1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар

Kaltaminor madaniyatiga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan topilgan 

bo’lib, bular orasida Xorazmdagi Jonbosqal’a makoni diqqatga sazovordir. Bu yerni qazish paytida chayla 

va yarim yerto’la shaklidagi makon ochilgan. Bu makon yog’och ustun, sinchlar bilan ko’tarilgan. Ustiga 

ko’ndalang yog’ochlar tashlanib, usti qamish bilan berkitilgan. CHayla o’rtasidan katta markaziy o’choq 

qoldig’i,  atrofida  mayda  o’choq  qoldiqlari  aniqlangan.  Makondan  nayza  poykonlar,  kamon  o’qlarining 

uchlari  va  boshqa  tosh  qurollar  topilgan.  SHuningdek,  madaniy  qatlamlardan  baliq,  yovvoyi  cho’chqa, 

qirg’ovul suyaklari va jiyda danaklari ham topilgan. Topilmalar orasida sopol idish namunalari ham bo’lib, 

tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda ular mil. avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. 

Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir makonidan ham topib 

o’rganilgan.  Bu  yerdan topilgan  sopol  idish  namunalari Jonbosqal’a  sopollariga juda  o’xshashdir.  Quyi 

Zarafshon  va  Qashqadaryo  etaklaridagi  Darvozaqir,  katta  va  kichik  Tuzkon,  Qorong’isho’r,  Poykent 

makonlaridan topilgan tosh qurollar va sopol buyumlar hamda boshqa ashyolarni o’rganish, tahlil etish, 

Yaqin  SHarq,  Qozog’iston,  Ural  va  boshqa  joylardan  topilgan  neolit  davri  ashyolari  bilan  qiyoslash 

natijasida tadqiqotchilar yuqorida eslatilgan makonlar Kaltaminor  madaniyatiga mansub bo’lib mil. avv. 

IV-III  ming  yilliklarga  oid  degan  xulosaga  keldilar.  Bu  makonlarda  yashagan  neolit  davri  odamlari 

termachilik, jayron, yovvoyi cho’chqa, bug’u va boshqa hayvonlar hamda baliq ovlab kun kechirishgan. 

So’nggi yillarda O’rta Osiyoning sharqiy hududlaridan, Xisor-Pomir tog’laridan ko’plab neolit davri 

yodgorliklari ochildi  va  o’rganildi.  Bu  o’ziga  xos  madaniyat fanda  Xisor madaniyati  degan  nom  oldi. 

Asosan tog’oldi va tog’liklarga xos bo’lgan Xisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyoddir. 

Xisor madaniyatiga mansub yodgorliklar asosan mil. avv. V-III ming yilliklarga oiddir. 

Xisor madaniyati sohiblari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik 

bilan  shug’ullanganlar.  Xisor  makonlaridan  topilgan turli-tuman  topilmalar  ushbu jarayonlardan  dalolat 

beradi. 

Demak,  O’rta  Osiyoning  barcha  hududlaridan  -  shimoldagi  Ustyurtdan,  Markaziy  va  Janubiy 

Qozog’istondan,  Qizilqum  va  Qoraqumdan,  Qashqadaryo  va  Zarafshon  vohalari,  Toshkent  vohasi  va 

Farg’ona vodiysidan ko’plab neolit davri makonlari ochilgan. Xususan, neolit davri Markaziy Farg’ona 




Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling