1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati


Download 23.57 Kb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1734787
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.

Loyihalash - mo’ljallangan maqsad va uni amalga oshirish usuli va vositalari yig’indisini aniqlashdan iborat. Bu blok doirasida quydagi ketma-ketlikda operasiyalar amalga oshiriladi:
-ta’lim texnolgiyasini amalga oshirish vaqtini aniqlash;
- o’quv materiallarini tahlil etish;
- maqsad va didaktik vazifalarni ajratib olish;
- o’quv materiallarini ma’lum tizimga keltirish va vaqt bo’yicha taqsimlash;
- bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish bosqichlari, shuningdek, shaxsning sifat va fazilatlarini rivojlantirishni aniqlab olish;
- o’quvchilarni qiziqtirish usuli va vositalarini aniqlash.
Ta’lim loyihasini amalga oshirishda quydagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
-o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan o’quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, vaqtini e’lon qilish, mavzuni to’lik o’zlashtirish bo’ycha ko’rsatmalar berish, etalon darajasida o’zlashtirish
me’zonlarini aytib berish;
- o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag’batlantirish, ular diqqatini mavzu mazmuniga jalb etish, o’quv-biluv motivlarini uyg’otish, muammolarni bajarishga extiyoj uyg’otish. Mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to’liq o’zlashtirishga oid o’zgartirish, qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;
- mavzu bo’yicha to’plangan bilimlarga ishlov berish. Ta’lim jarayonida kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulodda va tasodifiy xodisalar uchrab turadi. Olingan natijalarga asoslanib loyihaga yangi o’zgartirish, qo’shimcha, tuzatishlar kiritiladi. Erishilgan natijalar kafolatlangan natija bilan taqqoslanadi.
- mavzu bo’ycha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni turli holatlariga tatbiq qilish. Nazorat turlari natijalariga ko’ra mavzu bo’ycha axborot to’plash, to’plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o’quvchilar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlaridagi kamchilaklarini ko’rsatish, sinfning xar bir o’quvchisiga yakuniy nazoratgacha bajaradigan qo’shimcha topshiriqlar berish, ularni o’quv materiallarini yanada atroflicha etalon darajasida o’zlashtirishga rag’batlantirish;
-yakuniy nazoratning asosiy funksiyasi o’quvchilarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o’zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o’zlashtirgan o’quvchilarni ogohlantirish, qo’shimcha topshiriqlar berish.

Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling