1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi


O’zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi


Download 50.44 Kb.
bet3/9
Sana28.02.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1235494
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bito 17

2. O’zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi.
O’zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O’zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo’ldi.
O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995- yil 15-16sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash-seminari bo’lib o’tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunida qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.
O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so’zlagan nutqida Markaziy
Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. O’zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llabquvvatlandi.
1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo-yadro qurolidan xoli zona» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. BMTga a’zo davlatlar mazkur taklifini ko’p bor muhokama qilib, 2006-yilda ushbu masala bo’yicha shartnoma imzolashdi. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamladi.
2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus Qo’mitasi ta’sis etildi. 2002-yil 18-20- oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O’zbekistonga tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro’- e’tibori ortib borayotganining dalilidir.
O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot - UNESCO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 23-oktabrda UNESCOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni UNESCO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash UNESCO dasturiga kiritildi. 1994yil oktabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Samarqand, Xiva va Buxoro UNESCO ning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta obyekt bor.
UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. «Ipak yo’li - muloqot yo’li» deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida UNESCO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayorning 1995-yil iyul oyida O’zbekistonga rasmiy tashrifi chog’ida mazkur institut ochildi. UNESCO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCO ning madaniy qadriyatlar ro’yhatiga kiritildi.
1997-yilda jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston va UNESCO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997-yil 19-20-oktabr kunlari Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, UNESCO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intel- lektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (VNlSEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada Qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning a’zosi sifatida ular bilan hamkorlik qilmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
O’zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - YXHTga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10-iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallaganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi. 1999-yil noyabr oyida bo’lgan YXHTning Istanbul sammitida Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi.
1996-yil fevral oyida O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida
Bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlarnini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo’shilgan.
Shunday qilib, O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.

Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling