1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


Download 277.59 Kb.
bet57/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1- тема

8. Tovarning o’zida reklama. Mahsulot qadoqlangan idish, paket, qutichalar ham reklama uchun xizmat qilishi mumkin. Ularda mahsulot uning sifati, ustunligi, tarkibi ko’rsatiladi. Unda kishilar diqqat e’tiborini o’ziga tortadigan yozuvlar, rasmlarning ahamiyati katta. Qadoqlash vositalariga «yangi, super, bepul, oliy sifat» kabi o’ziga jalb etadi. Bundan tashqari, mahsulotning xalqaro milliy tanlovlarda olgan medallari, sifat belgilarini aks ettirish ham xaridorlar ishonchiga kafolat bo’ladi.

4. REKLAMANING INSON PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI


Kishilarning fe’l-atvori, xarakteri, hissiy kechinmalari, umuman ruhiy holati ko’proq psixologlarga ma’lum. Shuning uchun reklama faoliyatida psixolog xizmatidan foydalanish o’z ijobiy samarasini berishi mumkin.
Reklama mavzusini menejer beradi, muddatni ham u aniqlaydi, auditoriyani tadqiqot bo’limi belgilaydi (psixolog bilan hamkorlikda), texnika esa auditoriyaga bog’liq ravishda tanlanadi.
Axborot va hissiyot reklamaning ajralmas qismlaridir.
Iste’molchi pul sarflashiga ikki asosiy sabab mavjud. U aynan shu mahsulotning o’ziga kerakligin tushunishi va his qilishi mumkin. Vaholanki hamma reklamalar fikrlovchi va hayajonli tarzda ta’sir etadi. Lekin ko’pincha bu ikki yo’nalishdan qo’shma holatda foydalaniladi. Fikrlatuvchi yo’nalish unikal savdo taklifi asosida qurilgan, ikkinchisi esa belgi shakli nzariyasi asosida.
Unikal savdo taklifining mohiyati shundaki, u tovarning noyob, raqobatchi taklifida ko’rsatilmagan xususiyatini yoritib beradi va aynan shu tovarni xarid qilish istagini tug’diradi. Maslaan «VOLVO» rusumli avtomabillarda unikal savdo taklifi sifatida ularning boshqalarga nisbatan xavfsizlik xususiyati reklama uchun tanlangan. Belgi shaklini yaratishda ayrim belgilardan foydalanishdagi iste’molchi uchun ular aynan shu tovarni bildiradi va o’zini shu tovar iste’molchisi sifatida his etadi. Masalan, GAMEL sigareti reklamasida shu tovarning biror xususiyati to’g’risida so’z, fikr yuritilmaydi. Lekin reklama qahramoni - xushbichim, kelishgan yigit mashaqqatli sarguzashtdan so’ng GAMEL chekib, hordiq chiqaradi. Agar reklamada obraz yoqsa siz albatta GAMELni tanlaysiz.
Qaysi reklama texnologiyasini tanlashdan qat’iy nazar, ikkita aniq maqsadiste’molchi diqqatini jalb etish va unda ijobiy fikr uyg’otish masalasi turadi. Iste’molchi diqqatini birdan tortadigan reklama elementi aystopper deb ataladi. Iste’molchi reklamangizga e’tibor qaratgandan so’ng u reklama qilinayotgan tovarni nafaqat eslab qolsin, balki unda xarid qilish istagi uyg’onsin. Biz reklama faoliyatida ko’r-ko’rona chet el amaliyotidan foydalana olmaymiz. Chunki har bir mamlakatning tarixan shakllanib, rivojlanib kelgan qadriyatlari bor. Chunki bir mamlakatda mumkin bo’lgan narsa bir mamlakatda ta’qiqlanishi mumkin. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada reklama matnlarida ikki raqobatbardosh firma haqida aniq ma’lumot ko’rsatilishi mumkin. Filippinda esa bu ta’qiqlanadi. Ko’plab islom mamlakatlarida erotik foto va kadrlar, shuningdek kontraseptiv (homiladorlikning oldini olish) va ayollar gigiyenasiga tegishli buyumlar reklamasi ta’qiqlanadi. Rivojlangan g’arb mamlakatlarida bunday ta’qiq yo’q.
Ayrim mamlakatlarda huquqiy cheklashlardan chetga chiqish ta’qiqlanadi. Masalan, avtomobillar reklamasida yuqori tezlik reklama qilinmaydi. Yoki shahvoniy elementlari mavjud reklama ta’qiqlanadi va hokazo. Ba’zi mamlakatlarda chet el reklamasini mahsulotini reklama qilish ta’qiqlanadi
Mahsulot harakati reklamasida har bir mamlakatning o’ziga xos yo’li mavjud.
Bunda;

  • ushbu mamlakatning taraqqiyot darajasi;

  • mahsulot tizimining turi

  • bozorga chiqishda ommaviy axborotlarning mavjudligi va harajatlar hajmi  xaridorlarning axborot manbalariga munosabati  tovar bahosining daromadga nisbati.

Hindiston savodxonlikning kamligi, ishonchli axborot vositalarining yo’qligi reklamani juda murakkablashtiradi, mahsulotning bozorga chiqishi esa qimmatlashadi.
AQShda telereklama va jurnal reklamasi mahsulotlarning sotuv hajmini oshiradi. Fransiyada esa mahsulot namoyishini sotish joylarida tashkil etish yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytganda, reklama jarayoniga xaridorlarni jalb etishning har bir mamlakatda o’z yo’nalishi mavjud. Lekin ularning barchasi uchun asosiy omil bo’lib, mahsulot bahosining xaridorlar daromdiga nisbati hisoblnadi. Ya’ni daromadda xaridning ulushi qancha katta bo’lsa, xaridor ushbu mahsulotni xarid qilish uchun shuncha ko’o’p reklama vaqti va axborot kerak bo’ladi. Axborot omilining eng yaxshi usuli esa xarid vaqtida xaridor bilan bo’ladigan bevosita muloqot hisoblanadi.
Demak, har bir mamlakatda reklama jarayoni shubu mamlakatda to’plangan madaniy daraja, savodxonlik darajasi, diniy e’tiqod, axloq-odob darajasi kabilar e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi.
Yana shuncha ahamiyat berish kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlarda reklama faoliyati xavfli va zarar ham olib kelishi mumkin. Masalan, chaqaloqlar uchun sutli aralashmalar reklamasiga kelsak. Ko’pgina holatlarda ushbu aralashmalar noto’g’ri tayyorlangani, gigenaga yoki havo haroratiga rioya qilinmaganligi natijasida chaqaloqlar o’rtasida o’lim ko’payishiga olib keldi. Bu «Nestle», «Bristol-Mayerez» firmalarining sut o’rnini bosuvchi aralashmalar haqidagi to’xtovsiz reklamasi natijasidir. Lekin bu firma yoki reklamachilarning aybi emas, balki ishlashni xoxlovchi ayollar sonining ortishi va uy yumushlarini yengillashtirishga bo’lgan intilishda deb aytilmoqda. Reklama esa firmalarning fikricha onalarning uy ishlarini yengillashtirishga bo’lgan xohishga ta’sir etgan xolos. Shunga qaramay xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti ko’pchilikning ovozi bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda chaqaloqlar uchun sut aralashmalarini targ’ib qilishni chekladi. Eng ko’p tanqid «Nestle» firmasiga tegdi. 1984 yilda «Nestle» firmasi ushbu mamlakatlarda o’z reklamasini to’xtatishga rozi bo’ldi.
Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling