1. Pedagogik texnologiyalar maqsadi, mazmuni va vazifalari Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati


Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati


Download 23.57 Kb.
bet4/5
Sana30.10.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1734787
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar. Matematik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish usullari.

2. Uzluksiz ta’lim tizimi barcha bosqichlarida matematika o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati.
Innovasion faoliyat mohiyatiga ko’ra o’qituvchi pedagogik faoliyati turlaridan biri. Lekin bunda faoliyat tarkibining o’zgarishi, komponentlar ierarxiyasining o’zgachaligi, faoliyat tartibi va yo’lining o’zgarishi va bularni pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlari rivojlanishiga ta’siri, pedagog faoliyati natijalarining mohiyat jihatdan boshqacha baholanishi, faoliyatning boshqacha modeli bu faoliyatni pedagogik faoliyatning boshqa har qanday turlaridan yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlariga ko’ra farqli qiladi.
«Innnovasion-pedagogik faoliyat» deganda innovasion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish faoliyati tushuniladi. Bu dasturlarda bolani tushunish, unga ta’lim va tarbiya berish, uni rivojlantirishga bo’lgan yangicha falsafiy-pedagogik, psiologo- pedgogik yondashuvlar; ta’lim mazmuni va metolarini qurishning yangi konseptual pedagogik g’oyalari; bolaning maktabdagi faoliyati va hayotini tashkil etishning yangi shakllari hamda pedgoglarning boshqarish va o’z-o’zini boshqarish, maktabning ota-onalar va ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’siridagi faoliyati amalga oshiriladi. Demak, o’qituvchining innovasion faoliyati - ta’lim sifatini oshirishga intilishdagi o’qituvchi faoliyati bilan o’quvchilar faoliyatining o’zaro ta’siri va o’zaro aloqasi shaklidir.
O’qituvchi innovasion faoliyatining asosiy funksiyalari pedagogik jarayon va uning komponentlaridagi quyidagi ijobiy o’zgarishlardan iborat deydilar:
1) maqsaddagi o’zgarishlar;
2) ta’lim mazmunidagi o’zgarishlar;
3) ta’limning yangi vositalarini kiritish;
4) ta’limning yangi modellari;
5) ta’limning yangi usul va uslublari;
6) o’quvchilarni rivojlantirishning yangi g’oyalarini ilgari surish.
Yangilikni sezish va amalga oshirishning ma’lum usullari asosida matematika o’qituvchisida innovasion faoliyat mohiyatini shakllantirishni bir nechta bosqichlarga ajratishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu bosqichlar, innovasion faoliyatning har bir sub’ekt xususiyatlaridan kelib chiqib, uning mohiyatini shakllantirish yo’lini (1-jadval) tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
1-jadval

Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling