1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.Metod – bu
10. Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. «Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan. O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi. Ekologik ta'lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta'limiy jarayonidir. Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir. 11. Iqtisodiy tarbiya (tejamkorlik). Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. 12.Metod – bu muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo’lni, tartib, tizimga solingan faoliyat usulini tanlash; o’qitish maqsadiga erishish (maqsadni amalga oshirish) yo’li; 13. Mutaxassisning pedagogik fazilatlari 14. Qadriyatlar va ma’rifiy qadriyatlar. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanishi bilan kifoyalanishi – ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xos ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmish odamlarga xos fazilatdir. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Tilimizda «ba’mani odam» degan ibora bor. Bu iboraga loyiq bo’lish ulkan baxtdir. Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi. Ma’rifat tabiat, jamiyat va odam haqidagi keng, turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u kishilarda insonparvarlik ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’rifat ma’naviyatga nisbatan ko’proq amaliy ishlar, jumladan, maktabgacha tarbiya, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv-o’kituv ishlarini uyushtirish va takomillashtirish bilan bog’liq. Ma’naviyat esa ma’rifatga nisbatan keng qamrovli tushuncha bo’lib, o’vazifalarini ma’rifatga suyangan holda bajaradi, jamiyatning hamma sohalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Ma’naviyat dunyoqarash negizidir. Kasb-kori, bilim darajasi, turmushdagi mavqyeidan aloqador bo’laveradilar. Ma’naviyat jamiyat, millat va shaxsning butun ongli hayoti va faoliyati davomida shakllanib, boyib, takomillashib boradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling