1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


O`zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar


Download 0.5 Mb.
bet4/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
ped-psi

15. O`zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar O’zbek xalqi o’rtasidaa keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda, allomalar merosida axloqiy masalalarga keng o’rin berilgan.

Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navioy, Bobur singari buyuk allamalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarnda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. A.Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. «O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo’lmok vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin. Men kabi uzun saltanat so’rmok istasangiz, qilichingizni yaxshi o’ylab chekingiz. Bir daf’a chekkandan so’ngra-da uni ustalik la qo’llangiz, orangizdan nifoq tuxumlari ekilmasligini uchun ko’p diqqat bo’ling. Ularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas». Amir Temurning bu vasiyatlaridan uning o’z xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug’laganini, kamtarin, adolat va ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksak inson bo’lganligini ko’rish mumkin. Shuningdek, Ismoil Al Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetta qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir», - deb yozadi.
Urta Osiyo matafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o’gitlari shunday uchga egaki, ular o’quvchilar qalbida insoniylik urug’larining unib chiqishiga, katta hayot yo’liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Xalqiga va qarindosh-urug’lariga qulidan kelgan barcha yaxshiliklarni qilish, ularning hurmatini joyiga qo’yish kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Bu esa iymonli, e’tiqodli, g’ururli, odobli shaxsni voyaga yetkazishning asosiy maqsadidir.
16. O’quv –tarbiya jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagog texnologiyalardan foydalanishning asoslari Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. 
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. 
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling