1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy tarbiya.
7. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
8.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya—bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur. 116. Sharq allomalarining pedagogik qarashlari Sharq allomalarining pedagogik qarashlari (Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Navoiy, Mirzo Ulug‘bek)Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi. X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi. X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar. XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan. Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling