1. Psixologiyada shaxs fenomeni. Shaxsni izohlashdagi o‘ziga xosliklar
Download 253.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1.ma\'ruza umumiy p uchun
Ongni o‘rganish. Shaxs muammosini o‘rganishga yondashuvning bir jihati
uning ongini o‘rganishga yo‘nalganligidir. Psixologiya shaxsning ushbu jihatini o‘rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish asosida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o‘rganishda tabiiy-ilmiy fanlar ta’sirida uni insonning aqlini o‘rganishda foydalandilar. Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‘rganilgan bo‘lsa-da, ammo ularda cheklanishlar bor edi. Xulq-atvorni o‘rganish. 20-asrning dastlabki o‘n yilligida amerikalik olim Djon B. Uotson biologik masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Vilgelm Vundtning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Uning g‘oyasicha, tashqi xulq-atvor psixologiyaning o‘rganish asosi bo‘la oladi. Bu esa xulq-atvorni o‘rganishga ehtiyoj tug‘diradi. Bixeviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o‘zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‘oyani Skinner boyitdi. Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‘ich bo‘g‘inidan biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‘rganish orqali o‘zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o‘zining uzoq vaqtli seanslari asosida uning hayotiy to‘g‘risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o‘rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ldi. G.Olportning xizmatlari hisobida o‘tgan asrning 30-yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‘quv kurslari va ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi. Download 253.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling