1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati
Download 23.57 Kb.
|
Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari
- Pedagogik jarayonning texnologiyalashganlik tamoyillari
Nazorat qilish-baholashning vazifasi qo’yilgan maqsadni amalga oshirishning borishi haqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni reja asosida o’tkazish, ishlab chiqilgan me’zonlar asosida baholash, ya’ni muntazam ravishda teskari aloqani ta’minlash va axborotga qayta ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur xollarda kelgusidagi xarakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi va nihoyat, qo’yilgan maqsad va olingan natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi
Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari 1. Tizimlilik (sistemalilik) 1.1 Majmuaviylik (komplekslilik) 1.2. Yaxlililik 2. Ilmiylik 2.1 Konsentuallik 2.2 Rivojlanuvchanlik 3. Tarkibiylik (strukturalilik) 3.1 Ierarxiylik (matetexnologiyalar, tarmoq makrotexnologiyalar, modulli-lokal mezotexnologiyalar, mikrotexnologiyalar) 3.4 Jarayonlilik 3.5 Vorisiylik 3.6 Har xillilik va egiluvchanlik 4. Boshqaruvchanlik 4.1 Tashxislanuvchanlik 4.2 Bashoratlanuvchanlik 4.3 Samaradorlik 4.4 Maqbullilik 4.5 Tiklanuvchanlilik Pedagogik jarayonning texnologiyalashganlik tamoyillari - tizimlilik - ilmiylik - tarkibiylik - boshqaruvchanlik Innovasion pedagogik texnologiyaning manbalari va tarkibiy qismlari - ijtimoiy islohatlar va yangi pedagogik tafakkur; - fan – pedagogik, psixologik, ijtimoiy – gumanitar, texnik; - ilg’or pedagogik tajriba; - texnika, tarqqiyot yutuqlari; - tajriba (o’tmishdagi, eldagi, chet eldagi) - xalq pedagogikasi (entopedagogikasi) Ta’lim-tarbiya jarayoni qandaydir bir bosh g’oya, tamoyil, konsepsiya asosida tashkillashtirilsa – monotexnologiya, turli monotexnologiyalardan tashkillashtirilsa-majmuaviy texnologiya bo’ladi. SHunday texnologiyalar borki, ularning ayrim elementlari boshqa texnologiyalarga kirishib ketadi, ularda faollashtiruvchi yoki boshqa vazifani bajaradi. Bunday texnologiyalar kirishuvchan texnologiyalar deyiladi. Idrok etish faoliyatini tashkil etish va boshqarishga ko’ra-o’qituvchining o’quvchi bilan o’zaro ta’siri ajrashgan (o’quvchilar faoliyati boshqarilmaydigan, to’g’rilanmaydigan), siklik (nazorat, o’z-o’zini nazorat, o’zaro nazorat bilan), tarqoq (frontal), yo’naltirilgan (yakka tartibda), verbal, avtomatlashtirilgan ( o’quv vositalari yordamida) texnologiyalar. V.P.Bespalko fikriga ko’ra qayd etilgan texnologiyalarni bir-biri bilan moslashtirish quyidagi didaktik tizim (texnologiya)larni keltirib chiqaradi: -an’anaviy ma’ruzali ta’lim (ajrashgan, tarqoq, verbal); - audiovizual texnik vositalar yordamida ta’lim (ajrashgan, tarqoq, avtomatlashtirilgan); - «maslahatchi» tizimi (ajrashgan, yo’naltirilgan, verbal); -o’quv adabiyoti yordamida ta’lim (ajrashgan, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan)-mustaqil ish; -«kichik guruhlar» tizimi (siklik, tarqoq, verbal)-gruppaviy, tabaqalashtirilgan ta’lim; -kompyuterli ta’lim (siklik, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan); -«repetitor» tizimi (siklik, yo’naltirilgan, verbal)-yakka tartibda ta’lim; - «dasturli ta’lim» (siklik, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan) avvaldan tuzilgan dastur mavjud bo’lgan ta’lim. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi bolaning o’rni, kattalarning bolalarga munosabatidan kelib chiquvchi pedagogik texnologiyalar: -avtoritar texnologiyalar, o’qituvchi ta’lim jarayoni sub’ekti, o’quvchi-ob’ekti. Qat’iy talab, majburlash, o’quvchilar mustaqilligini inkor etuvchi texnologiya; -didaktosentrik texnologiyalar, sub’ekt-ob’ekt munosabatlari, ta’limning tarbiyadan ustunligi, shaxsni shakllantirishdagi asosiy omil didaktik vositalar sanaladi; -shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar, ta’lim tizimining markaziga o’quvchi qo’yiladi, uning rivojlanishi, ichki imkoniyatlarini ishga solishga barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Sub’ekt-sub’ekt munosabatiga asoslangan bo’lib, bolaning har tomonlama, erkin, ijodiy rivojlanishi asosiy maqsad qilib belgilangan. Ta’lim-tarbiya jarayonining usul, uslub, vositalari asosida nomlangan pedagogik texnologiyalar: -reproduktiv; -dasturli; -muammoli; -rivojlantiruvchi; -o’z-o’zini rivojlantiruvchi; -munozarali; -muloqot; -o’yin; -ijodiy v.b. Pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish va bayon etishning quyidagi modelini keltirish mumkin (G.K. Selevko) 1. Texnologiya nomi. 2. Identifikasiyalash. 1) qo’llanish darajasiga ko’ra turi; 2) asosiy falsafiy tutgan o’rni (pozisiyasi); 3) asosiy metodologik yondashuvlar; 4) rivojlantiruvchi omillar; 5) asosiy ilmiy g’oya bayoni; 6) shaxsni rivojlantirishning ma’lum sohaga yo’naltirilganligi; 7) biror bir mazmunli sohaga aloqadaorligi; 8) ustun turuvchi ijtimoiy – pedagogik faoliyat turini ko’rsatish; 9) pedagogik jarayonni boshqarish tipi; 10) ustuvor metod va vositalar; 11) pedagogik jarayonni tashkil etishda qo’llaniladigan shakllar; 12) ustuvor ta’lim vositalari; 13) tarbiyaviy yondashuvga yo’naltirilganlilik bayoni; 14) biror–bir an’anaviy texnologiyani zamonaviylashtirishning qaysidir guruhiga mansubligi; 15) texnologiyaning kimga qaratilganligi. 3. Texnologiyaning maqsadga yo’naltirilganligi. 4. Pedagogik texnologiyaning konseptual asoslari. 5. O’quv – tarbiya jarayonining mazmuni. 6. Jarayoniy tavsifi (metodik xususiyatlari). 7. Dasturiy – metodik ta’minoti. 8. Texnologiklik mezonlariga mosligi: - tizimlilik; - ilmiylik; - tarkibiylik; - boshqruvchanlik. 9. Ekspertiza. Pedagogik texnologiyalarni baholashdagi asosiy me’zon uning natijaviylik va samaradorligi. Download 23.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling