1. Polineziya va Yangi Zelandiyaliklarning kelib chiqishi. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi
Download 46.14 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
G'ARBIY OSIYO XALQLARI
G'arbiy yoki Old Osiyo xalqlari katta tarixiy-etnografik hududpi tashkil qiladi. Unda joylashgan 30 ga yaqin katta-kichik mamlakatlar juda keng hududni, ya'ni butun qit'aning taxminan 25 foizidan ortiq Erni egallaydi. Bahraynda - 96%, Quvaytda - 95% va Suriyada — 85% ni tashkil qiladi. Islom mazhablaridan sunna tarafdorlari arablar/turklar, afg'onlar, o'zbeklar, turkmanlar, qisman kurd va balujiylar, shia mazhabidagilarga butun Eron aholisining 90%i, jumladan, fors-lar, ozarbayjonlar, kurd va balujiylarning bir qismi kiradi. Sun- niylar ichida ham ayrim mazhablar mavjud. Masalan, Turkiya «a Afg'onistonda xanifiylar, Iordaniya va Yaman Xalq Demok-ratik Respublikasida shariilar, Saudiya Arabistonida vahobiy (xanbaliy)lar va g'arbiy qismida shofiylar, Birlashgan Arab amirliklarida molikiylar va xanbaliy (vahobiy)lar, Quvaytda molikiylar. Yamandagi musulmonlarning — 55% i, Iroqda -54% i, Bahraynda - yarmidan kamroq aholi shia mazhabidadir. Boshqa mamlakatlarda shia mazhabi turli nomdagi tarmoqlarni tashkil qiladi (Turkiyada bektoshiylar yoki ali-ilohlar mazhabi, Suriyada nusayrilar, yoki druzlar va ismoiliylar, Iordaniyada imomiylar, Saudiya Arabistonida imomiylar va karmatlar va hokazo). G'arbiy Osiyoda musulmonlarning muqaddas bosh ziyoratgohlari joylashgan. (Saudiya Arabistonida Makka va Madina, Iroqda Karbalo va En-Najaf, Suriyada Damashq, Eronda Mashhad). Nasroniy dini asosan, Kiprda (aholining 80 foizi) va Livanda (taxminan 40 foizi) bo'lib, qolgan mamlakatlarda ozchilikni tashkil qiladi (masalan, Suriyada 14 % aholi, Iordaniya 6 %, Quvaytda 5 %, Bahrayn va Iroqda 3 %, Turkiya va Eronda 1 %). Nasroniy dinidagilar ham turli mazhablarga bo'lingan. Diniy jihatdan eng murakkab mamlakat Livan. Bu Yerda yashaydigan aholining etnik tuzililishi ancha yaxlit (asosan, arablar) bo'lsa-da, nasroniylar ham (52 %) musulmonlar ham (47 %) turli mazhablarga bo'lingan. Etnik jihatdan murakkab tarixiy-etnografik viloyatni tashkil qiluvchi Kavkazda qadimdan turli etnoslar yashaydilar. Ularning madaniy taraqqiyotida Yaqin Sharqdagi buyuk madaniyat mar-kazlarining joylanis, bu Yerda qadimiy davrlardan turli elatlar-ning ko'chib yurishi, qisman turib qolishi hamda Kavkazning Yevropa va Osiyo oralig'ida darvoza vazifasini bajarishi muhim rol o'ynagan. Hozir nisbatan kichik hududda katta-kichik turli tillarda so'zlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar istiqomat qiladilar. Faqat Dog'iston Avtonom Respublikasida 30 ga yaqin xalq va elatlar yashaydi. Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, uch til turkumiga-kavkaz yoki iberokavkaz, hind-Yevropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan eng yirigi kavkaz til turkumi bo'lib, unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar, kabardinlar, in-gushlar, dog'istonlik ozarlar, darg'inlar, lezginlar, laklar, tabasarin va boshqa elatlar kiradi. Turkiy tillarda ozarbayjonlar, no'g'aylar, qumiklar, bolqar va qorachoEvlar so'zlashadilar. Armanlar esa hind-Yevropa til oilasiga mansub o'ziga xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, ossuriylar va boshqa mayda millatlar ham yashashadi. Antropologik jihatdan kavkazliklar asosan, katta Evropoid irqiga kiradi. Faqat no'g'aylar mongoloid belgilariga ega. Hozirgi antropologik tiplar eng qadimgi davrlar bronza va ilk temir davrlarida shakllanib bo'lgan. O'sha vaqtdayoq Kavkazda metalldan ajoyib buyumlar yasagan o'troq aholi yashagan. Ular nafis san'atga ega bo'lgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan. Qadimgi Kavkaz tillarida gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki ajdodlari ekanligi arxeologik, etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan. Qadimgi qabilalar negizida ma'lumotlarga binoan, 3,8 mln.ga yaqin gruzin xalqi (o'z nomi kartveli) shakllangan. Asl gruzinlar uchta yirik qarindotsh etnik guruhlar- kart, megrel-chvan va svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki etnik tuzilishida qadimgi Urartu davlatida yashagan xalqlar muhim rol o'ynagan. Miloddan avvalgi I ming yillikning bosh-larida bu Yerda yirik qabilaviy birikmalar paydo bo'lgan. VI asrda G'arbiy Gruziyada Kolxida davlati, III asrga kelib sharq-iy qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Milodning IV-VI asrlariga kelib bir necha mayda feodal davlatchalar paydo bo'lgan. Faqat XI asrdagina ular markazlashgan davlat barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan. Shimoliy Gruziyada yashovchi svanlar, xevsurlar, pshavlar, tushinlar va musul-mon diniga o'tgan adjarlar etnik jihatdan hozirgacha ajralib tu-radilar. 1801-1804-yillari Gruziyaning Rossiya tasarrufiga o'ti-shi natijasida gruzin xalqining etnik jihatdan birlashish jarayoni kuchaygan. O'tgan asrga kelib yangi bozor munosabatlarining ta'siri ostida gruzin millati paydo bo'lgan. Ammo ayrim etnografik guruhlar madaniy-maishiy xususiyatlarini mustah-kam saqlab qolganlar, megrel, laz va svanlar esa hatto o'z tilida gapiradilar. Qadimgi kavkaz tillarida gapiradigan elatlarning (abazcha, apsil, adiga) keyingi ayrim etnoslar bilan aralashishi natijasida abxaz-adigey, chechen, ingush va turli dog'iston tillari paydo bo'lgan edi. Shimoliy Kavkaz dashtlarida qadimiy davrlardan eroniy tillarda gapiradigan skif, sarmat, alanlar yashagan; ular bilan VI asrlarda kelgan ko'chmanchi turkiy gunlar, bulg'orlar, xazarlar va keyinroq paydo bo'lgan qipchoqlar mahalliy aholi bilan aralashib turli etnoslarning shakllanishiga sabab bo'lgan. O'sha davrlarda qipchoqlar bilan Dog'iston tog' etaklari va tekisliklarida yashovchi aholi aralashmasidan turkiy tilda gapiradigan kumiklar, tog'liklarga siqib chiqarilgan alanlar bilan tub aholi qo'shilishidan osetinlar vu judga kelgan edi. Mo'g'ul istilosi davriga kelib, asosan, qipchoq va mahalliy elatlarning yaqinlashishidan tashkil topgan tili va madaniyati yaqin bo'lgan bolqon va qorachoy xalqlari shakllangan. Kavkaz xalqlari etnogenezida Ozarbayjon (ozariy)larning kelib chiqishi sabablari ancha murakkab. O'tgan asrning 80-yillarida (asosan, o'z respublikasida, qo'shni Gruziya, Armaniston va Do-g'istonda) 6,3 mln.ga yaqin ozarbayjon yashagan bo'lsa, Shimoliy Eronda 5,6 mln. ozarbayjon borligi qayd etilgan. Miloddan avval-gi ikkinchi ming yilliklarda hozirgi Ozarbayjonning janubiy hudud-lari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi esa qadimgi kavkaz tillarida gapiruvchi turli qabilalardan iborat Albaniya davlati qaramog'ida bo'lgan. O'sha davrlarda mazkur hududlarga bosib kirgan eroniy va turkiy tillarda gaplashuvchi kimmeriylar, skiflar, gunnlar, bul-g'orlar, xazarlar, o'g'uzlar, pachanaklar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar. Midiya inqirozga uchragandan keyin uning xarobalarida Atropaten davlati paydo bo'ladi. Ehtiraiol ozarbayjon etnonimi ham mazkur davlat nomidan kelib chiqqandir. III-IV asrlarda Atropaten va Albaniya sosoniylar Eroniga qo'shiladi. Keyingi asrlarda bu Erga turkiy qabilalar kela boshlaydi. XI-XIII asrlarda yangi turkiy to'lqin, ayniqsa, saljuqiy turklar Ozarbay-jonni bosib oladi. O'sha davrdan boshlab turkiylashtirish jarayoni ancha kuchayadi va oqibatda mo'g'ullar istilosidan keyin turk tili hukmronlik qilib, Ozarbayjon xalqining shakllanishi asosan, tu-gaydi. Ba'zi olimlarning Ozarbayjon xalqi mo'g'ul istilosi arafasi-da shakllangan degan fikrlari bor. Adabiyotlar: 1. Osnovi etnografii. Pod. red. S.A.Tokareva. M., 1968. 2. Etnologiya. Pod. red. Yu.V.Bromleya i G.E.Markova. M.: Visshaya shkola, 1982. 3. A.P.Sadoxin. Etnologiya. M., 2001. 4. Ocherki istorii etnografii. M.: Nauka, 1957-1968 g. Vip. 1-5. 5. Narodi mira. M.-L., 1954-1966, T.1-13. 6. Bromley Yu.V. Sovremennie problemi etnografii. M., 1981. 7. Bruk S.I. Naselenie mira. M., 1981. 8. Its R.F. Vvedenie v etnografiyu. L., 1974. Izd. vtoroe, 1994. 9. Tokarev S.A. Istoki etnograficheskoy nauki. M.: Nauka, 1978. 10. Tokarev S.A. Istoriya zarubejnoy etnografii. M.: Nauka, 1978. Download 46.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling