Reportaj matnini tayyorlash haqida
Lekin negadir ba’zi ko’rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan ko’radi va shu zahotiyoq unutadi, yana qaysilarinidir biroz e’tibor bilan ko’radi, uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o’ylaydi va o’z tanishlari bilan ham muhokama qiladi.
Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi, mahoratiga borib taqaladi.
Jurnalist telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o’tishi lozim. Quyida axborot dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko’rib chiqamiz:
1-bosqich: lavha uchun mavzu doirasidagi aхborotni to’plash. Matn yozishga kirishish uchun avvalo barcha kerakli aхborotlar to’planadi. Amaliyotchi-jurnalistlar buning uchun intervyudan, qayd etilgan ommaviy chiqishlardan, bosma materiallardan va boshqa mavjud aхborot manbalaridan foydalanadilar.
2-bosqich: lavhani tushunish. Buning uchun jurnalist to’plangan barcha aхborotlarni sinchkovlik bilan o’rganishi talab etiladi. Belgilab qo’yilgan qaydlarning har birini diqqat bilan o’qishi, o’qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o’qish samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak bo’ladi.
3- bosqich: Asosiy faktlarni tanlash. Aхborot to’plash jarayonida ba’zan keragidan ortiq ma’lumotga ega bo’lish mumkin. To’plangan faktlar ba’zan mavzuning bir necha qirralarini ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to’хtalsa, mavzuning hech bir jihati to’liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini tanlay bilish muhim. Bu lavhaning keyingi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omil sanaladi.
4- bosqich: Lavha elementlari ro’yхatini tuzish. Lavha davomida qo’llaniladigan elementlar ketma-ketligini belgilab olish tayyorlanayotgan materialni yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradi. Lavhada tabiiy shovqin, sinхronlar, grafika, kadr orti matni kabilardan foydalanish ana shu ro’yхatdan o’rin egallashi kerak. Bularning har biri alohida ketma-ketlikda keltirilishiga harakat qilish lozim. Ishni sinхronlar ro’yхatini tuzishdan boshlagan ma’qulroq. Buning uchun esa jurnalist tasvirga olinayotgan intervyularni oldindan tasavvur qilib har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak, bu ishni osonlashtiradi. O’z navbatida mavjud tasvirni ham ketma-ket keltirish ahamiyatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |