1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati
Matematika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi
Download 23.57 Kb.
|
Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.
Matematika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi
I
↕
↕
II ↕
III ↕
↕
IV ↕
↕
V ↕
↕
VI ↕
↕
Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 1) innnovasion-pedagogik faoliyatning asosini tashkil etuvchi pedagogik innovasiya – bu bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyasini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bunda ta’limning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilari, tamoyillarining innovasion usullarini tanlash, to’plash, qo’llash usullari va ulardan foydalanishning uslubiy tavsiyalar tizimini yaratish tushuniladi. Pedagogik innovasiyalar keng qamrovli, ko’p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo’lib, uning yordamida ta’lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin. 2) innnovasion-pedagogik faoliyatning muhim belgilari: -ta’lim jarayonini oldindan mavjud manbalarni hisobga olgan holda va fan-texnika yutuqlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyatni loyihalashtirish va uning natijalarini bashorat qila olish; -ta’lim jarayoniga «tizimli yondashuv» tadqiqot usulini qo’llashda qaralayotgan tizimning komponentlari orasidagi bog’lanishlarni e’tiborga olish va bular asosida ta’lim oluvchining o’quv-biluv faoliyatini ifodalovchi ta’lim-tarbiya jarayoni rejasini tuzish; -ta’lim maqsadining aniq qo’yilishi, uning tashxisi va bashorati hamda ta’lim oluvchining o’zlashtirish sifatini xolis baholash mezoni bo’lishi kerak; -ta’lim tizimi tuzilishi, tarkibi, mazmuni bir butun yaxlit bo’lib, ularning o’zaro bog’liqligi, bir-birini bosqichma-bosqich to’ldirib borishi ta’minlangan bo’lishi kerak; -pedagogik faoliyatning optimal variantlarini ta’minlay olish; -ta’lim jarayonining texnik va axborotli ta’minoti yetarli bo’lishi; -yaratilgan yangilikni ta’lim oluvchining ilmiy-uslubiy salohiyatini hisobga olgan holda qo’llash; -ta’lim sifatiga e’tibor bergan holda shakllantiruvchi va yakuniy nazortalarni tashkil etish; -ta’lim samaradorligini aniqlash bo’yicha nazorat va olingan natijalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish v.b. O’qituvchining innovasion faoliyati mohiyati va tarkibi barcha o’qituvchi, ayniqsa, bo’lajak o’qituvchilar tomonidan qabul qilinmasligi ayon. Agar o’qituvchi zamonaviy ta’lim jarayonida mavjud bu faoliyatni fakt sifatida qabul qilib, unda maqsad va mazmun ko’rmasa, unda bu holat nafaqat baribir mavjud bo’lgan yangilikni o’zlashtirish, balki ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar sharoitida o’z faoliyatini qurish imkoniyatini ham bermaydi. Demak, matematika o’qituvchisining innovasion faoliyatga tayyorgarligi-bu mustaqil, maqsadli, bosqichma-bosqich, motivasion-ehtiyojiy muhit asosida, ijtimoiy-madaniy muhitning insonga ko’rsatadigan ta’siri asosida o’zgaruvchi shaxsiy pedagogik qarashlarining qat’iyligi va uni o’zgartirishga bo’lgan zaruratga bog’lik holda turli yo’llar bilan loyihaviy idealga erishishga qaratilgan shaxsiy pedagogik faoliyatni ro’yobga chiqarish va unga o’zgartirishlar kiritish imkoniyatidir. Download 23.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling