1.BOSHQARUV QARORLARI MOHIYATI.
Tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ular ijrosini ta’minlashdir. Boshqaruv qarori tashkilotdagi biron obyektni ko’zlangan maqsadga muvofiq ravishda bir holatdan, ikkinchi holatga keltirish bilan ifodalanadi. Rahbarning boshqaruv qarori bilan bog’liq jarayonni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Qaror qabul qilish. 2. Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo’llash.
Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish.
Nazoratni amalga oshirish.
Odatda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar turlicha bo’lib, ularning yakkahokimlik, kollegial va jamoaviy turlarini farqlash mumkin.
Kollegial tarzdagi qaror qabul qilish, muammoni mutaxassislar bilan muhokama etish natijasida, taklif etilgan g’oyalar ichida eng maqbulini rahbar tomonidan qabul qilinishida ifodalandi. Bu qarorning natijasi va amalga oshirish mas’uliyatini ham rahbar o’z bo’yniga oladi. Jamoaviy qaror qabul qilishda esa qaror umumiy muhokama va ovoz berish orqali guruh a’zolari tomonidan qabul qilinadi, uning natijasiga mas’ul bo’lib butun jamoa hisoblanadi.
2. QAROR QABUL QILISH DARAJALARI.
Qaror qabul qilishning to’rtta darajasi farqlanib, ularning har biri doirasida harakat qilish uchun ma’lum boshqaruv malakalari talab etiladi.
1-jadval. Qaror qabul qilish darajalari.
Qaror shakli
|
Zarur malakalar
|
Birinchi daraja:
Odatiy, kundalik
|
Yo’riqnoma va qoidalarga so’zsiz amal qilish, vaziyatni to’g’ri baholash. Nazoratni tashkil etish.
|
Ikkinchi daraja:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |