1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni
REKLAMANING VUJUDGA KELISHI TARIXI
Download 277.59 Kb.
|
1- тема
9-MAVZU: REKLAMA PSIXOLOGIYASI
1. REKLAMANING VUJUDGA KELISHI TARIXIReklamaning ildizi juda qadimga borib taqaladi. Tarixiy yozma manbalarda reklama amaliyoti haqida ma’lumotlar berilgan. Eng qadimgi davrda rimliklar gladiatorlar janglari haqidagi e’lonlar bilan devorlarni bezaganlar. Qadimgi Gresiyadagi «Oltin asr» Afina ko’chalari bo’ylab yurgan, qullar, qoramollar va boshqa tovarlarning sotilishi haqida jar solishgan. O’sha davrlarda reklamaning yana bir boshqa ko’rinish tamg’a bo’lgan, sotuvchilar ularni o’z tovarlariga bosganlar. Masalan, sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshirib, tamg’a qo’yganlar. 1450 yil Gutenburg tomonidan bosma dastgohning ixtiro qilinishi reklama tarixida burilishi bo’ldi. Birinchi bosma e’lon 1478 yilda ingliz tilida paydo bo’lgan. 1622 yilda esa reklama kuchli taraqqiyotga ega bo’ldi. Bu ingliz tilidgani ro’znoma-gazetaning chiqishi bilan bog’liq bo’ldi. Masalan «Tetler» firmasining sartaroshlik uchun asbobanjomlari, dorilar va boshqa tovarlarni sotish uchun reklama e’lonlarni nashr etildi. Reklama AQShda eng katta ravnoqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining asoschisi hisoblanadi. Unitng 1728 yilda vujudga kelgan «Gazett»i Mustamlaka Amerika gazetalari orasida eng katta nus’hada va eng ko’p hajmidagi reklama e’lonlariga erishdi. Reklama rivojlanishga bir necha omillar ta’sir etdi. Birinchidan, Amerika sanoati ishlab chiqarish jarayoniga qo’l mehnatini tadbiq etishni tugatdi, buning natijaida tovarlar mo’l-ko’lligi yaratildi Ikkinchidan, suv yo’llari, shosse va oddiy yo’llar, chorrahalarning yaratilishi tovarlar va reklama vositalarini qishloq joylarga yetkazishni qulaylashtirdi. Uchinchidan 1813 yil yilda kirtilgan majburiy ta’limda boshlang’ich savodxonlik darajasini oshirdi, bu esa gazeta, jurnallar chiqarishning sezilarli o’sishga yordam berdi. Radioning keyingi paytda televideniyaning kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo’ldi. Televideniye orqali berilgan reklamalarning boshqalariga nisbatan ta’sir kuchi yuqori bo’ldi va ko’proq samara keltirib, muvaffaqiyat qozondi. Bizning mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tganiga uncha ko’p bo’lgani yo’q. Sobiq Ittifoq davrida mahsulotlar rejali asosda ishlab chiqilgani bois, ularni sotish murakkablik tug’dirmasdi, ishlab chiqarish ham talab va taklif ham rejali bo’lgani sabali reklamadan voz kechilgan edi. O’rta Osiyoda sho’rolar hukukmat boshiga kelguncha qaror, savdo sotiq juda yaxshi rivojlangan edi. Bunga sabab Buyuk Ipak yo’lida joylashganimiz va aholining ko’p sonli ekanligidir. Savdoda har doim reklama bo’lgan, faqat uning sodda turlaridan ko’proq mahalliy xalq foydalangan. Bozorlarda mahsulotlarni maqtab xaridor chaqirganlar ularni o’zlariga jalb etganlar, uyma-uy yurib, o’z tovarlarini namoyish qilganlar. Bugungi kunning reklamasi esa ilmiy-tenikaviy taraqqiyotning hozirgi davr darajasiga mos ravishda juda rivojlanib ketgan. Biroq u hali Respublikamizda jahon talablari darajasida emas. hali rivojlangan mamlakatlarning reklama amaliyoti va nazariyasidan o’rganishimiz lozim bo’lgan qirralar ko’p. Ichki bozorimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazishda zamonaviy reklama elementlaridan foydalanib, savdo hajmini oshirishga harakat qilish lozim. Chunki aholi talabini shakllanishi va qondirilishda reklamaning o’rni beqiyosdir. So’nggi davrlarda reklama faoliyati bir muncha jadallashdi. Biroq aholi ehtiyojini ularning didini-to’la hisobga olmayati. Yana bir salbiy tomoni shundaki, televideniye ko’proq reklama qilinayotgan tovar va xizmatlar korxonalariga moliyaviy qaram bo’lib qolib, haddan tashqari reklama roliklarini oshirib yubormoqda. Download 277.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling