1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар

Bronza davri.O’rta Osiyoda bronza davri mil. avv. III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha 

bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. O’zbekiston hududida bu davrga xos arxeologik materiallar ancha ko’p 

topilgan.  Masalan  fanda  Tozabog’iyob  madaniyati,  Amurobod  madaniyati,  Zomonbobo  madaniyati, 

Sopolli  tepa  madaniyati  va  boshqalar  shu  davrga  xos  makonlardir.  Bu  davr  uchun  xos  xususiyat  shuki, 

mehnat  va  ov  qurollari  tayyorlashda  bronzadan  keng  foydalanishga  o’tilgan.  Bu  davrda  Vatanimiz 

hududida ibtidoiy tasviriy san’at ancha rivojlandi. O’rta Osiyo tog’li hududlardan shu kunga qadar ko’plab 

qoyatosh  sur’atlari  topib  o’rganilganki,  bu  bronza  davrida  yashagan  ajdodlarimiz  tomonidan  ishlangan. 

Bunday ibtidoiy, eng qadimgi rasmlar Surxondaryoning Zarautsoy tog’ yon bag’irligidan topilgan va u mil. 

avv.  VIII-IV  ming  yilliklarda  ishlanganligi  tadqiqotchilar  tomonidan  aniqlangan.  Tadqiqotchilarning 

fikricha Markaziy Osiyoda ilk temir davri mil. avv. I-ming yillikning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu 

paytga kelib ibtidoiy jamoa tuzumi o’zining oxirgi bosqichini o’tayotgan edi. 

Temir  dehqonchilik  va  hunarmandchilikning  rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Temir  ibtidoiy 

jamoa  tuzumini  buzib  yubordi  va  xo’jalik  tabaqalanishining  tezlashiga  olib  keldi.  Temir  tufayli 

chorvachilik  dehqonchilikdan  uzil-kesil  ajraldi,  ko’plab  hayvonlarning  egalari  bo’lgan  aslzodalar  paydo 

bo’ldi. Temir tufayli dehqonchilikdan hunarmandchilik alohida xo’jalik turi sifatida ajralib chiqdi. SHuni 

takidlab o’tish o’rinliki, ilk hunarmandchilik bir muncha avval paydo bo’lgan edi. Biroq u hali dehqonchilik 

va chorvachilikdan alohida xo’jalik turi sifatida ajralib chiqmagan edi. 


Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling