1 personalni boshqarish fanining mohiyatini tushuntirinh
variant 1. Personalni boshqarish xizmati funktsiyali tuzilmasiga qaysi bo'limlar kiradi?
Download 66.54 Kb.
|
variant 50
54 variant
1. Personalni boshqarish xizmati funktsiyali tuzilmasiga qaysi bo'limlar kiradi? Bu tuzilmada kadriar bo’limi: — personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ulami test sinovidan o’tkazish; — yangi xodimlami xizmat vazifasiga joylashtirish; — xizmatni o’tash va xizmat vazifasida ko’tarilishini rejalash; — faoliyatni baxrlash; — kasbga yo’naltirish; — ishdan bo’shayotganlar bilan suhbat o ’tkazish funktsiyalarini bajaradi. Ish haqi bo’limi: — xizmat vazifalarini tahlil etish; — ishlar tasnifi va ulami tariflash; — haqto’lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish; — tarif stavkalari va shaxsiy haq to’lash me’yorlarini qayta ko’rib chiqish bilan shug’ullanadi. Mehnat munosabatlari bo’limi: —jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan -siyosatni faol o ’tkazadi; — mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha bahslami hal etadi; — firma ma’muriyati va xodimlar o’rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va munosabatlami rivojlantirishga ko’maklashadi; — shaxsiy ishlar va mehnat statistikasini olib boradi. Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash bo’limi: — ishlab chiqarish ta’limi bilan shug’ullanadi, shujumladan yangi xodimlarga yo’riq beradi; — firma xodimlari orasidan malakali ishchilarni qayta tayyorlash dasturlari “ustoz— shogird” tizimini yo’lga qo’yadi; — yo’riqchilar (ustalar, texniklar, boshqaruvchilar)ni maxsus kurslarda o ’qitadi; — o’quv materiallari tayyorlaydi; — firma xodimlarining shaxsiy dasturlar asosida o’qish xarajatlarini qoplaydi; — kutubxona fondini boyitadi; — korporativ nashrlar (ko’p nusxali gazetalar va jumallar), ratsionalizatorlik takliflarini to’plash bilan shug’ullanadi; — tashqi o ’quv markazlari bilan aloqada bo’ladi; — o’quv dasturlari hisob-kitobi va statistikasini olib boradi. Ijtimoiy rivojlanish bo’lichi: — jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug’urta (hayotni, sog’liqni, baxtsiz hodisalardan sug’urta) qilish; — pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam; — ishdan bo’shaganda kompensatsiya to’lash; — ovqatlanishni tashkil etish; — dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog’lomlashtirish dasturlari (tadbirlari). Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo’limi: — texnika xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish; — tovarlar, loyihalar, jihozlaming xavfsizlik standartlariga muvofikdik ekspertizasini amalga oshirish; — baxtsiz hodisalami tekshirish, bu haqda tegishli hujjatlami rasmiylashtirish; — ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, bu masalada tegishli targ’ibot ishlarini olib borish; — personalga tibbiy xizmat ko’rsatish; — xodimning ishlab chiqarishda yo’kdigi sabablarini anikdash va tahlil etish. Personal bo’iicha tadqiqotlar bo’limi: — ma’lumotnomalar tayyorlash; — kadriar xizmati uchun hujjatlar aylanishi shaklini ishlab chiqish; — kadriar bilan ishlash qoidalari, me’yoriy usullari va tartiblarini ishlab chiqish; — mehnat munosabatlarini taftish qilish; — hayot qiymati, mehnat bozorida ish haqi darajasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash va ma’muriyat hisobotlarini taqdim etish, ish haqi, mehnat ta’tili tizimlari bo’yicha takliflar tayyorlash; — turli tadqiqotlar o’tkazish va statistika sohalarida barcha bo’linmalar bilan hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi. Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling