1. psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni


ISTE’MOLCHILARNI JALB ETISHDA REKLAMA VOSITASINI TANLASH


Download 277.59 Kb.
bet54/57
Sana16.06.2023
Hajmi277.59 Kb.
#1495094
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1- тема

3. ISTE’MOLCHILARNI JALB ETISHDA REKLAMA VOSITASINI TANLASH


Tovaralar sotishilishni tezlashtirishning maqsadida reklamaning turli usullaridan foydalaniladi. Reklama qilish usullarini qo’llanish joyiga, foydalanish uslubiga, texnikaviy vositalarni qo’llash uslubiga qarab farqlanish mumkin.
Qo’llanish uslubiga ko’ra reklamalar - savdo do’konlari, supermarketlar, savdo (do’konlari) markazlari ichida va umumiy aholiga qaratilgan jamoat joylaridagi turlarga bo’linadi. Do’kon ichidagi reklamalar tovarni xarid qilish uchun kirgan iste’molchilarga qaratilgan bo’ladi. Butun aholiga ko’rsatilgan reklamalar jamoat joylarida hamma uchun mo’ljallanadi. Reklamalar kishilarning yoshiga, jinsiga qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan, avgust oyida ko’proq o’quv qurollari reklama qilinadi. Yoki mavsumiy kiyimlar fasllarga qarab, muzqaymoq, chanqoqbosdi ichimliklar yoz oylarida reklama qilinadi.
Texnik vositalarni qo’llash va ulardan foydalanish bo’yicha reklamani quydagi turlarga ajratish mumkin.

  1. Televideniye orqali reklama;

  2. Bosma reklamalar;

  3. Namoyish neklama

  4. Ovozli reklama

  5. Vitrina ko’rgazma reklama

  6. Internet reklamasi va boshqalar (tasviriy, fotografik, tovarning o’zida reklama).

1. Bugungi kunda eng samarali reklama usullaridan biri bu
televideniyedir. Chunki uni millionlab odamlar tomosha qiladi. Shuning uchun ham u samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu reklamalarda musiqalar, turli xildagi ovozlar, reklama qahramonlarining turli harakatlar bilan tomoshabinga ta’sir etishi reklama jozibadorligini oshiradi. Televideniya orqali reklama 15-30 soniyaga mo’ljallanadi. Shu davr ichida mahsulotga tegishili barcha ma’lumotlar va siftalar ochib berilishi kerak. Ayniqsa, mahsulotga raqobatga mahsulotdan ustun jihatlarni ko’rsatishga ko’proq urg’u berilishi kerak. Reklama so’ngida mahsulot narxi va u bilan bog’liq ma’lumot olish uchun telefon raqami yoki internat saytlari ko’rsatib o’tiladi. Telereklamaning samaradorligi reklama beriladigan vaqtga ham bog’liq.
Ertalabki va kechki reklamalar ko’proq samara beradi.
Masalan, erkaklar uchun kerakli tovarlar va xizmatlar futbol kabi sport ko’rsatuvlarida reklamaga uzatilsa ayollarga yoki uy ro’zg’orga tegishli ashyolar reklamasi teleseriallar, musiqiy dasturlar vaqtida berilsa, samaraliroq bo’lishi mumkin. Chunki bu ularning ko’proq ijtimoiylanib ketgan xarakter xususiyatlari bilan bog’liq. Olib borilgan psixologik-sosiologik tadqiqotlarga ko’ra, erkaklarning ko’pchiligi sport ko’rsatuvlarini, yangilik va xabarlarni tomosha qilishsa, aksariyat ayollar teleserial va konsertlar muxlisidir.

Download 277.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling