanda Joytun madaniyati (Janubiy 

Turkmaniston), Kaltaminor  madaniyati  (Xorazm  hududi), Xisor  madaniyati  (Xisor-Pomir  tog’lari)  nomi 

bilan ataluvchi makonlar ushbu davrning eng yirik madaniy qatlamlari mavjud topilmalardir. Bu davr uchun 

eng  xususiyatli  jihatlar  shundaki,  Neolit  davrida  tosh  boltalar  ancha  takomillashtirildi,  dehqonchilik  va 

chorvachilik kashf etildi. 




Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling