1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi


Download 50.44 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1235494
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bito 17

31-oktabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida Abadiy do’stik shartnomasi imzolandi.
O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil 20-21aprel kunlari bo’lib o’tgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlandi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishida yakdildirlar». 2001-yil 16-17-noyabr kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston - Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9-sentabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2011-yilda 2,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2012-yilda O’zbekistonda 178 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 120 ta qozoq-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992-yil 29-sentabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993-yil avgustga Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitmlar imzolangan.
1994-yil 16-yanvarda O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Qirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurish, o’zaro kelishilgan kredit – hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomalarni imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida savdo-iqtidodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000-yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
2000-yil iyunda Qirg’izistonda ekstermistik kuchlar tomonidan Prezident hokimyayining ag’darilishi, millatlararo qonli voqealar sharoitda O’zbekiston Prezidenti oqilona yo’l tutdi. 100 mingdan ortiq qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, qariyalarni O’zbekiston hududiga qabul qilindi, joylashtirish va barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi. Islom Karimov harakatlari natijasida Markaziy Osiyo qarama-qarshiliklarning keng ko’lamli o’chog’iga aylanib ketishining oldi olindi. Jahon Hamjamiyati O’zbekiston Prezidentining qaltis vaziyatda amalga oshirgan oqilona tadbirlarini to’liq ma’qulladi.
Tojikistonda 1992-1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo’yicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog’liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi. O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. 2000-yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta tojik-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991-yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996-yil 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S. Niyozov bilan 1. Karimov o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi. Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risida 20 dan ziyod bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2007, 2010, 2012- yillardagi Turkmanistonga davlat tashrifi, Turkmaniston Pezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning 2008-yil mart oyidagi, 2013-yil noyabir oyidagi O’zbekistonga davlat tashriflari ikki qardosh mamlakat o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning yanada mustahkamlanishga xizmat qilmoqda. Ikki davlat o’rtasida imzolangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, do’stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to’g’risidagi shartnoma va bir qator bitimlar ikki qardosh mamlakat o’rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida erkin savdo tartibi yo’lga qoyildi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zbek qozoq, qirg’iz qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi xalqlar o’rtasida qadimiy do’stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib «Turkiston- umumiy uyimiz» degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda ijodkor ziyolilar e’tiborini Turkiston tuyg’usini–tarixiy birlik tuyg’usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog’lom kuchlar bu g’oyani qo’llab quvatladilar.
«Turkiston- umumiy uyimiz», deb nomlangan jamoatchilik harakati tashkil topdi. 1995-yil 21-noyabr kuni Toshkentda markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida «Qardosh xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro quriltoy bo’lib o’tdi. Quriltoyda «Turkiston-umumiy-uyimiz» harakatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlagan olamaro mashhur bo’lgan qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so’zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o’tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqlolda tug’ilajak avlodlar bog’liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg’usining muqaddasligi haqida so’zladilar. Qurultoyda «Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi» tashkil etildi. Chingiz Aytmatov Assambleyi Prezidenti, Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi.

Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling