1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari


Uchinchi  masalani  o’qitishda  talabalarning  e’tiborini  quyidagi  jihatlarga  qaratish


Download 320.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.01.2022
Hajmi320.9 Kb.
#198880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-семинар

Uchinchi  masalani  o’qitishda  talabalarning  e’tiborini  quyidagi  jihatlarga  qaratish 

lozim.So’nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o’zgarishlar bo’lib 

o’tadi.  Xususan,  odamlar  g’orlardan  chiqib  yengil  turar-joylar  -  chayla  va  yarim  yerto’lalarda  yashay 

boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo 

va  ko’llar  bo’ylarida  joylashadilar  hamda  qarindosh-urug’chilik  jamoalariga  bo’linadilar.  Natijada 

jamiyatda  juft  oilalar  paydo  bo’ladi  hamda  ular  ayrim  urug’larni  birlashtirib  urug’  jamoasini  tashkil 

etadilar. 

Urug’chilik  (matriarxat)  qadimgi  jamiyat  tarixining  alohida  bosqichini  tashkil  etib,  bu  jarayon 

ijtimoiy  hayotdagi  qator  o’zgarishlarning  paydo  bo’lishiga  zamin  yaratdi.  Lekin,  dastlabki  urug’chilik 

tuzumi  nisbatan  rivojlanishning  yuqori  bosqichiga  ko’tarilgan  bo’lishiga  qaramay,  bu  davr  odamlari 

ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirar edilar. 

Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda odamning paydo bo’lishi jarayoni 

(antropogenez)  asosan  tugadi.  Qadimgi  odamlar  xo’jalik  yuritishning  eng  oddiy  yo’llaridan  (terib-

termachlab)  murakkabroq  ko’rinishlariga  (ovchilik,  baliqchilik)ga  o’tdilar.  Olov  kashf  etildi.  Insoniyat 

to’da  davridan  urug’chilik  tuzumiga  o’tdi.  Mehnat  qurollari  takomillashib,  ularning  turlari  ko’paydi  va 

sifati yaxshilanib bordi. 

Bu davrda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi. Teshiktoshda murdani 

maxsus qabr qazib ko’milishi, uning yoniga tog’ echkisining shoxlari va tosh qurollar qo’yilishi mutlaqo 

tasodifiy  hol  emas  edi.  Bu  jarayon  paleolit  davri  neandertal  odamlari  garchi  sodda  bo’lsada,  ko’mish 

marosimlariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. 




Download 320.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling