1. O’zbekistonning eng yangi tarixini o’qitish va o’rganish tizimining tashkil etilishi
Download 35.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida (1)
1-MAVZU. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi Reja: 1. O’zbekistonning eng yangi tarixini o’qitish va o’rganish tizimining tashkil etilishi. 2. O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma‟qullanishi. 3. O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi 4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. Tayanch iboralar: O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining o’rganish obyekti. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Metodologiya, Dialektika, Marksizm, Materializm. Xronologiya, Arxiv manbalar, Tarixni davrlashtirish, Komil inson, Davlat tili t o’g‟rishdagi qonun. Referendum. Prezidentlik instituti. Navruz. Vijdon erkinligi. Milliy qadriyatlar. Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKCHP (Favqulodda holat). Davlat suvereniteti. Davlat mustaqilligi asoslari t o’g‟risidagi qonun. Davlat bayrog’i. Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Referendum. Taraqqiyotning “ O’zbek modeli”. Reforma. Bozor iqtisodiyoti. Ijtimoiy himoya. O’zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo’lga kiritish va O’zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining so’nggi o’n yilligi davrida O’zbekiston uchun o’ta xavfli voqealarga boy bo’lgan 1989 yilni ko’rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy- buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O’zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o’laroq, respublika manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O’zbekiston mustaqil davlat deb e‘lon qilindi. Bu o’zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo’lib qoladi. Ikkinchidan, O’zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga to’g’ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qo’ymoqdamiz, ko’z o’ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o’rnatilmoqsa. O’zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog’liq. Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani o’z mentaliteti, o’z ko’nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo’lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog’liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!? Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qo’lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o’z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na- tijasida qo’lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yo’llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bo’lib, har qanday davlatning demokratik jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yo’lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy o’rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bo’lishlari va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G’arb turmush tarziga mos bo’lsa va uni targ’ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga to’g’ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, o’zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko’rib turibmiz! Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. O’zbekiston ham undan chetda emas. Shu o’rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog’liq fuqarolik madaniyatiga ega bo’lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik o’yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to’g’ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib ko’rishga yetadigan uyg’oq ong va tafakkurga ega bo’lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bo’lishi, unga befarq bo’lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak. To’g’ri va haqiqiy bunyodkorlik g’oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bo’lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yo’nalishlarini tashkil etadi. O’zligini anglagan xalq mustaqillikka, o’z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko’zi bilan qaraydi! Jahonda o’ziga xos o’ringa va nufuzga ega bo’layotgan O’zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo’ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov. Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so’nggi o’n yilligi O’zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o’n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi. Mustaqillikning birinchi o’n yilida o’zbek o’zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o’z g’oyasi va iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Axror Valiy va boshqa o’nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo’shmog’imiz kerak. Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O’nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko’ra millatlararo totuvlik asosida ishlab turibdi. Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar to’qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O’zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo’nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to’la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar esa uzoqni ko’zlamay, faqat joriy yilga mo’ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga o’tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’zbekiston o’zining qo’shimcha tarzda gaz, neft, ko’mir va uran zahiralariga ega bo’lib, ularni sof holda eksport qilish bo’yicha jahonning o’nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning o’ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni ko’zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi. Download 35.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling