1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni
Innovasion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan
Download 277.59 Kb.
|
1- тема
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.QAROR QABUL QILISH BOSQICHLARI.
Innovasion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bog’liq qarorlar ancha murakkab hisoblanadi. Noaniq vaziyatda rahbarning yangicha yondoshuv uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g’oyalaridan foylana olishi talab etiladi.
Rahbar muammoli vaziyat bilan to’qnash kelib, ma’lum qarorni qabul qilishi zaruratida bo’lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni yuqorida sanab o’tilgan qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo’lsa ham, qaysi toifaga kirishini aniqlab olishi lozim. Bunday harakat rahbarga ayni muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo’lishini qisman bo’lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo’l qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligi haqidagi ma’lumot bilan birga, zarur bo’lgan taqdirda harakat uslubini o’zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o’ylab qabul qilinganligi uni bironbir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo’lsa ham oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir. 3.QAROR QABUL QILISH BOSQICHLARI. Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira ichida o’tishi qiyin. Har bir rahbar o’z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namoyon etadi. Mana shu omillar mavjud muammo yechimiga o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Qaror yaratilishi davomida rahbar o’z ichki dunyosida sodir bo’layotgan jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning asosiy tavsiflari beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko’pqirrali va murakkab jarayon bo’lib, unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o’tish mumkin: 1-muammoni o’rganish; 2-g’oyalar ishlab chiqish; 3-ma’qul keluvchi g’oyalarni ajratib olish; 4-yangilikni joriy etishni rejalashtirish; 5-qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o’tilgan har bir bosqichni ko’rib chiqsak. Qaror qabul qilishning birinchi «Muammoni o’rganish» bosqichida ham quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi: Download 277.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling