1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi
Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya
Download 50.44 Kb.
|
bito 17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shveytsariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi.
Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o’rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O’zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo’ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo’lib qolmay, O’zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat – Shveytsariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi.
O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko’tardi. O’zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o’rtasida ham aloqalar o’rnatildi. Bu aloqalar O’zbekiston parlamenti bilan Yevroparlament o’rtasida 1998-yilda tuzilgan hamkorlik qo’mitasi darajasida kengayib bormoqda. O’zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg’or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko’plab qo’shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. 2003-yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo elilgan 2087 ta qo’shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatdi. Ular 386,7 mlrd.so’m hajmida iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xizmat ko’rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o’zaro munosabatlar o’rnatilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonga kiritilgan chct el investitsiyalari 30 mlrd AQSh dollaridan oshdi. O’zbekiston jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6-8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Ilg’or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo’lga qo’yishda, yetakchi birjalar bilan aloqalar o’rnatishda, qonunchilik tajribasini o’rganishda respublikamizga ko’maklashmoqdalar. XULOSA O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zi-ning tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi, uning mavqeyi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Jahon bozorlarida allaqachon talabga ega bo’lishga ulgurgan, kiritilgan investitsiyalarni qisqa vaqtda qoplabgina qolmasdan, balki respublikamizga valyuta tushumlarining mustahkam manbai sifatida xizmat qiladigan eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirsh darkor. Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishda, jahon bozorlariga kirib borish uchun, eng avvalo, nodir xom–ashyo mahsulotlarni qayta ishlaydigan qo’shma korxonalarni rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan mehnat resurslariga yaqin joylarda ixcham korxonalarni tashkil etish zarur. Odatda, bu korxonalarning barchasi ilg’or texnologiyalar bilan jihozlanishi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi darkor. Ushbu yo’llar orqali bir necha yillardan so’ng respublikamiz zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan mahalliy aholini tashkil etuvchi zamonaviy ishchi kuchiga ega bo’ladi. O’zbekiston o’zining ishlab chiqarishi negizida mahalliy xom- ashyolardan tayyorlangan yuqori sifatli tovarlar bilan to’lib-toshadi. Eksportni kengaytirish siyosati bo’yicha strategiyani faol olib borish bilan birga aniq yo’naltirilgan import o’rnini qoplash bo’yicha siyosatni o’tkazish talab qilinadi. Bunda o’zimiz ishlab chiqara oladigan tovar va mahsulotlar importini mumkin darajada kamaytirish kerak. Import o’rnini qoplash dasturi doirasida asosiy e’tiborni oziq-ovqat mahsulotlari va resurslar importi sohasidan ekinlarning yuqori hosil beradigan navlari va bu ekinlarga ishlov beruvchi sanoat texnologiyalari, o’simliklarni himoya qilish vositalari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo’lgan zamonaviy asbob-uskunalar, shuningdek, fermer (dehqon) xo’jaliklari uchun texnikalar importi sohasiga ko’chirish kerak. Ilg’or texnologik qurilmalar, ilg’or texnologiya, ishlab chiqarishni qaytadan texnik jihozlash uchun litsenziyalar, shuningdek, eng zarur bo’lgan iste’mol tovarlari, xom ashyo va dori-darmonlar importiga ham diqqat-e’tiborni qaratish darkor. Tashqi iqtisodiy faoliyatni bundan buyon ham erkinlashtirish bo’yicha aniq bir maqsadga yo’naltirilgan siyosatni olib borish darkor. Buning uchun xo’jalik subyektlariga xorijiy hamkorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish zarur. Bularning barchasi siyosatimizning zamonaviy bosqichdagi ustuvor yo’nalishlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish maqsadida ko’plab tovar turlariga import bojlari allaqachon olib tashlangan, eksport va importga bojxona boji stavkalari sezilarli darajada pasaytirilgan, valyuta tushumlarini taqsimlash tizimi tubdan o’zgartirilgan. Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarini ustun ravishda keng ko’lamda jalb qilish uchun zarur bo’lgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratishga, qo’shma korxonalarni tashkil qilishga, shuningdek, investorlar manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini yaratish – bu tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlariga va shart-sharoitlariga javob beradigan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, transport tizimi, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini barpo qilish demakdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning bu va boshqa yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiyotining tez orada jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy zamin yaratish imkonini beradi. Download 50.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling